Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti


I.3 O‘zbekistonda g‘o‘za seleksiyasining



Yüklə 427 Kb.
səhifə13/28
tarix09.06.2022
ölçüsü427 Kb.
#89205
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
BMI

I.3 O‘zbekistonda g‘o‘za seleksiyasining
yo‘nalishlari va yutuqlari
G‘o‘za seleksiyasi fanining vazifasi tezpishar, serhosil, tolasining texnologik sifatlari, yuqori bo‘lgan navlarni yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish , hamda shu yo‘l bilan sanoatni yuqori sifatli xom-ashyo bilan ta’minlashdan, g‘o‘za yetishtiriladigan mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlari, imkoniyatlaridan yuksak darajada foydalangan holda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.
G‘o‘za seleksiyasida qandaydir aniq yo‘nalishlarni ajratish odatda qabul qilinmagan. Masalan, mahsuldorlikka, tezpisharlikka, viltga chidamlilikka va boshqalarga qaratilgan seleksiya. Maqsad bitta muhim qimmatli belgi va xususiyatlar majmuasiga ega intensiv tipidagi na­vlar yaratishdan iborat.
Ishlab chiqarish g‘o‘zaning yangi navlariga katta talablar qo‘yadi. Ular paxta va tolaning yuqori hosilini ta’minlashi kerak, yetarlicha tezpi­shar, kasallik va zararkunandalarga chidamli, tolaning chiqishi va tex­nologik xususiyatlari yuqori, ekish, parvarish qilish va hosilni yig‘ib olishga moslashgan bo‘lishi kerak.
G‘o‘za navlari keng miqyosda tashqi muhitning omillariga, birinchi navbatda suv tanqisligiga chidamli, o‘stirish uchun yaxshi sharoit tug‘dirilganligidan samarali foydalanadigan, jumladan o‘g‘itlar me’yo­rini oshirilganligidan, vegetativ massasi emas, balki xo‘jalik hosildorligini o‘sib borish xususiyatli – ya’ni intensiv tipda bo‘lishi kerak.
Hozirgi zamon genetikasi va seleksiyasining dolzarb muammosi bo‘lib vertitsillyoz viltga immunalilikni boshqa xo‘jalik belgilari (ertapisharlik, yuqori hosillilik, ekstremal sharoitlarga chidamlilik, yuqori sifatlilik va boshq.) bilan birga qo‘shilgan (majmuiy) holda yangi navlarni yaratish hisoblanadi.
O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot insti­tutining immunitet genetikasi laboratoriyasida g‘o‘zaning infeksion kasalliklariga immunli shakllarini o‘rganish va yaratish borasida katta izlanishlar o‘tkazilmoqda. P.Ibragimov va boshqalar tomonidan (2006 y.) L–147B tizmasini tizimli chatishtirishlarda viltga chidam­lilik genetik va donorlik xususiyatlari o‘rganilgan. L–147B tizmasi S–2602 x/1 (Toshkent 1 x 02800) kombinatsiyasining bekross pushtidan ajratib olingan. №02800 O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot institutining katalogi bo‘yicha G.tricuspidatum ssr. Purpurassens (Poir) Mauer dir. Bu esa g‘o‘za seleksiyasida V.Dahlia Kleb zamburug‘ining tabiiy patogenlariga majmuiy chidamlilik shakllarini yaratish uchun ahamiyatlidir. O‘tkazilgan tajribalarda L–147B tizmasi viltga chidamliligi bo‘yicha S–6524 va 175–F navlariga nisbatan ustun bo‘lganligi aniqlangan va olimlarning fikricha L–147B tizmasi viltga chidamli navlar yaratishda yaxshi donorlar qatoriga kiritilishi mumkin. Oripov R., Ostonov S. /2005/
So‘ngi yillarda g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan O‘zbekiston g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot instituti bilan, O‘zbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti birlashtirilib, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti tashkil qilindi.

Yüklə 427 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə