Temperament va xarakter


ixtiyorsiz harakatlarning



Yüklə 432,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix08.02.2023
ölçüsü432,37 Kb.
#100406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'òåìïåðàìåíò

ixtiyorsiz harakatlarning
reaktivligi
, ularning vazifasi ayni 
damda bevosita ta’sir ko‘rsatayotgan vaziyat va seskantiruvchilarga nisbatan 
moslashuvchi reaksiyalar jadalligining oshishidan iborat; 
irodaviy maqsadga 
yo‘naltirilgan harakat faolligi
, Teplov fikriga asosan, ko‘zlangan maqsadga 
muvofiq ravishda vaziyatni qayta tuzish yo‘li bilan moslashuv faolligini 
oshirishda namoyon bo‘ladi; 
egiluvchanlik – rigidlik
, vazifasi faoliyatning 
o‘zgaruvchan talablariga moslashishdan iborat; 
rezistentlik
, vazifasi boshlangan 
faoliyatni bo‘shashtiruvchi yoki to‘xtatuvchi barcha ichki va tashqi sharoitlarga 
qarshilik ko‘rsatish layoqatidan iborat; 
sub’ektivlashtirish
, Teplov fikricha


faoliyatning sub’ektiv obrazlar va tushunchalar yordamida darajalarini 
kuchaytirishdan iborat. 
Temperament xossalarining yuqorida keltirilgan xarakteristikalaridan ikkita 
asosiy xulosa chiqarish mumkin: birinchidan, temperament xossalari psixik 
jarayonlar dinamikasida va individ faolligi darajasida namoyon bo‘ladi, 
ikkinchidan, esa temperament faoliyat bilan uzviy bog‘langandir. Bular 
olimlarning keyingi tadqiqotlarida rivojlantirildi. 
Mashhur psixofiziolog 
V.M. Rusalov 
asab tizimi xossalri konsepsiyasi 
asosida 1980 yil oxirlarida temperament xossalarining ta’rifini keltirgan. U 
fiziologiyaning hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalandi. V.M. Rusalov, P.K. 
Anoxinning funksional tizimlar nazariyasidan kelib chiqqan holda, to‘rtta xil 
blokdan iborat – axborotni saqlash, harakatlantirish va qayta ishlash (afferent 
sintez bloki), dasturlash (qaror qabul qilish), ijro qilish va teskari aloqa kabi 
afferent sintezning kengligi va torligiga, hulq-atvorning bir dasturdan ikkinchisiga 
osonlik bilan o‘tishga, hulq-atvor joriy dasturining amalga oshish tezligi va harakat 
real natijasining o‘z akseptoriga mos kelmasligiga nisbatan sezuvchanligiga 
bog‘liq bo‘lgan temperamentning xossalarini ajratdi. 
Bunga muvofiq ravishda temperamentning an’anaviy psixofiziologik 
baholanishi o‘zgardi va faollik bilan sezuvchanlik kabi ikki ko‘rsatkichning o‘rniga 
endilikda: ergiklik (chidamlilik), egiluvchanlik, tezlik va emotsionallik 
(sezuvchanlik) kabi to‘rt xil tarkibiy qism ajratiladi. Temperamentning bunday 
tarkibiy qismlarining barchasi V.M. Rusalov fikriga ko‘ra, biologik va irsiy 
jihatdan belgilangandir. Xuddi shunday, temperament asab tizimining xossalariga 
bog‘liq, ular esa o‘z navbatida, miya va umumiy asab tizimining integrativ, tahliliy 
va umumlashtiruvchi faoliyatini ta’minlaydigan funksional tizimlarning asosiy 
xususiyatlari sifatida tushunilishi lozim. 
V.M. Rusalov konsepsiyasi nuqtai nazaridan temperament – bu 
psixobiologik daraja bo‘lib, uning xossalari to‘laligicha na tug‘ma, va na muhitga 
bog‘liq bo‘la oladi. Ular, V.M. Rusalovning fikricha, insonning irsiy belgilangan 
individual biologik xossalarining «tizimli umumlashtirilishidan» iboratdir, ular 
«turli xildagi faoliyatlarga kirishib, asta-sekin o‘zgaradilar va faoliyatning 
mazmunidan qat’iy nazar, invariant xossalarning umumiylashgan, sifat jihatidan 
yangi, individual barqaror tizimini hosil qiladilar»
2

Insonning jismli faoliyat va muloqotga muvofiq ravishda temperament ayrim 
xossalari alohida ko‘rib chiqilishi zarur, chunki, bu faoliyat turlarida ular turlicha 
namoyon bo‘ladilar, deb taxmin qilinadi. 
2
Русалов В.М. Предметный и коммуникативный аспекты темперамента человека// Психологический 
журнал. М., 1989.- Т.10.- № 1.Б.12. 


Bayon etilganlarni umumlashtirgan holda, mualliflarning ko‘pchiligi 
temperament xossalari va ularning ifodalanishini organizmning fiziologik 
xususiyatlari bilan bog‘liqlikda o‘rganishlarini aytib o‘tish joiz. 

Yüklə 432,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə