Tema: Milliy qadriyatlar-millat iftixori


Milliy ma`naviy qadriyatlarni boyitishda milliy g`oyaning ahamiyati



Yüklə 48,13 Kb.
səhifə4/11
tarix26.06.2022
ölçüsü48,13 Kb.
#90136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AMALIY-2

Milliy ma`naviy qadriyatlarni boyitishda milliy g`oyaning ahamiyati. Milliy 
g`oya ma`naviyatga tayanishi, undan hayot va ozuqa olishi bilan birga, ma`naviy-
ruhiy hayotga ham ijobiy ta`sir o`tkazadi. Milliy g`oya qadriyatlarni yanada 
yuksaltirish, ularni odamlarning ongi va qalbiga singdirish, istiqlol va istiqbolga 
xizmat qilmaydigan jihatlarini bartaraf etish vazifalarini ham amalga oshiradi. 
Ma`naviy hayotdagi behisob hodisalani, qadriyat va ne`matlarni xalq manfaatlari va 
e`tiqodi nuqtai nazaridan baholash - milliy g`oya mezonlari bilan o`lchanadi. 
Milliy g`oya dastavval, har bir inson uchun eng yaqin bo`lgan oilaviy 
munosabatlar - ota-ona va farzandlar, aka-uka va opa-singil, qarindosh-urug`lar 
orasidagi aloqalarni yuksak ma`naviy qadriyatlar asosiga qurishni taqozo etadi. 
Betakror va buyuk qadriyat - mahallaning hurmati va e`tiborini, uning o`z-o`zini 
boshqarishdagi rolini oshirish ham milliy g`oyaning muhim vazifasidir. 

Milliy g`oyaga sadoqat - yuksak vatanparvarlikda, mustaqillikni 


mustahkamlash va Vatan ravnaqini ta`minlashga shaxsiy hissa qo`shish istagida 
namoyon bo`ladi. Dunyodagi hamma xalqlarda ham mehmonnavvozlik miqyosi va 
me`yori mavjud, lekin u har bir xalqda turli xarakterga ega. 
Marosimlar, urf-odat va an`analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir. 
Insonning hayoti, u tug`ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar 
doirasida o`tadi. Marosimchilik millatning o`ziga xosligi va tarixiy tajribasini saqlash 
va an`analarni kelajakka etkazish vositasidir. 
Milliy ma`naviy qadriyatlar ming yillar davomida shakllangan, tarix 
sinovlariga dosh berib necha-necha avlodlardan o`tib kelayotgan ma`naviy boylik 
ekanligi, shubhasiz. Lekin bu boyliklar o`z-o`zidan va osonlikcha qadriyatga 
aylanmaydi. Tom ma`nodagi qadriyat maqomini olish uchun bular odamlar va 
ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosi va turmush tarziga singishi, faoliyatini yo`lga 
solish va baholash mezoniga aylanishi kerak. 
Umuman, milliy ma`naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma`naviy 
borlig`imizning muhim va serqirra sohasi bo`lib, inson va jamiyat kamolotida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. 
Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan o`zlashtirilishi ta`lim va 
tarbiyani talab qiladi. 
Milliy g`oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e`tirof etilishi. 
Bozor iqtisodiyoti ko`pchilik xalqlarga manzur bo`lgan va ular kelajagini 
ta`minlovchi iqtisodiyot hisoblanadi. U hozirgi davrga xos umuminsoniy 
iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy faoliyatida erkinlikka, xo`jalik yuritishda 
oqilonalik tamoyillariga asoslangan demokratik iqtisodiyotdir.
O`zbekistonning sobiq ma`muriy-buyruqbozlik tuzumidan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan erkin, demokratik tuzumga o`tish yo`li - jahonda o`zbek modeli deb tan 
olingan rivojlanish yo`lidir. Uning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, 
balki bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda isloh etishni nazarda tutadi. Prezidentimiz 
Islom Karimov 1992-1993 yillarda «O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li», 
«O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`z yo`li» asarlarida demokratik 
jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi. O`zbekistonda 
demokratik, ijtimoiy adolatli jamiyat qurishning keng qamrovli yo`nalishini, o`zbek 
modelini asoslab va belgilab berdi. Bugungi kunda mustaqil O`zbekiston ana shu 
demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishni o`z oldiga maqsad qilib 
qo`ydi. Ana shu siyosat negizida o`zbek modeli yoki boshqacha aytganda Islom 
Karimov yo`li yotibdi. O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tishning islohot yo`lini 
tanlab olar ekan uning asosida ichki siyosat olib borishning beshta asosiy tamoyilini 
ishlab chiqdi. Ular quyidagilardan iborat: 

Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə