Termiz davlat pedagogika instituti


Shaxs bilan madaniyat sohalarda munosabatda bo`ladi?



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə8/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Shaxs bilan madaniyat sohalarda munosabatda bo`ladi?
Birinchidan, madaniyat ta`sir etish ob`ekti sifatida uni o`zlashtiradi;
Ikkinchidan, madaniy qadriyatlarni tashuvchi va ifodalovchisi sifatida konkret madaniy muhitda faoliyat ko`rsatadi;
Uchinchidan, madaniy ijodiyot sub`ekti sifatida madaniyatni rivojlantiradi.
Madaniyat va shaxsning o`zaro munosabatlari, uning shaxs hayotida tutgan o`rni to`g`risidagi mulohazalarimizga xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, tabiat stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanib borsa, insonning ichki dunyosi, ichki «tabiati» ni shakllantirish maqsadli, yo`naltirilgan asosda tashkil etilishi mumkin, bunda madaniyat insoniyatga shunday imkoniyatni yaratuvchi muhim vositalardan biri bo`ladi. Madaniyatshunoslik fanida shaxs kamolati muhim masaladir. Shaxsning barkamol inson bo`lib etishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta`siri katta. Inson ma`lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi, go`daklik chog`idayoq shaxs ijtimoiy- madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud ijtimoiy-madaniy muhit ta`sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni, urf-odatlarni, ahloq-odobni, moddiy va ma`naviy boyliklarni, g`oyaviy andozalarni o`zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo`ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu bilan birga shaxsda o`tkinchi ehtiyojlarni- yurist, iqtisodchi, injener, vrach, pedagog, san`atkor bo`lish, boy bo`lish, amaldor bo`lish, shon-shuhrat qozonish, turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi istaklar ham paydo bo`ladi. Buning uchun ta`lim muassasalarida qunt bilan o`qib, dunyo va jamiyat, ularning taraqqiyot qonunlari to`g`risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus kasbiy fanlarni o`rganish, izlanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga ega zarur bo`ladi. Madaniyat kishinig nafaqat ijtimoiylashuvini, shuninigdek jamiyat bilan integrasiyalashuvni ta`minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka erishishga, ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko`maklashadi. Shaxsning madaniy darajasini baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim o`rin tutadi. Madaniyat insoning yashirin, betakror individuval xususiyatlari, qobilyatlarini ro`yobga chiqarish, o`stirish va rivojlantirishga yordam beradi. Madaniyatshunoslik kursi tarix, falsafa, sotsiologiya, etnografiya, sosial psixologiya kabi bir qator fanlarning kesishuvida vujudga kelgan, yangi sosial gumanitar fan hisoblanadi. Uning izlanish ob`ekti ijtimoiy voqelik bo`lgan madaniyat va inson hayoti uslubi hisoblanadi. Unda madaniyatning vujudga kelishi, rivojlanishi, jamiyatda amal qilinishi bilan bog`liq masalalar to`g`risida, madaniyat qoidalari institutlarning, qadriyatlarning jamiyat hayoti va rivojlanishidagi o`rni, o`zaro aloqalari jarayonlari o`rganiladi.
Forobiy «Aql ma`nolari haqida» risolasida, aql, bir tomondan ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan tashqi ta`sir – ta`lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi. Forobiy fikricha, aql faqat insongagina xos bo`lgan tug`ma quvvat-ruhiy kuch bilan bog`liq. Forobiyning aql, umuman bilish haqidagi ta`limotida mantiq (logika) ilmi muhim o`rin tutadi. «Mantiq san`ati kishiga shunday qonunlar haqida ma`lumot beradiki, bu qonunlar vositasida aql chiniqadi, inson sog`lom fikr yuritishga o`rganadi»,- deb yozgan edi u. Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika o`rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo`ldan olib borish uchun aqlni to`g`irlab turadi. Forobiy logikasi musulmon Sharqidagi so`nggi mantiqqa oid fikrlarning rivojiga katta turtki berdi. Uning bilish, mantiq, aql haqidagi fikrlari inson haqidagi ta`limoti uchun xizmat qiladi. Aqlga ega bo`lish, bilimli, mantiqli bo`lish bilan chegaralanmay, u ma`lum axloqiy prinsiplarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan yakunlanishi kerak. Negaki har bir davrda jamiyat axloqi jamiyat madaniyati degan mezon bilan baholanar ekan, madaniyatli insonni axloqsiz, e`tiqodsiz, imonsiz va aqlsiz tasavvur qilish qiyin. Forobiy: «Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o`tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zo`r iste`dodga ega, yomon ishlardan o`zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil deydilar. Yomon ishlarni o`ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo`lganlarni aqlli deb bo`lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim»4. Forobiy o`rta asrlar sharoitida birinchi bo`lib jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta`limot yaratdi. Bu ta`limotda madaniyatli jamiyatning ko`p masalalari- davlatni boshqarish, ta`lim-tarbiya, axloq, ma`rifat, diniy e`tiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan. Kursning asosiy masalasi bu inson to`g`risidagi, uning tabiati va imkoniyatlari to`g`risidagi masaladir. Tabiatning mavjudlik qonuni xilma-xil bo`lganidek, insonning ichki tabiati, ya`ni madaniyati ham tabiiy muhit, ijtimoiy borliq va tarixiy davrlar ta`sirida doimiy ravishda o`zgarib turadi. Bu o`zgarish faqat ilgarilab borish, yangi qadriyatlarning vujudga kelishidangina iborat emas, Bu biron-bir sohadagi buzilishlar, inqiroziy alomatlarning kuchayishi bilan ham xarakterlanishi mumkin. Hozirgi zamon ilmiy texnika taraqqiyotining tabiiy muhitga, ma`naviy hayotga va boshqa sohalarga salbiy ta`siri fikrimizning dalilidir.


Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə