Tema: Milliy qadriyatlar-millat iftixori


Huddi ana shu paytda yangi davr



Yüklə 48,13 Kb.
səhifə9/11
tarix26.06.2022
ölçüsü48,13 Kb.
#90136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AMALIY-2

3. Huddi ana shu paytda yangi davr ruhini o`zida mujassam-lashtirgan, 
ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob tariqasida qaror topgan dunyoviy tamoyillar, 
tushuncha va kategoriyalar yuzaga keldi. Bu g`oyaviy ta`limotga ko`ra ular islom 
diniy mazmundagi javoblarni tayyorlab, go`yo hozirgi taraqqiyot islom uchun asli 
yangilik bo`lmasdan, balki unutilgan eskilikdan o`zga narsa emasdir deb chiqdi.
Ular yangi davrga xos muammolar echimini islom tamoyillari va 
andozalaridan kelib chiqqan holda topishga harakat qildilar. SHuning uchun ham
dunyoviy taraqqiyot keltirib chiqargan va dunyoviy mazmunga ega bo`lgan
tushuncha va kategoriyalarga islomiy mazmun bera boshladi. «Islom demok-
ratiyasi», «Islom sotsializmi», «Islom taraqqiyot yo`li» va shunga o`xshash boshqa 
ko`plagan tushunchalarning vujudga kelishi bu islom dunyoqarashining beqiyos 
imkoniyatlaridan emas, balki islom yangi dunyo talablariga moslasha 
olmayotganligidan darak beradi. Boshqacha qilib aytganda islom yangi dunyo 
muammolariga hozirgi zamon taraqqiyoti darajasiga mos keladigan javob topolmay 
ojiz qolganligini ko`rsatadi.
To`g`ri, islomda dunyoviy ilmlarni targ`ib qiluvchi, aqlni haqiqat mezoni deb 
hisoblovchi Mo`tazaliylar oqimi mavjud bo`lgan. Hatto bunday mafkura milodning 
813-850 yillar orasida arab xalifaligining rasmiy davlat mafkurasi deb ham e`lon 
qilingan.
Islom uchun yot hisoblangan falsafa va boshqa dunyoviy ilmlar islom 
dinining nazariy asoslarini mantiq talablari va qoidalariga muvofiq 
mustahkamlanishiga yordam berdi. Lekin mantiq qonunlari va qoidalari e`tiqod 
talablari hamda ehtiyojlarini qondirishgagina qaratilib cheklangan, bir tomonlama 
harakterga ega edi. Islomning dunyoviylik tomoni bo`lgan takomillashuvi shu bilan 
barham topdi. 
Dunyoviy mazmundagi «An`anaviy qadriyatlar» mezoni deb ataluvchi 3-
saralash bosqichi XVIII asr Evropa (birinchi navbatda Frantsuz) ma`rifat-parvarlari 
tomonidan shakllantirildi. XVI-XVII asr frantsuzlar Renessans deb ataladigan 
uyg`onish davri aslida IX-XII asrlarda musulmon sharqida, xususan Xurosan, 
Movaraunnahr va Xorazmda birinchi navbatda Mo`tazaliylar ta`siri ostida vujudga 
kelgan. Bizda SHarq renessans deb ataluvchi jamiyatni tashkil etuvchi barcha 
sohalardagi ijtimoiy-madaniy munosabat-larda yuz bergan keskin yuksalish davrining 
uzviy davomi deb ham baho berish mumkin. CHunki o`sha davrlarda YAqin va O`rta 
SHarq musulmonlarining hayot tarzi, yashash madaniyatlari dunyoning boshqa 
mintaqalari, shu jumladan Evropa xristian madaniyatidan ham yuksak rivojlanganligi 
bilan mutlaqo ajralib turdi.
XI asrning oxirlaridan boshlangan Salb yurishlari Evropaliklar uchun SHarq 
madaniyatiga taqlid qilish, uni qiziqib o`rganish davrining boshlanishi deb ham 
qarash mumkin. Evropaliklar SHarqona muammo madaniyati, qadimgi YUnon va 
Rim madaniyatlarining tarkibiy qismi bo`lgan, hozirda esa Evropada unutilgan 
yuvinish, tozalik gigiena madaniyati bilan turk hammomlari orqali tanisha boshladi. 
Farb dastlab ilk bor yal-yal yonib turgan gilamlar bilan, so`ngra shaxmat o`yini bilan 
bevosita SHarq madaniyati orqali yaqindan tanisha boshladi.

Evropaliklar uchun har tomonlama ibrat namunasiga aylangan musulmon 


sharq madaniyati tarkibi bir vaqtlar YUnon va Rim madaniyatiga xos bo`lgan 
elementlarni g`arb yana qaytadan o`zlashtirib olishga kirishdi. Musulmon zadoganlari 
oilalaridagi o`ta nozik munosabatlar va islom dinidagi kibor oilalarda ayollarga 
berilgan huquq va erkinliklarni katolik cherkoviga qaram xristianlar hatto orzu ham 
qila olmaganlar.
Biroq bir narsaga alohida urg`u berish lozim, u ham bo`lsa Evropa SHarq
xalqlari madaniyati va ma`naviyatiga faqat havas qilish bilan cheklanib qolmadi. U 
endi SHarq ma`naviyati yutuqlarini o`zlashtirib olish bilan jiddiy shug`ullana 
boshladi. Evropaliklar musulmon sharq madaniyatidan ancha orqada qolib 
ketganligini ilk bora anglab etgan edilar.
Suqrot, Aflatun va Arastulardan boshlangan dunyoni bilishda ratsional
aqlning hal qiluvchi roli to`g`risidagi ratsionalizm Forobiy, Ibn Sino va Ibn Ro`sht 
ijodlari orqali Evropaga keng tarqalishi natijasi o`laroq evropaliklarda oldin an`ana 
tusiga kirgan dunyoni Injil dogmalari orqali idrok etishlariga barham berdi. endilikda 
tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarga mantiq talablari va qoidalari orqali qarashga 
bo`lgan intilishning kuchayishiga sabab bo`lgan edi.
XVIII asr Frantsuz ma`rifatparvarlari esa tabiiy va ijtimoiy hodisalarni 
o`rganishda diniy dunyoqarashdan foydalanishni butunlay man qilish va hatto 
cherkovni davlat siyosatidan, umuman maorif va tarbiya masalalaridan ajratish zarur 
deb chiqdilar. Xuddi o`sha davrlarda jamiyat va davlat, umuman ijtimoiy hayotning 
dunyoviy taraqqiyot yo`li to`g`risidagi ta`limotlar etilib kela boshladi. O`sha 
davrning yirik ma`rifatparvar mutafakkirlaridan Volter, J.J.Russo, D.Didro va 
boshqalarni ko`rsatib o`tishimiz mumkin.
Ular Evropa madaniyati asosida xristianlik dunyoqarashi, marosim va urf-
odatlari, axloq normalari va h.k.lar yotishini bilar edilar. Lekin xristianlik 
dunyoqarashi jamiyatning keyingi taraqqiyotini ta`minlashga qodir bo`lmay qolgan, 
aksincha taraqqiyot to`siq kuchga aylanganligini fosh qilib xristianlik insoniyat 
(Evropa)ning keyingi taraqqiyoti oldida jahillikdan o`zga narsa emas, deb chiqdilar.
Mazkur mutafakkirlar tomonidan gumanizm g`oyalarining ishlab chiqilishi 
«Butunjahon inson huquqlari dekloratsiyasi»ning moddalari uchun asos bo`lib xizmat 
qildi. J.J.Russo tomonidan «Ijtimoiy shartnomalar» kitobi (ta`limoti)ning yaratilishi 
Evropada xristian qadriyatlari orqali-gina ijtimoiy hodisalarga baho berib, odatlangan 
jamoatchilik uchun inqilobiy dunyoqarash bo`lib xizmat qildi.
Dunyoviy taraqqiyot yo`li o`z ichiga asosan: 1) dunyoviy fan yutuqlari; 2) 
gumanizm tamoyillariga; 3) ijtimoiy talablar asosida shakllangan an`anaviy axloq 
normalariga rioya qilishni va hokazolarni qamrab oladi.
An`anaviy madaniyat qadriyatlarining 3 ta shakli mavjud:
1. Elitar madaniyat 
2. Xalq madaniyati
3. Ommaviy madaniyat 

Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə