Tema: Milliy qadriyatlar-millat iftixori



Yüklə 48,13 Kb.
səhifə3/11
tarix26.06.2022
ölçüsü48,13 Kb.
#90136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AMALIY-2

Milliy qadriyatlar quyidagilardan iborat:
1. Xalqimiz hayotida jamoa bo`lib yashash ruhining ustuvorligi.
2. Xalq ongida ustuvor bo`lgan fikr - do`st va yaxshi qo`shni bo`lib, tinchlik 
va totuvlikda, yaqindan hamkorlikda yashash.
3. Oila, mahalla, el - yurt, Vatan tushunchalarini muqaddas bilish.
4. Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat - e`tibor, butun 
jamiyatni hurmat qilish.
5. Millatning o`lmas ruhi, millat ma`naviyatining hayotbaxsh manbai sifatida 
ona tiliga muhabbat, uni sevish.
6. Kattalarga - hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat, hurmat, degan e`tiqodga 
amal qilish.
7. Ayol zotiga ehtirom ya`ni, muhabbat, go`zallik va nafosat timsoli, abadiy 
hayot ramzi bo`lgan ayolni qadrlash.
8. Sabr-toqat, va mehnatsevarlik.
9. Halollik, mehr-oqibat va hokazo.
Bu tamoyil va qadriyatlar O`zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir 
fuqaroning o`z milliy qadriyatlarini asrab - avaylashi, kelajak avlodlarga etkazishi 
uchun to`la imkoniyatlar yaratilishini ifodalaydi. O`tmishdagi bobolarimiz qoldirgan 
meros, madaniy boyliklar, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish, ularni o`rganish, ular 
zamiridagi bu tamoyilning asosiy jihatlaridir. Har bir millatning tili, qadriyatlari, urf-
odatlari, an`analarini hurmat qilishni ta`minlash milliy istiqlol mafkurasining amal 
qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo`lishi uchun asoslar yaratadi.
Demak, o`zbek xalqining milliy xususiyatlarida: 
1. Oila - muqaddas tushuncha. Oila qurish - o`ta mas`uliyatli ish. «Oila - eskilik 
unsuri emas». U muqaddas, oilada millat kelajagi mujassam. YOshlarni 
tarbiyalashda, kamolga etkazish, ilm-hunar berish, uyli-joyli qilish - aksariyat 
oilalarning eng oliy maqsadidir... 
2. Mahalla - o`z-o`zini boshqarishning o`zbek xalqi yaratgan eng katta yutug`i, 
oqilona shaklidir. Mahalla - tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch 
ekanligi ko`pchilikka ayon. 
3. Qo`ni-qo`shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo`lib, asrlar davomida bu 
borada muayyan qadriyatlar shakllangan. «YOn qo`shnim - jon qo`shnim», «Xovli 
olma - qo`shni ol», «Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo`shni afzal» va h.k. 
4. Keksalarga hurmat - inson hayotiy tajribasi davomida shakl-langan qadriyat. Jonli 
tabiatda hayot uchun kurash qonuniyati mavjud. Nasl qoldirish, yagi avlodga mehr 

qo`yish, uni oyoqqa turg`azish jon fido qilish hollari aksariyat hayvonlarda 


kuzatiladi. Ammo, qariyalarni e`zozlash, keksalarga ehtirom, mehr-muruvvat 
ko`rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g`oyamizni tasavvur eta olmaymiz. 
«Keksani qopda saqla, o`ligini hafta saqla»... 
5. Ayol zotiga ehtirom - insoniyatning yarmidan ko`pini tashkil etadigan xotin-
qizlarga bo`lgan munosabatning eng yuqori cho`qqisidir. Demokratiyaning eng 
muhim yutug`i - har ikki jinsning teng huquqli va erkin bo`lishini ta`minlashdir... 
6. Onaga bo`lgan hurmat va sadoqat - eng oliy qadriyatdir. SHuning uchun Vatanga
milliy tilga nisbat berilganda ona nomi qo`shiladi. Milliy istiqlol g`oyasi onalar 
uchun, jamiyatdagi barcha ayollar uchun farovon hayot, go`zal turmush yaratishni 
maqsad qilib, xotin-qizlarning erkinligi va o`z qadr-qimmatini anglab etishiga, o`z 
salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga sharoit yaratishni bosh g`oyasida 
mujassamlashtirgan. 
Demak, milliy qadriyatlar insonning inson sifatida o`zini anglashi, o`z-o`zini himoya 
qila olishi, erishgan zafar yo`li va mag`lubiyatlari, sitamli damlarining 
yodnomalaridir.
Milliy an`analar - milliy qadriyatlarning bir bo`lagi bo`lib, u millat hayotining turli 
sohalarida namoyon bo`ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, 
odatlar va islohotlarning avloddan - avlodga o`tish hamda meros bo`lib qolish tarzi.
Mustaqillik yillarida an`analarga aylanib borayotgan bayramlar ham mavjud: 
1 yanvar’ - YAngi yil. 
8 mart - Xalqaro xotin - qizlar kuni.
21 mart - Navro`z bayrami.
9 may - Xotira va qadrlash kuni.
31 avgust - Qatag`on qurbonlari shahidlari kuni.
1 sentyabr’ - Mustaqillik kuni.
1 oktyabr’ - O`qituvchilar va murabbiylar kuni.
8 dekabr’ - Konstitutsiya kuni.
«Ramazon hayit»i (IYD al-fitr).
«Qurbon hayit»i (IYD al - ADHA).
O`rta Osiyo xalqlari tarixi bilan bog`liq milliy bayramlar ham bor: Mustaqillik 
bayrami, Navro`z, Mehrjon, Boychechak, Gul sayli va boshqalarni nishonlash 
an`anaga aylanib bormoqda. 

Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə