Tayyorlagan referati


-chizma. Narx minimal bo'lganda mahsulot ortiqchaligi



Yüklə 26,45 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü26,45 Kb.
#183623
növüReferat
1   2   3
2 - mustaqil ish. MIKROIQTISODIYOT. REFERAT.

2-chizma. Narx minimal bo'lganda mahsulot ortiqchaligi.

Grafikdagi Et nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda (Pn narxda) sotilishi mumkin bo'lgan vaziyatni ko'rsatadi.


Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o'zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.
Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx P* o'rnatildi, ya'ni P*
Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qo'sh shtrixlangan A to'rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste'molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste'mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan B uchburchak yuziga teng. Demak, iste'molchi ortiqchaligining sof o'zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:
ist.=A-B

  1. Bu yerda, Aist. — iste'molchi ortiqchaligining sof o'zgarishi.

Chizmadan ko'rinib turibdiki, A>B bo'lgani uchun sof iste'molchi ortiqchaligi musbat Aist.>0.
Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda QI hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko'rsatilgan A to'rtburchak yuziga teng bo'lgan iste'molchi ortiqchaligini yo'qotadilar. Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo'qotilgan ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa C uchburchak yuzi bilan ifodalangan.




3-chizma. Narx davlat tomonidan nazorat qilinganda iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining grafikdagi tasviri.

Demak, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o'zgarishi teng:


Ai/ch=A-C,
bu yerda, Ai/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o'zgarishi.
Maksimal narx o'rnatilganda asosiy yo'qotishlar ishlab chiqaruvchilar zimmasiga to'g'ri keladi.

    1. Narxning bozor faoliyatiga ta'siri.

Narxning bozor daromadiga qanday ta'siri borligini ko'rib chiqish uchun muzqaymoq bozorini tahlil qilamiz. Agar muzqaymoq erkin raqobatbardosh bozorda sotilsa, muzqaymoqning narxi talab va taklif muvozanatiga ta'sir ko'rsatadi. Muvozanatli narxda xaridorlar sotib olishni xohlayotgan muzqaymoqning miqdori sotuvchilar sotishni xohlayotgan miqdorga to'g'ridan to'g'ri teng bo'ladi. Aniqroq qilib aytsak, har bir muzqaymoq uchun narx 3 $ ga teng bo'lsin.


Barcha ham ushbu erkin bozor vaziyatidan quvonmaydi. Misol uchun har kuni bir dona muzqaymoq iste'mol qilish uchun 3 $ katta narx ekanligidan noliyotgan iste'molchilar, Shu bilan bir qatorda 3 $ raqobatli bozorda eng minimum narx bo'lib, bu ularga juda ham kam foyda keltirayotganidan noliydigan muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar bo'ladilar. Ularning har ikkalasi ham hukumatga bu borada kerakli qarorni berishi uchun qonun ishlab chiqarishni talab etib murojaat etadi.
Albatta xaridorlar har doim barcha mahsulot uchun eng kam haqni to'lashni xohlasalar, sotuvchilar esa buning uchun eng yuqori haqni olishni xohlaydilar. Bu ikki guruhning xohishlari bir-biriga qarama-qarshi. Agar muzqaymoq iste'molchilari o'zlarining talablarida mustahkam bo'lsalar hukumat ular uchun muzqaymoqning sotilishida narxning eng maksimal chegarasini belgilab berishi mumkin. Narxni ko'rsatilgan chegaradan oshirish mumkin emas. Qonuniylashtirilgan maksimal narx esa maksimal narx deb nomlanadi. Bunga qarshi ravishda muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar harakatchan bo'lsa, hukumat narxga nisbatan minimum narxni belgilab beradi va narx ushbu chegaradan tushib ketishi mumkin emas. Qonuniylashtirilgan minimal narx esa minimal narx deb nomlanadi. Agar hukumat muzqaymoq iste'molchilarni narxdan noroziligi ta'siri bilan muzqaymoq uchun eng yuqori narxni belgilab bersa, ikki xil natija kelib chiqishi mumkin. Birinchi rasmda, hukumat har bir muzqaymoq uchun 4 $ belgilaydi. Bu vaziyatda talab va taklifni muvozanatda ushlab turuvchi narx chegaradan pastda bo'lgani uchun narx yo'q bo'lib ketmayapti. Bozor tabiiy ravishda iqtisodiyotni muvozanatga Olib borib qo'yadi va narxning yuqori darajasi sotilgan mahsulot miqdoriga yoki uning narxiga ta'sir etmaydi.
Ikkinchi B rasm ancha qiziqarli natija ko'rsatadi. Bu holatda, hukumat muzqaymoq uchun narx yuqori chegarasini 2 $ etib tayinlaydi. Chunki 3 $ muvozanatli narxning yuqorisida turibdi. Ushbu yuqori chegara esa bozorda majburiy chegara vazifasini bajaradi. Taklif va talab narxni muvozanat tomonga qarab harakat qilishga majbur etadi. Ammo qachonki bozor narxi yuqori chegaraga yetsa qonun bilan undan yuqoriga o`sa olmasligi mumkin. Shunday qilib, bozor narxi narxning yuqorisini muvozanatlaydi. Bu narxda esa talab etilgan muzqaymoq miqdori (rasmda 125 dona) taklif miqdordan oshib (75 dona). Demak, bu yerda muzqaymoq tanqisligi yuzaga keladi. 50 dona odam muzqaymoq sotib olishni xohlasa ham uni xarid qila olmaydi.




Yüklə 26,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə