Temperament va xarakter



Yüklə 432,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix08.02.2023
ölçüsü432,37 Kb.
#100406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'òåìïåðàìåíò

I.P. Pavlov
tomonidan taklif etilgan edi. U tadqiqot uchun Krechmer 
kabi tanalar va qon tomirlarining tashqi tuzilishini (P.F. Lesgaft) emas, balki yaxlit 
organizmni oldi va unda bosh miyani ajratib, ilmiy izlanish ob’ekti sifatida uning 
xossalarini belgilab chiqdi. 
Ushbu yondoshuvning afzalligi boshlang‘ich holat sifatida biologik 
hosilaning qo‘shimcha va ikkilamchi belgilari emas, balki inson organizmining 
etakchi tizimi – markaziy nerv tizimi belgilari olinganligidan iborat edi. 
Pavlov tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar temperamentning fiziologik 
asoslarini tushunish uchun ahamiyatli bo‘lgan tajribalar sifatida baholanadi. 
Temperament nazariyasining rivojlanishiga rus psixologiyasida 
B.M. Teplov
katta hissa qo‘shdi. U temperament xossalariga psixik faoliyat dinamikasini 
xarakterlaydigan barqaror psixik xossalarni kiritdi. Temperamentning individual 
xususiyatlarini temperament u yoki bu xossalari rivojlanganlik darajasi bilan 
tushuntiradi. Temperamentning ahamiyatga molik xossalariga quyidagilar 
kiritilgan edi: juda kuchsiz tashqi va ichki ta’sirlarga javob bildirish layoqati – 
emotsional qo‘zg‘aluvchanlik

diqqatning qo‘zg‘aluvchanligi
– bu individ 
psixikasining moslashuvchi vazifasini belgilaydigan temperament xossasi, u 
ta’sirlovchi jadalligining juda kichik o‘zgarishlarini payqash layoqatidan iborat;
 
emotsiyalar kuchi
, uning asosiy vazifasi, Teplov fikricha, motivlarning 
qondirilishi yoki qondirilmasligiga bog‘liq ravishda faoliyatni quvvatlashdan 
iborat; 
xavotirlanish
, Teplov fikriga ko‘ra, u tahdidli vaziyatda emotsional 
qo‘zg‘aluvchanlikdan iborat, Teplov odatdagi sharoitlarda xavotirlanish va 
emotsional qo‘zg‘aluvchanlikni ajratadi, chunki, emotsional qo‘zg‘aluvchanlik 
seskantiruvchi ta’sir kuchiga bog‘liq emas, xavotirlanish esa u bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘langan; 

Yüklə 432,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə