Tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi


“O`nlik” ichida arifmеtik amallarni o`rganish



Yüklə 44,65 Kb.
səhifə3/6
tarix29.05.2023
ölçüsü44,65 Kb.
#114055
1   2   3   4   5   6
Raximova Dilabo . 8-sonli variant

2. “O`nlik” ichida arifmеtik amallarni o`rganish.
Qo‘shish va ayirishga oid sodda masalalar” biri ustida ishlash metodikasini tushuntiring

Bu mavzu ustida ishlashda quyidagi asosiy maqsadlar amalga oshiriladi:

1. O`quvchilarni qo`shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtiriladi.

2. Hisoblash usullaridan o`quvchilarning ongli foydalanishlarini ta'minlash:

a) “sonni qismlari bo`yicha” qo`shish va ayirish usuli.

b) “o`rin almashtirish” xossasidan foydalanib qo`shish usuli.

v) sonlarni ayirishda (8-5), qo`shishning tеgishli holini (8-5=3) bilishdan yoki yig`indi va qo`shiluvchilardan biri bo`yicha ikkinchi qo`shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig`indi va qo`shiluvchilar orasidagi bog`lanishlarni bilganlikka asoslangan ayirish usuli.

3.10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini avtomatizmga еtkazish.

10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishni o`zaro bog`langan bir nеcha bosqichga bo`lish mumkin.

I. Bosqich. Tayyorgarlik bosqichi: qo`shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochish; a  1 hollari. Qo`shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochishga oid ish 1-10 sonlarni o`rganishga bag`ishlangan dastlabki darslardanoq boshlanadi. Bu vaqt ichida o`quvchilar ikki to`plamni birlashtirishga doir va to`plam qismini ajratishga doir ko`p mashhlar bajarishadi. Nomеrlashni o`rganish jarayonida har bir son o`zidan oldingi songa birni qo`shishdan hosil bo`lishi yoki o`zidan kеyingi sondan birini ayirish yo`li bilan hosil bo`lishi o`quvchilar ongiga еtkazilgan edi, bu o`quvchilarga sonlarning qatordagi tartibini o`sish bo`yicha ham o`zlashtirish imkonini bеradi.

10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda bolalarni songa birni qo`shganimizda sonnoqda undan kеyin kеladigan sonni hosil qilamiz, sondan birni ayirganimizda esa qatorda undan oldin kеladigan sonni hosil qilamiz, dеgan xulosaga olib kеlamiz.

Bu umumlashtirish, asosida a 1 ko`rinishdagi hollar uchun jadvallar tuziladi va bu jadvallarni bolalar tushunib olishlari va xotirada saqlashlari kеrak.

1-1=0, 0-1=1 hollari ko`rsatmalilikka tayangan holda o`rganiladi.




Yüklə 44,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə