Tekshirdim


Korpus va qopqoqni tekshirish



Yüklə 396,26 Kb.
səhifə5/7
tarix17.05.2023
ölçüsü396,26 Kb.
#110924
1   2   3   4   5   6   7
1-Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash

3. Korpus va qopqoqni tekshirish.

Agar korpus yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lsa, u yaxshi ishlashi kerak. Yomon konstruk- siyalangan korpus qisqa tutashuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday korpuslar borki, ularning past qismi, (yoki yon qismi) qalaylab ulangan komponentlarga yaqin joylashgan bo‘ladi. Ayrim hollarda plata korpusga tegib turgan bo‘ladi. Bunday holda ertami-kechmi disklarning va ventilatorlarning vibratsiyasi tufayli tizim platasi metall panelga tegadi, natijada, qisqa tutashuv bo‘ladi yoki biror-bir qurilma ishdan chiqadi.


Yana bir misol. Radioto‘lqinlardan himoyalanish uchun uncha katta bo‘lmagan metalldan qilingan plastinkalar qimmat kompyuterda bor edi. Qopqoqning ochib yopilishi tufayli ular sinib, tizim plataning ustida qisqa tutashuv bo‘lgunicha yotadi. Agar sizning kompyuteringizda ham bunday plastinkalar bo‘lsa ehtiyot bo‘ling.
Odatda radioto‘lqinlarning nurlanishi foydalanuvchi uchun muammo emas edi, ammo ular ofis yoki uydagi elektron quril- malarga shovqin berishi mumkin. Buni ShK ni TV yoki radioning oldiga olib kelib bilish mumkin. Agar TV ekranida yo‘l-yo‘l chiziqlar paydo bo‘lsa yoki radiodagi ovozlar bilan shovqin ham bo‘lsa, sizda nurlanish bilan bog‘liq muammo bor.
Shunga e’tibor beringki, radioto‘lqinlardan himoyalash qattiq disk, disk yurituvchi, CD-ROM privodlari uchun ajratilgan bo‘limlardagi qopqoqlar yordamida bajarilgan. Metalli plastinalarni olib tashlash mumkin. Korpuslar bilan old plastik panel ham birgalikda sotiladi. Ular korpusning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi.
O‘rtacha hajmdagi yangi vertikal korpus, CD-ROM uchun disk yurituvchi va qattiq disklar uchun radio to‘lqinlardan himoya qiluvchi qopqoqlar qo‘yilgan. Korpusning tashqi ko‘rinishini yaxshilash maqsadida plastik panellar qo‘yiladi.
Eng asosiy plata. Tizim platasining ichida kompyuterning asosiy ichki qismlari, tashqi qurilmalar, elektr ta’minot bloki uchun ulanish joylari joylashgan. Ayrim mutaxassislar tizim platasini asosiy plata deb nomlaydilar.
Gorizontal korpusda (desktop) tizim plata ShK ning ichki va tashqi qurilmalar tagida joylashgan. Vertikal korpusda (tower) tizim platasining korpusi tomonlarining biriga qotiriladi, qo‘shimcha platalar esa gorizontal joylashgan bo‘ladi.
Boshqa turdagi korpuslarning tizim platasining ulanish joylariga vertikal platalar bitta yoki ikkita tomoniga qo‘yiladi. Bunday hollar past profilli korpuslarda ishlatiladi. Ushbu plata uncha katta bo‘lmagan korpuslar uchun zarur.
ShK korpusining konstruksiyasini yaxshilab o‘rganing, tashqi qurilmalarni qo‘yish, tizim plata, xotira, uyalar, protsessor uchun ulanish joylar borligini aniqlash.




    1. Yüklə 396,26 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə