Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi


Tenglamalarni o’rgatish metodikasi



Yüklə 44,65 Kb.
səhifə2/6
tarix29.05.2023
ölçüsü44,65 Kb.
#114055
1   2   3   4   5   6
Raximova Dilabo . 8-sonli variant

1.2. Tenglamalarni o’rgatish metodikasi

2 - sinfda o'quvchilarni tenglama yechishga o'rgatish murakkab jarayon hisoblanadi va o'qituvchidan katta mehnat talab etadi.

Boshlang’ich sinf o'quvchilariga tenglamalarni yechishga o’rgatishda, ulardagi tenglama haqidagi tushunchalarini shakllantirish; ularning tenglama yechish usullari haqidagi bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish; matematika darslarini hayot bilan bog'lagan holda ularning o'qishdagi faolligini oshirish va fikrlash qobiliyotini charxlash.

Tenglama tushunchasi haqidagi bilimlarni qoidalarga tayanib, lahlil qilgan holda tenglama yechishga o'rgatish va misollar yorgamida mustahkamlashni amalga oshirish lozimdir.

Dastlab, o'quvchilarga tenglamalarni tanlash usuli bilan yechishga doir mashqlar beriladi. Tenglamadagi noma'lum son "darcha" bilan ifodalanadi. Tenglik to'g'ri bo'lishi uchun "darchaga" qanday sonni qo'yish kerakligini o'quvchilardan so'raymiz va ular og'zaki topadilar, tekshirishni ham og'zaki bajaradilar ( 6+7=13; 12 - 9=3; 16-9 =7). Keyin tenglama atamasini noma'lum son ekanligini tushuntirib o'tamiz. Kerakli sonni tanlab, o'rniga qo'yganlaridau so'ng bunday tengliklar tenglamalar deb atalishini aytamiz. Ya'ni "tenglamani yechish degan so'z, ning o'rniga qo'yganda tenglik to'g'ri bo'ladigan sonni topish" demakdir.

Boshlang'ich sinflarda, xususan, II sinfda o'quvchilarga bir noma'lumli tenglamalarning ba'zilarining yechilish usullari bilan tanishtiramiz. Tenglamalarni yechishda quyidagi qoidalarni bilish o'quvchilarga qiyinchilik tug'dirmaydi:


  • Noma'lum qo’shiluvchini topish uchun yig'indidan ma'lum qo’ shiluvchini ayirish kerak.


  • Noma'lum kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayiriluvchini qo'shish kerak.


  • Noma'lum ayiriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ayirish kerak.


  • Noma'lum bo’linuvchini topish uchun bo'linmani bo'luvchiga ko’paytirish kerak.


  • Noma'lum ko'payuvchini topish uchun ko'paytmani ko’paytuvchiga bo'lamiz.


O’qituvchining tenglama bilan tanishtiruvi ushbu ko'rinishdagi masalalarni yechish bilan amalga oshiriladi: "Noma'lum songa 4 ni qo’shishdi va 12 hosil qilishdi. Noma'lum sonni toping?" Masala bo’yicha x+4=12 tenglama tuziladi. Keyin o'quvchilarga "tenglamada nima ma'lum?" (Ikkinchi qo'shiluvchi 4 va yig'indi 12) "Nima noma’lum?” (Birinchi qo'shiluvchi). ''Noma'lum qo'shiluvchini qanday topish kerak?" (Yig'indi 12 dan ma'lum qo'shiluvchi 4 ni ayirish kerak) savollari bilan murojaat qiladi.

Yechilishi: x+4=12

x=12-4 x=8

Tenglama yechib bo'lingandan keyin tekshirish qilinadi: x=8 8+4=12; 12=12 bo'ladi. Demak, bo'linuvchi x va 60 sonlarining ayirmasi bilan ifodalangan, bo'luvchi 4, bo'limna 80Noma'lum bo'linuvchini topish uchun bo'linmani bo'luvchiga ko'paytirish kerak va tenglamaning davomini yechish o'quvchilarga qiyinchilik tug'dirmaydi. [15]

Misol: x · 7+210=259



· 7=259-210

x · 7=49


x=49:7

x=7 hosil bo’ladi. 7· 7+210=259





Yüklə 44,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə