Temur tuzuklari


DAVLATNI BOSHQARISH TUZUGI



Yüklə 57,63 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü57,63 Kb.
#181873
1   2   3   4
2-kurs sirtqi Omirzakova Malika Davkat boshqaruv tuzugi

DAVLATNI BOSHQARISH TUZUGI
Boshsiz mamlakat jonsiz tanga o‘xshaydi. Bejon
tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.
Amir Temur
Buyuk davlat arbobi Amir Temur davlat boshqaruvi ishlarini kengash va tadbirlar asosida amalga oshirgani, xalq manfaatini o‘ylab ish tutgani to‘g‘risida «Temur tuzuklari» va boshqa tarixiy manbalarda ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Buning yorqin namunasi «Tuzuklar»ning ikkinchi qismi ushbu masalaga qaratilganligidir “Tuzuklar”da “Saltanat ishlarini qonun va qoidalar, to‘ra va tuzukka solib, saltanatim martabayu e’tiborini saqladim” kabi fikrlar keltiriladi. Ushbu fikrlar bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etuvchi ikkinchi tuzuk bayoni «Tuzuklar»da quyidagicha bayon etiladi:

  • “Ikkinchi (tuzukim) shulki, o‘n ikki tabaqa va toifadagi kishilar bilan mamlakatni qo‘limda tutib, saltanatimni boshqardim. Davlat, saltanat ustunlarini o‘shalar bilan quvvatlab, majlislarimni shular bilan ziynatladim”.

Bu yerda «o‘n ikki tabaqa va toifadagi kishilar» – aholining barcha qatlamlari vakillari, «saltanat ustunlari» – davlat boshqaruvi tizimida jamiyatning turli qatlamlari vakillarining keng ishtiroki ta’minlangani nazarda tutilmoqda. Jumladan, Amir Temur saltanatni quyidagi o‘n ikki toifadagi kishilar bilan mustahkamlagan:
1) sayyidlar, ulamo, shayxlar va fozillar;
2) aqlli kishilar va kengash sohiblari, ehtiyotkor, qat’iyatli arboblar, keksa va tajribali kishilar;
3) duogo‘y kishilar;
4) amirlar, sarhanglar (sarkardalar), sipohsolorlar;
5) sipoh va raiyat;
6) ishonchli, to‘g‘ri e’tiqodli oqil-xiradmand kishilar;
7) vazirlar, devon kotiblari va munshiylar;
8) hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar;
9) muhaddislar, qissaxonlar;
10) mashoyixlar, so‘fiylar, oriflar;
11) kasbu hunar egalari;
12) sayohatchilar, musofirlar, savdogarlar, karvonboshilar.
Amir Temur davlat ishlarini tartibli yuritishga, hamisha fuqarolar manfaatini ko‘zlab ish tutishga intilgan. U har qanday kasb va hunar bo‘lmasin, agar bu kasb-hunarning mamlakat rivojiyu ravnaqiga foydasi bo‘lsa, shu kasb egalariga g‘oyatda mehr qo‘ygan edi.
Amir Temur davlat boshqaruvini tashkil etishda quyidagi 12 qoidani o‘ziga shior qilib olgan. Uning fikriga ko‘ra, «agar qay bir podshoh shu o‘n ikki narsaga ega bo‘lmas ekan, saltanatdan bebahra qolur» buning sababi esa:

  • Birinchidan, podshoh o‘z so‘ziga ega bo‘lsin, ishini o‘zi bilib qilsin, ya’ni sipoh va raiyat podshoning aytgan so‘zini, qilgan ishini o‘zi aytadi, o‘zi qiladi, hech kimning bunga daxli yo‘q, deb bilsin...

  • Ikkinchidan, sulton har narsada adolatparvar bo‘lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlar tursin, toki podshoh zulm qilgudek bo‘lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Ammo agar vazir zolim bo‘lsa, ko‘p vaqt o‘tmay saltanat uyi qulaydi...

  • Uchinchidan, butun mamlakatda buyruq va taqiqlashlar podshohning o‘z ixtiyorida bo‘lishi lozim. Podshoh har ishda o‘zi hukm chiqarsin, toki hech kim uning hukmiga aralashib, o‘zgartira olmasin.

  • To‘rtinchidan, podshoh o‘z qarorida qat’iy bo‘lsin, ya’ni har qanday ishni qilishga qasd qilar ekan, uni bekor etmasin va to bitirmagunicha undan qo‘l tortmasin.

  • Beshinchidan, podshoh hukmi joriy etilishi zarur, ya’ni qanday hukm chiqarishidan qat’iy nazar, amalga oshirilishi kerak. Biron kimsa garchi hukmni zararli deb bilgan bo‘lsa ham, unga monelik qilolmasin...

  • Oltinchidan, podshohlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib, erkni unga berib qo‘ymasinkim, dunyo bevafo xotin kabi, uning xushtori ko‘pdir. Agar shunday qilar ekan, o‘zganing nafsi tez orada podshoh bo‘lishni tilab, saltanat taxtini o‘zi egallashga kirishadi...

  • Yettinchidan, saltanat ishlarida podsho har kimning so‘zini eshitsin, har kimdan fikr olsin. (Lekin) qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, vaqtida ishlatsin.

  • Sakkizinchidan, saltanat ishlarida, harbiylar, fuqarolar bilan bog‘liq masalalarda boshqalarning so‘z va fe’liga qarab ish tutmasin. Vazirlar, amirlar biron kimsa haqida yaxshi-yomon so‘z aytar ekanlar, eshitsin. Lekin amal qilishda butun haqiqat ayon bo‘lmaguncha shoshmay, mulohaza bilan ish tutsin.

  • To‘qqizinchidan, podshoh haybati qo‘shin va jamiyat ko‘nglida shunday o‘rnashgan bo‘lishi kerakki, uning amr-farmoniga hech kim qarshilik qilishga jur’at etolmasin, itoat va tobelik qilsin, isyon ko‘tarmasin.

  • O‘ninchidan, (podshoh) nima qilsa, o‘z erkicha qilsin, nima desa o‘z so‘zida qat’iy tursin, chunki podshohlarning hukm hurmatidan boshqa bahramandliklari yo‘qdir. Xazina, lashkar, raiyat, saltanat – bularning barisi uning hukmi bilandir.

  • O‘n birinchidan, saltanat ishlarida, hukm yurgizishda podshoh o‘zini yagona bilib, hech kimni o‘ziga saltanat sherigi qilmasin.

  • O‘n ikkinchidan, (podshoh) majlis ahlidan ogoh va hushyor bo‘lsinkim, ular ko‘pincha ayb axtarib, gapni tashqariga tashiydilar, podshohning so‘zidan, ishidan vazirlarga, amirlarga xabar berib turadilar...



Xulosa
O’z davrining buyuk hukmdori Amir Temur o’z nomi va shaniga mos buyuk qudratli davlatni tashkil etdi hamda uning o’sha davrdagi barqaror davlat boshqaruvini tashkil eta oldi. Sohibqiron o’z tajribasi va boshqaruvidagi barcha voqealarni o’z tuzugiga jamladi hamda o’z avlodiga ushbu merosni qoldirdi.Unda odil siyosatchi hamda mohir sarkarda xalq manfaatlarini o’ylashi kerakligi qayta-qayta takidlangan.”Tuzuklar” da keltirilgan ba’zi fikrlar zamonaviy diplomatiyada ham asosiy tamoillardan biridir. Hozirda ham Vatanimizning ba’zi javhalarida uning tamoyillaridan foydalanib kelinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



1 Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. “Ajoyib ul-maqdur fi axbor(fi navaib) at-Taymur”/arab tilidan tarjima,so’z boshi va izohlar muallifi U.Uvatov.T:Mehnat,1992.
2 Sharafiddin Ali Yazdiy.Zafarnoma/So’z boshi, tadbil,izohlar va ko’rsatkichlar mualliflari:Ashraf Ahmad, H.Bobobekov.T:Sharq,1997.12-bet
3 Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. “Ajoyib ul-maqdur fi axbor(fi navaib) at-Taymur”. 1992.
4 Yusuf Husayn Xon, Two studies in early mongol history, 1976.


Yüklə 57,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə