Temperament va xarakter



Yüklə 432,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix08.02.2023
ölçüsü432,37 Kb.
#100406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'òåìïåðàìåíò

-
atvorning 
faolligi
harakatchanlik, intiluvchanlik, tezlik, yoki, aksincha, sustlik va 
harakatsizlik darajasini xarakterlaydi. O‘z navbatda 
emotsionallik
belgi (ijobiy va 
salbiy) modallik (shodlik, qayg‘u, qo‘rqinch, g‘azab va boshqalar)ni aniqlagan 
holda emotsional jarayonlar kechishini xarakterlaydi. 
Qadimgi zamonlardan boshlab, temperament to‘rt xil asosiy tiplarga 
bo‘lingan edi, bular xolerik, sangvinik, melanxolik va flegmatik temperament 
turlaridir. Temperamentning bu asosiy turlari bir-biridan paydo bo‘lish dinamikasi 
va emotsional holatlar jadalligiga ko‘ra farqlanadi. Xolerik tipi uchun tezda paydo 
bo‘ladigan kuchsiz hislar, melanxolik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan, 
lekin kuchli hislar, flegmatik tipi uchun – sekin-asta paydo bo‘ladigan va kuchsiz 
hislar xosdir. Bundan tashqari, xolerik va sangvinik temperamentlar uchun 
harakatlar tezligi, umumiy harakatchanlik va hislarning tashqi kuchli (harakatlarda, 
nutqda, mimikada va boshqalarda) ifodalanishi, melanxolik va flegmatik 
temperamentlar uchun, aksincha, harakatlar sustligi va hislarning kuchsiz 
ifodalanishi xosdir. 
Temperament tiplarini turmush psixologiyasi nuqtai nazaridan shunday 
xarakterlash mumkin: 
xolerik
– tez, ba’zida, hatto, juda keskin, nutqda, mimika va 
imo-ishoralarda yaqqol ifodalanadigan kuchli tezda alangalanadigan hislarga ega, 
jadal emotsional ta’sirlanishga moyil odam; 
sangvinik
– tez, harakatchan, barcha 
taassurotlarga emotsional javob beruvchi odam, uning hislari bevosita tashqi xulq-
atvorida ifodalanadi, lekin ular kuchli emas, va bir-birini oson almashtiradi; 
melanxolik
– emotsional kechinmalar xilma-xilligining uncha katta emasligi, lekin 
katta kuchga va davomiylikka egaligi bilan farq qiluvchi inson, u barchasiga ham 
munosabat bildirmaydi, agar bildirgudek bo‘lsa ham chuqur o‘ylaydi, o‘z hislarini 
u darajada namoyon qilmaydi; 

Yüklə 432,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə