Temur tuzuklari



Yüklə 57,63 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü57,63 Kb.
#181873
1   2   3   4
2-kurs sirtqi Omirzakova Malika Davkat boshqaruv tuzugi

AMIR TEMUR SHAXSI
Insoniyat tarixidagi eng yirik imperiyalardan biri (hududi qariyb 4,4 mln.km2 )-Temuriylar imperiyasi asoschisi, mohir sarkarda, oqil siyosatchi bo’lmish, “Sohibi adl”, “Sohibqiron”, “Sohibi jahon” nomlari bilan ulug’langan Amir Temur ibn Amir Tarag’aydir . Ibn Arabshoh o’zining “Ajoyib ul-maqdur fi axbor(fi navaib) at-Taymur” asarida: “Temur ibn Tarag’ay ibn Abag’ay bo’lib, uning tug’ilgan joyi Xo’ja Ilg’or deb ataladigan qishloqdir. Xo’ja Ilg’or Keshga qarashli joylardandir…”1 deya ma’lumot bergan. Sharafiddin Ali Yazdiy o’zining “Zafarnoma” asarida “Shabon oyining yigirma beshida, torix yetti yuz o’ttiz oltida, sichqon yilikim (8. 04. 1336), ... Kashi dilkash viloytida, Takina Xotunkim, shariy tutahhara yo’suni bila ul amiri dinparvar Tarag’aybekning nikohida erdi, andin hazrat sohibqiron kun kibi zohir bo’ldi”2 deb yozadi. Amerikalik tarixchi Beatrice Forbes Manz xonim Temurning tugʻilgan yilini oʻn toʻrtinchi yuzyillikning yigirmanchi yillariga toʻgʻri kelishini iddao etadi va bu shubhalanishiga vaj qilib Temurbekning 1336-yilda tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar uning davridan keyin yozilganini va uning davriga oid bir nechta manbalardagi voqealarda Temurning yoshi uning 1320-yillar oxirida tugʻilganini koʻrsatishini aytadi . Biroq birorta tarix kitoblarida Temurbekning tugʻilgan yili 1336-yil emas, balki boshqa yil ekanligi toʻgʻrisida ma’lumot umuman uchramaydi.
Otasi Amir Taragʻay (oʻrta chogʻ turkchasida Taragʻay – qoraquyruq qushi) barlos qabilasining beklaridan biri va qabilaning asosiy 5 ta urugʻidan birining yetakchisi edi. Taragʻaybek Chigʻatoy ulusining taniqli beklaridan biri boʻlib, Kesh viloyatida amirlik qilgan. Amir Taragʻay yillik Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan yurt beklarining qurultoyiga taklif etilgan va bunday yigʻinlarda doimo qatnashgan. Butparast oʻlaroq tugʻilgan Taragʻaybek Chigʻatoy ulusi orasida birinchilardan boʻlib islom dinini qabul qilgan. Otasi Barqul Noyondek u ham harb va siyosat ishlariga qiziqmagan va asosan islom dinini oʻrgangan. Temurbek tez-tez qabrini ziyorat qiladigan va keyinchalik qabri ustiga maqbara (1373–1374) qurdirgan Shamsiddin Kulol Taragʻaybekning piri boʻlgan.
Onasi Takina Xotun yoki Takina Mohbegim toʻgʻrisida bilgilar oz. Zafarnoma (Yazdli Sharafiddin) da yolg'iz otigina soʻzlanadi. 1403-yilda Amir Temur JenoaFransiyaAngliya qirollariga elchi qilib yuborgan, Sultoniya bosh rohibi Johannes de Galonifontibus Takina Xotunning oddiy oiladan ekanini yozadi.Amir Temur saroyida yozilgan, biroq yozuvchisi aniq bilinmagan Muyizz al-Ansab (Izzatli nasablar) asarida Takina Xotun barlos qabilasi bilan chegaradosh boʻlgan Chigʻatoy ulusining Yasaur qabilasidan ekanligi yoziladi. Amir Temur bilan yuzma-yuz soʻzlashgan Ibn Haldun Temurbek onasini afsonaviy „Avesto“ bahodiri Manuchehrning avlodidan ekanligini aytganini yozadi. Temurbekning siyosiy kitobyozar raqibi Ahmad ibn Arabshoh oʻz “Ajoyib ul-maqdur fi axbor at-Taymur” asarida uning Chingizxonning naslidan ekanligini yozadi. 18-yuzyillikda yuzaga chiqqan Amir Temur shaxsiyati toʻgʻrisidagi kitoblarda Takina Xotun Buxoro „Sadr ash-Sharia“ (Shariat qonunlarini izohlovchi)si Ubaydullo Mahbubiyning qizi oʻlaroq tanitiladi. Oʻzbek tarixchisi Turgʻun Fayziyez oʻzining „Temuriylar shajarasi“ (Toshkent, 1995) kitobida Temurbekning onasi toʻgʻrisida „Jangnomayi Amir Temur Koʻragon“ kitobiga tayangan holda Buxoro ulamolarining eng ulugʻi „Sadr ash-Sharia“ning qizi ekanligini bildiradi.
Amir Temurning turk yoki moʻgʻul ekanligi toʻgʻrisidagi bilimlar gʻarb olamidagina tortishmali. Rui Gonsales de Klavixo Temurbekning kelib chiqishini Chigʻatoy ulusining ellariga bogʻlasa, nabirasi Muhammad Taragʻay (Mirzo Ulugʻbek ) „Tarixi arba ulus“ kitobida Shajarat al-atrak (Turklar kelib chiqishi)ni koʻrsatadi va unga koʻra Temurbek va ota-bobolari Yofas oʻgʻli Turkning bolalari ekanligini aytadi. Turk otli kishi esa butun turklarning otasi ekanligi koʻrsatiladi. G'arb ellarining oʻtmish yozuvchilari oʻrtasida Amir Temurning turk-moʻgʻul yoki turklashgan moʻgʻul kelib chiqishli ekanligi keng yoyilgan. Biroq Richard Bulliet (“A Global history”) Temurbekning qabilasi Barloslarning moʻgʻullarga aloqasi yoʻqligini soʻzlasa, Rene Grousset Temurbekning kelib chiqishi Chingizxonga bogʻlanganligini yolgʻiz oʻz chogʻida yozilgan kitoblardagina ekanini, biroq uni moʻgʻullik bilan umuman birligi yoʻqligini va Turk ekanligini yozadi. Amir Temur tarixi boʻyicha 3 salmoqli kitobdan birisi sanalgan Ahmad ibn Arabshohning
“Ajoyib ul-maqdur fi navaib at-Taymur” kitobida boʻlsa Amir Temurning barlos turki ekanligini yoziladi: “Turklarda ham Arablarda boʻlganidek qabilalar va urug'lar bordir va har bir qabilada vazir (qabilaboshi) bordir. U oʻz qabilasi ichida yashash tarzi boʻyicha maslahat beradigan yorituvchi chiroqdir. Ulardan birinchisi Arlot, ikkinchisi Jaloyir, uchinchisi Qavchin, toʻrtinchisi Barlosdir. Temur(bek) toʻrtichisidan chiqqandir” 3 . “Amir Temur Turk ekanligidan gʻururlanar, oʻz oʻrnida oʻziga qarata aytilgan Moʻgʻul soʻzini yomon koʻrardi”4.
Amir Temurning yoshligi Keshda kechadi. Otasi Taragʻay oʻz odatlariga koʻra yosh Temurga ot minish, ov qilish, yoydan oʻq otishni oʻrgatuvchilarni tayin qilgan. Shu yuzdan Temur 18-20 yoshlarida tulporlarni yaxshi ajrata oladigan epchil otliq va qoʻrqmas bahodir boʻlib ulgʻayadi. Temurni yoshligida madrasaga ham beradilar. Biroq Temurning oʻqimishsiz boʻlganligi toʻgʻrisida g’arb davlatlari oʻrtasida xato qarash chindek oʻrnashib qolgan. Temur oʻzi toʻgʻrisida kitobida 21 yoshga toʻlganida otasining hosili yaxshi boʻlganini, qoramol va yilqilar koʻp bolalaganini, oʻzi ularni 10 tadan qilib ishchilariga boʻlib berganini yozadi. Temurning yoshlik yillari toʻgʻrisida ma’lumotlar juda oz.
1358-yil Qazagʻonning oʻlimidan soʻng Movarounnahrda boshlangan bosh-boshdoqlik chogʻida Temurbek amakisi Xoji Barlos bilan Kesh yerlarini boshqarardi. 1360-yil yanvarda Jeta (Moʻgʻuliston) xoni Tugʻluq Temur Movarounnahrga yurish qiladi. Tugʻluq Temur bilan kelishgan Temurga Keshdan Sirdaryogacha boʻlgan yerlar topshiriladi. Tugʻluq Temur orqasiga qaytib ketadi. Xizr Yasuriy va Temur birga qoʻshin yigʻadilari. Xoji Barlos esa Yasuriy bilan yovlashadi va unga qarshi yurish qiladi. Tomonlar Oyqor yaqinida toʻqnashishadi. Temur tomon dushmanni yengadi. Biroq keyinroq Temur Yasuriy bilan yovlashadi. Kesh yaqinidagi Surushdagi urushda Temur dushmanni yengadi. Temur Termiz tomonga qarab yuradi. Ali Jarjariy bilan yovlashadi. Angor yaqinida toʻqnashishadi. Temur dushmanni yengadi. 1361-yil martda Tugʻluq Temur yana Movarounnahrga yurish qiladi. Temur yana Tugʻluq Temur oldiga boradi va Temurga Kesh viloyati va 10 ming kishi topshiriladi. Movarounnahrga xon qilib Ilyosxoʻja, Tugʻluq Temurning oʻgʻli, tayinlanadi. Tugʻluq Temur oʻz yurtiga qaytadi. Temur Amir Husayn bilan uchrashadi. Alibek Joni Qurboniy bu ikki bekni tutib qamatadi. Moxonda qamoqda bir necha kun qolgan beklar Muhammadbek, Alibekning akasi, tomonidan ozod qilinadi. Temur Seyiston tomon yuradi. Amir Temur va Amir Husayn Seyiston hokimi soʻrovi va bergan soʻzlariga koʻra uning dushmanlariga qarshi urushishadi. Amir Temur va Husayn tomon dushmanni yengadi. Seyiston hokimi soʻzini ustidan chiqmaydi. Temur Seyistondan qaytishida Sagziylar Mekrondan kelib Temur va yoʻldoshlariga hujumga o’tadi. Sagziylar qoʻshini chekinadi. Temurning oʻng qoʻli va oʻng oyogʻi yaralanadi. Temur Garmsirga keladi va tuzaladi. Keyin Balxga qarab boradi va Abdulloh arigʻi oldida, Abu Said, Mangli Buʼga, Haydarlarga qarshi urushadi. Amir Temur dushmanni yengadi. Temur Dashti Koʻlankaga keladi. Toshkoʻprik yaqinida Amir Temur Yumkon oʻgʻli Temur, Sariq, Shingum va Tugʻluq Xoʻjaga qarshi urushadi. Amir Temur qo’shini g’olib boladi. 1364-yil Temur va Husayn Kesh yaqinidagi Qubbai metinda Ilyosxoʻja bilan toʻqnashishadi. Ittifoqdoshlar g’olib bo’ladi . Amir Temur Qobulshoh Oʻgʻlonni Movarounnahrga xon qilib koʻtaradi. Ilyosxoʻja yana Movarounnahrga yurish qiladi. 1365-yil 22- mayda Chinoz yaqinida Chirchiq daryosi boʻyida Loy jangi boʻlib oʻtadi. Temur boʻlinmasi qarshi tomon boʻlinmasini yengadi. Biroq Husayn dushmanga qarshi turolmaydi. Bu mag’lub bo’lgach Temur Keshga qaytishga majbur boʻladi. 1366- yil Husayn va Temur yovlashadi. Qatlashdagi urushda Amir Temur tomon dushmanni yengadi. Temur Qarshiga qarab yuradi. Qarshi qamalida Musabekni 12000 otligʻini 243 kishi bilan yengadi. 1367-yil Moxon yaqinidagi Bermasda Bekishohga qarshi yuradi. Amir Temur Amir Husayn bilan yarashib Qobul tomon yuradi. Amir Temur tomon Qobul sharini egallayadi. 1370-yil Arxangdagi urushda Temur Amir Husaynni uzil-kesil yengadi. Sayyid Baraka Temurga tabl va yalov taqdim etadi. Temur Balx tomon yuradi va Balxni qoʻlga olib Suyurgʻotmish Oʻgʻlonni xon qilib koʻtaradi. 1370-yil Temuriylar davlati quriladi.Sohibqiron Amir Temur 35 yil davomida 1405-yilgacha hukmdor bo’ldi hamda o’z davrining eng buyuk davlatlaridan biriga asos soldi. Keyingi rejamizda ushbu davlatni qanday va qaysi tamoillar asosida boshqargani haqida ma’lumotga ega bo’lamiz.

TUZUKOTI TEMUR”


Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va "Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan. Amir Temurning "Tuzuklar" Sohibqironning o’z qalamiga mansubligi to’g’risida ko’plab tadqiqotchilar ma’lumotlar keltirgan. Bular orasida "Temur tuzuklari"ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. Mikluxo Maklaylar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar XVI-XVII asrlarda Hindistonda yozilgan. Asar 2 qismdan iborat.
-Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi,markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, shuningdek Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin O'rda hukmdori Toʻxtamishxon, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi Buyuk Sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.
-Ikkinchi qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.
Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. "Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy") ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri- Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari 1607-1612) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. "Tuzuki Temuriy"ning so’z boshida keltirilishicha, oʻrta osiyolik Mir Abu Tolib Husayniy al Ariziy at Turbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610-yil Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan. Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637-yil Boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628-1657) tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652-yil) huzuriga chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻtabar asarlar, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si va shunga oʻxshash muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib al Husayniy at Turbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan. Shu tariqa asarning yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u "Malfuzoti Temuriy" ("Temurning aytganlari") va "Voqeoti Temuriy" ("Temurning boshidan kechirganlari") nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum. “Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779-yilda Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili professor ingliz mayori Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan.
“Temur Tuzuk” larida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar boshqaruvni qanday olib borishi kerakligi, tinchlikni saqlash uchun qanday yo’l tutish lozimligi, jang payti qanday harakat qilish kerak barcha-barchasi mufassal yozilgan.Temuriy hukmdorlar uchun aynan “Tuzuklar” boshqaruvda bir yo’l chiroq vazifasini o’tagan desak ham bo’ladi.

Yüklə 57,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə