Tekshirdim


Yig'ish uchun kerakli asboblar haqida tushuncha



Yüklə 396,26 Kb.
səhifə4/7
tarix17.05.2023
ölçüsü396,26 Kb.
#110924
1   2   3   4   5   6   7
1-Shaxsiy kompyuterlarni ishga tayyorlash

2.Yig'ish uchun kerakli asboblar haqida tushuncha.


Kerakli asboblar. Korpusning qopqog‘ini yechishdan oldin asboblar to‘plamini tayyorlash lozim. Adapter platasining kontaktlarini yuvish uchun bir shisha spirt va bir nechta mo‘yqalamlar bo‘lishi kerak. Ayrim kontaktlarni yangi lastik bilan artish mumkin, ammo ulanish joylarga uning bo‘laklari kirib qolmasligi kerak. Plastik yoki yog‘ochdan yasalgan bir necha bo‘limlardan iborat quti ham kerak bo‘ladi. Unga yon daftar va ruchkani solib qo‘ying, bo‘limlarini son yoki harflar bilan belgilang. Vint va detallarni chiqarib, qayerdan olinganlik va nima uchun kerakliligini yozib, bo‘limlarga soling. Shu bilan birga, kompyuterning tarkibiy qismlarini ham nakleyka va sonlar bilan belgilang.
ShK ning korpusidagi mikrosxemalarga tegishdan oldin, statik elektrni qo‘llashni esdan chiqarmaslik uchun, yerga ulash yo‘lini o‘ylab topish kerak. O‘zingiz ham antistatik moslamani yasashingiz mumkin. Yerga ulangan rozetkaning markaziy boltiga sim o‘rang, ikkinchi uchini kompyuterning korpusiga ulang.


Kasbga oid asboblar. Mutaxassisga, tok kuchini o‘lchash uchun multimetrdek asbob kerak. Eski uskunalarda strelkali indikator, yangilarda esa elektron indikator ishlatiladi. Bu moslama kontaktdagi kuchlanish darajasini va elektr ta’minotiga chiquvchi kuchlanishni o‘lchaydi. Ayrim qurilmalar kabelni tekshirish uchun mo‘ljallangan. Multimetrni ishlatishdan oldin, uning yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing. Undan foydalanayotganingizda tizim platasining kontaktlari va yo‘lakchalarini yoping va juda ehtiyot bo‘ling.
Yana ketma-ket, uzluksiz, parallel, tarmoqli, USB va FireWire kabellari tekshiradigan universal moslamani sotib olish mumkin, unda ulanish joylar va sxemalar bo‘ladi.
Agar siz o‘zingizning kabellaringizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, u holda, payalnik, simni tozalash uchun asboblar to‘plami, siquvchi asbob va uncha katta bo‘lmagan ombir kerak bo‘ladi. Shuningdek kabellar va kabel uchun ulanish joylar to‘plami kerak bo‘ladi.

Yüklə 396,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə