Tayanch tushunchalar Depressiya, belgilari, xotira, hulq-atvor Depressiya haqida tushuncha


Depressiyaning hulq-atvorga ta'siri?



Yüklə 251,13 Kb.
səhifə2/7
tarix13.12.2023
ölçüsü251,13 Kb.
#149304
1   2   3   4   5   6   7
126709 8 Депрессия ва суицидd (1)

2.Depressiyaning hulq-atvorga ta'siri?
Depressiyada hulq-atvor buzilishlari juda ko'p uchraydi. Bular – o'z joniga qasd qilishga intilish, biror-bir faoliyatga qiziqmaslik, kamharakatchanlik, uydan chiqmay yotaverish, yolg'izlikka intilish, birovlar bilan muloqotdan qochish, ichkilikka yoki turli farmakologik dorilarga ruju qo'yish.
Xotiraga ta'siri?
Depressiyada xotira va fikrlash jarayoni buzilishlari ko'p uchraydi. Parishonxotirlik, xotira pasayishi, ayniqsa eslab qolishning buzilishi juda ko'p kuzatiladi. Fikrlar karaxtligi – depressiyaning asosiy belgilaridan biridir.
Kimlarda ko'proq kuzatiladi?
Depressiya odatda kuchli, maqsadga intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda ko'p uchraydi. Ularning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o'rganilganda, quyidagi xususiyatlar aniqlangan: depressiyaga uchragan shaxslarning o'ziga xos dunyoqarashi bo'ladi, ular atrofdagi voqealarni o'z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxslardir. Ular ko'pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni qoniqtirmaydi, o'z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo'lishadi. Bu odamlar faqat marrani egallash uchun yashaydilar. Shu bilan birga boshqalar, masalan, hamkasblarining xatolarini topish va maslahat berib yurishni xush ko'rishadi. Agar uning xatosini ko'rsatishsa, bundan qattiq aziyat chekadi va shu odamni yoqtirmay qoladi.
Depressiyaning davosi bormi?
Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot va psixologiya depressiyani asosan ikki uslubda davolaydi. Birinchisi antidepressant dori-darmonlar bilan davolash bo'lsa, ikkinchisida psixoterapevtik suhbatlar qo'llaniladi. Ammo, bu kasallikni muolaja qilishning yana bir uslubi bor. Bu – islom tibbiyoti muolajasi. Garchi bazi bir mutaxassislar tomonidan inkor etilsada, mazkur uslub so'ngi yillardagi tadqiqotldar natijasida ko'plab olimlar tomonidan tan olinmoqda.
Asrimiz boshida bir guruh AQShlik olimlar turli tovushlarning inson miyasiga ta'siri bo'yicha izlanishlar olib boradi. Tadqiqotlar jarayonida barcha sadolar bosh miyaning hujayralariga salbiy yoki iyjobiy ta'sir yetkazishi aniqlangan. Ya'ni har qanday tovush qabul qilishda bosh miyaning har bir hujayrasi o'ziga xos tartib bilan tebranadi va o'z atrofidagi hujayralarga ham ta'sir o'tkazadi. Ma'lumotni yetkazishda bu hujayralarning fa'oliyati, tebranish va asab tolalarining ishlab chiqarilish shaklida bo'ladi. Tadqiqot jarayonida depressiyaga chalingan bir guruh bemorlarga turli xil tovushlar va musiqa ohanglari eshittirilib ularning miya xujayralari faoliyati o'rganiladi. Sokin musiqa va mayin tovush inson miyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Ammo, olimlar bundan qoniqishmaydi va ishtirokchilarga Qur'on oyatlaridan qo'yib beradi. Natijada… Natija shu darajada xayratlanarli bo'ladiki, olimlar bu holatdan taajubga tushadi. Ya'ni, Qur'oni karim tinglagan bemorlarning markaziy asab tizimi va nerv tolalarida qayta dasturlashga o'xshash jarayon yuzaga keladi. Bu degani, xatto xotirasi yo'qolish arafasidagi odamning xotirasi qayta tiklanadi. Xuddi chaqaloqnikidek…

Yüklə 251,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə