Tayanch tushunchalar Depressiya, belgilari, xotira, hulq-atvor Depressiya haqida tushuncha



Yüklə 251,13 Kb.
səhifə3/7
tarix13.12.2023
ölçüsü251,13 Kb.
#149304
1   2   3   4   5   6   7
126709 8 Депрессия ва суицидd (1)

Suitsid turlari
Suitsidlar uchta asosiy guruhga bo'linadi: haqiqiy, namoyishkorona va yashirin haqiqiy suitsid etarli darajada kutilmagan ko'rinsa-da, to'satdan bo'lmaydi, o'lish istagiga yo'naltiriladi. Bunday suitsidga ruhiy ezilgan kayfiyat, ruhiy azoblanish qolati yoki shunchaki hayotdan ketish haqidagi fikr yo'ldoshlik qiladi. Shu bilan birga atrofdagilar bunday qolatni sezmasliklari mumkin. haqiqiy suitsidning boshqa xususiyati hayot mazmuni yuzasidan muloqaza va kechinmalar hisoblanadi.
Namoyishkorona suitsid o'lish istagi bilan bog’liq emas, o'z muammolariga e'tiborni qaratish, yordamga chorlash, dialog olib borish usuli hisoblanadi. Bu ozicha shantaj urinishi ham bo'lishi mumkin. Ushbu qolda o'lim bilan tugash mash'um tasodif oqibati hisoblanadi.
Yashirin suitsid (bevosita o'z-o'zini o'ldirish) - uning belgilariga qat'iy javob bermaydigan, biroq o'sha yo'nalish va natijaga ega bo'lmagan suitsidal axloqning turi. Bu letal natijaning yuqori eqtimolligi bilan birga boruvchi harakat. Bu axloq yuqori darajada xatarga, hayotdan ketishdan kora o'lim bilan o'ynashishga yo'naltirilgan. Bunday odamlar “shaxsiy xog’ishi bo'yicha” hayotdan ochiq ketishni emas, suitsidal shartlangan axloqni tanlaydilar. Bu avtomobilda xatarli safar, sportning ekstremal turi yoki xavfli biznes bilan shuqullanish, qizqin nuqtalarga ixtiyoriy sayoqat, kuchli giyohlarni iste'mol qilish, o'z-o'zini ajratib qo'yish.
Shu bilan bog’liq qolda tanatolog E. Shneydman [25] shaxsning ikki tavsifini farqlaydi: suitsidallik va letallik. Suitsidallik o'z-o'zini o'ldirishning individual xavfi demakdir. Letallik odamning o'zi umuman, uning o'z destruktivligi uchun xavf darajasi bilan bog’liq.
Suitsidal axloq turlarini tasniflashdagi farq ko'rib chiqilayotgan reallikning turli-tuman shakllarini aks ettiradi. A. G. Ambruychyuv ajratadi: o'z-o'zini o'ldirish - haqiqiy suitsidlar, o'z-o'zini o'ldirishga urinish esa - tugallanmagan suitsiddir. Brukbenk suitsid haqida maqsadli o'z-o'zini o'ldirish kabi, parasuitsid haqida esa o'lim oqibatisiz maqsadli o'z-o'ziga zarar etkazishday gapiradi.
E.Lichko fikriga ko'ra, o'smirlardagi suitsidal axloq namoyishkorona, affektiv va haqiqiy bo'ladi. E. Shir quyidagicha farqlaydi: qasddan qilingan suitsidal axloq, engib bo'lmas, ambivalentli, impulsiv va namoyishkorona [12, 128-b.].
E. Dyurkgeym [19, 239-b.] o'z-o'zini o'ldirishni shaxsning ijtimoiy xususiyatlariga bog’liq qolda turlarga bo'ldi. «Anomik» o'z-o'zini o'ldirish shaxs va uning atrofidagi muhit o'rtasida oqir kelishmovchilik natijasida sodir boladi. «Fatalistik» o'z-o'zini o'ldirish shaxsiy tragediyalar qolarida o'ringa ega, masalan, yaqinlarining o'limi, ishga layoqatlilikni yo'qotish, baxtsiz sevgi. «Altruistik» o'z-o'zini o'ldirish boshqa odamlar yoki yuqori maqsadlar uchun sodir etiladi. Nihoyat, «egoistik» o'z-o'zini o'ldirish notinch vaziyatlar - nizolar, nomaqbul talablardan ketish hisoblanadi.
V.A.Tixonenko [19], o'lish istagining darajasini inobatga olgan qolda suitsidal urinishlarni axloqning bir necha bog’liq turlari bilan to'ldirdi. Birinchidan, o'lish maqsadini namoyish qiluvchi o'z maqsadiga ega bo'lgan namoyishkorona-shantajli suitsidal axloqni ajratadi. Ikkinchidan, muallif faqat u yoki bu organni zararlash bilan cheklanuvchi va o'lim haqidagi tasavvurlarga umuman yo'naltirilmagan o'z-o'zini zararlar yoki a'zolarga zarar etkazish haqida gapiradi. Uchinchidan, bunday axloq shunchaki baxtsiz hodisaning natijasi bolishi mumkin.
Shunday qilib, suitsidal axloq tashhisi o’limni istash darajasini aniq baholashga asoslanmoqi zarur. Masalan, elkaoldini piska bilan o'zi kesishini quyidagi qolatlarga kiritish mumkin:

  1. agar oxirgi maqsad qon yo'qotishdan o'lish bo'lsa, haqiqiy suitsidal urinish qatoriga;

  2. agar maqsad atrofdagilarga o'lish maqsadini namoyish qilish bo'lgan bo'lsa, namoyishkorona-shantajli suiqasd razryadiga;

v) agar maqsad jismoniy oqriqni qis qilish yoki giyohiy kayf qolatini qon yo'qotish bilan kuchaytirish istagi bilan cheklansa, o'z-o'ziga zarar etkazish;
g) agar, masalan, o'z-o'zini kesish bema'ni fikr bo'yicha “qondan shaytonni quvib chiqarish” maqsadini qo'ygan bo'lsa baxtsiz hodisaga.
har bir hodisaning navbatdagi noyobligiga qaramay o'z-o'zini o'ldirish qator umumiy tavsifnomaga ega. Suitsidal axloq, qoidadagiday, hayotiy vaziyatlar va etakchi ehtiyojlar frustratsiyasining stressogenli xarakteri bilan birga boradi. Suitsident uchun quyidagilar xarakterli: azobga dosh bera olmaslik, vaziyatdan chiqishni izlash, vaziyatning umidsizligi va shaxsiy zaiflikni boshdan kechirish, shaxsning suitsidga ambivalent munosabati, anglangan reallikni noto'qri talqin qilish - muammoda qotib qolganlik, “tonnel ko'rishi”. Bularning barchasi tanlovni “suitsid”ga qochib borishgacha toraytiradi. Bunda suitsidal axloq, qoidadagiday, hayotning umumiy stili va shaxsiy ko'rsatmalarga mos keladi.

Yüklə 251,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə