Termiz davlat pedagogika instituti


Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui. Madaniyat



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə6/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui.
Madaniyat – har bir kishining tarbiyalanganligi insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir.
Madanyatning qo`llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy madaniyat kabi shakllarga bo`lib o`rganish ham mumkin. Kundalik hayotda “muomala madaniyati”, “ mehnat madaniyati”, “nutq madaniyat”, “ishlab chiqarish madaniyati” , “xizmat ko`rsatish madaniyati”, “dam olish madaniyati”, “huquqiy madaniyat” kabi tushunchalar ham qo`llaniladi.
Madaniyat hodisasi tavsifida juda ko`p izohlar mavjud «insoniyatni yashash usuli; ijtimoiy insonning to`laqonli faoliyati», «inson tomonidan yaratilgan muhit», «yaxlit sosial organizm», insoniyat yaratgan moddiy va ma`naviy qadriyatlar majmui; sun`iy- ikkinchi tabiat; inson ijodiy faoliyati mahsuli; umuman jamiyat; jamiyatning ma`naviy holati; jamiyat sifati; shartli belgilar tizimi yig`indisi; me`yor va andozalar va hokazo. G`arbiy Yevropada madaniyat tushunchasi XVIII asrning oxiridan e`tiboran hozirgi mazmunini kasb etgan bo`lsa-da, faqat XX asrga kelib ijtimoiy va gumanitar fanlar kategorial tizimidan mustahkam o`rin oldi. Kishilik jamiyatini beqiyos ko`lamga ega bo`lgan va doimiy ravishda o`zgarib boruvchi ma`lumotlarni muayyan tartibga solishga yordam beruvchi, umumlashtiruvchi tushunchalarga bo`lgan ehtiyoji madaniyat tushunchasini keng tarqalishiga sabab bo`ldi. Qadimgi Rimda «Madaniyat»- tushunchasi «hayotni ma`naviy jihatdan yanada yaxshilashga va tozalashga qaratilgan g`amxo`rlik» degan ma`noda ham foydalanilgan. Ma`lumotlarga ko`ra, mashhur Rim faylasufi-notiq Siseron ham «ruhiyat madaniyati» atamasini ishlatgan. YYevropa xalqlarida XVIII asrning oxirlarigacha «Madaniyat» atamasi aqliy-axloqiy madaniyat tushunchasi bilan yonma-yon ishlatilgan. Ko`rinib turibdiki, «Madaniyat» tushunchasi xilma-xil talqiniga qaramay qadimdan hozirgi kungacha o`z mohiyatini o`zgartirmagan.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə