Termiz davlat pedagogika instituti


- masala. Tabiat va madaniyat, madaniyat va sivilizasiya o`rtasida qanday bog`liqli?



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə10/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

2- masala. Tabiat va madaniyat, madaniyat va sivilizasiya o`rtasida qanday bog`liqli?

Hozirgi zamon madaniyatshunoslik fani «madaniyat» tushunchasini qo`llanishiga qarab quyidagicha o`rganadi: a) Individual-shaxs madaniyati; b) guruhiy madaniyat-milliy, sinfiy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy; v) makon va zamonda cheklangan muayyan tipdagi jamiyat madaniyati; g) insoniyat madaniyati.


Madaniyatni qo`llanish jihatidan turlarga bo`lish munozarali bo`lsa-da, biz ularning mavjudligini inkor qila olmaymiz. Ijtimoiy taraqqiyotlarning tafovutlarini yo`qotmaydi, balki, aksincha, uning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun ularni tobora chuqurroq o`rganish madaniyat to`g`risidagi tasavvurimizni kengayib borishiga xizmat qiladi.
Madaniyat tushunchasi qo`llanish jihatidan xilma-xil bo`lgani kabi, kundalik hayotda (oddiy ong) va fanda ham turli mazmun kasb etadi. Biz «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «xatti-harakat madaniyati» kabi iboralardan foydalanamiz va ularga ko`nikib qolganmiz. Kundalik hayotda madaniyatdan voqelikni baholash tushunchasi sifatida va shaxsning ma`lumotliligi, xushmuomalaligi, ozodaliligi, vazminligi kabi xususiyatlari bilan bog`lab, tushuntirishga odatga aylangan.
Madaniyatli kishi tushunchasiga qo`shib ishlatiluvchi sifatlar juda keng bo`lib, uni qo`llash jamiyatning umumiy madaniy darajasi va shaxsning social statusiga bog`liqdir. Hozirgi davrda «ishlab chiqarish madaniyati», «xizmat ko`rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati» va boshqalar to`g`risida ko`p gapirilmoqda. Bu iboralar orqali madaniyat deganda ijtimoiy institutlarning samarali faoliyat ko`rsatishlari tushuniladi. Ba`zan madaniyat to`g`risidagi tasavvurlar shaharlar turmush tarzi, kinoteatrlar, teatrlar va kutubxonalarga tez-tez borib turish «madaniy» kishilar bilan do`stlashish va chiroyli narsalar bilan bog`liq deb fikr qilinadi. Ro`znomalarda, statistik ma`lumotlarda «iqtisod va madaniyat», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari ko`p ishlatiladi, bunda madaniyat ma`naviy ustqurma yoki axloq va san`at sohalari bilan cheklangan. Ilmiy nuqtai nazardan iqtisodni, siyosatni va fanni madaniyatdan tashqari turuvchi soha deb hisoblash haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, klassik qadriyatlar va san`atning buyuk namunalari, ideal va yuksak intilishlar madaniyatga taalluqli sohalar bo`lib, oddiy, kundalik narsalar unga yotdir degan fikrlar asossizdir. Kundalik hayotda madaniyatga faqat qadriyatlar yig`indisi sifatida qaralishi ham to`g`ri emas, chunki madaniyatda insoniyatga zararli bo`lgan, eskilik qoldiqlari, to`liq tekshirib ko`rilmagan «yangiliklar» kabi salbiy narsalar ham o`zlashtirilishi mumkin. Kundalik hayotda va fanda madaniyat atamasidan foydalanish to`g`risidagi mulohazalarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, madaniyat eng keng ma`noda insonni o`rab turgan tabiatdan, ijtimoiy munosabatlarda va bevosita o`zida stixiyali ravishda vujudga kelgan tayyor ma`lumotlardan foydalanishni, ongli ravishda ajratib olishni taqozo etadi.
Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an`analar, ramzlar, til, bevosita taqlid qilish va amaliy o`rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi. Madaniyat shaxs tomonidan, uning sosial jihatdan shakllanishi jarayonida o`zlashtiriladi va asosan keng tarqalgan va ko`pchilik qabul qilgan axloq, tafakkur va his qilishning parchalaridan tashkil topib, individual harakatlar hissasi bunda juda kamdir.
Madaniyatni ilmiy tushunish oddiy ongdan quyidagilarga ko`ra farq qiladi. 
Birinchidan, u juda keng bo`lib kishilar faoliyatining barcha uslublarini, ijtimoiy hayotning barcha shakllarini o`z ichiga oladi.
Ikkinchidan, kundalik hayotda hissiy bezab ko`rsatilgan va qimmat jihatlarga urg`u berilgan tasavvurlardan farq qilib, fanda tavsifiy ta`rif berish bilan cheklanadi.
Oddiy ongda madaniyatni tushunishning xususiyati bevosita unda amaliy ishtirok etilishiga bog`liqligidadir. Madaniy voqeliklarga inson befarq munosabatda bo`la olmaydi. Uning qadriyatlarga munosabati va hissiy emocional tasavvurlari bolalik davrida to`plagan tajribasidan boshlanadi va kishining jamiyatda tutgan o`rniga, yoshiga, mavqeiga ham bog`liqdir. Shu nuqtai nazardan u o`ziga begona bo`lgan urf-odatlar va xatti-harakatlarga nisbatan extiyotkorlik bilan munosabatda bo`ladi. Fan esa bevosita umumiy ahamiyatga ega bo`lgan, ob`ektiv haqiqatga mos tushunchalardan foydalanishi kerak. Qadriyat (aksiologik) o`lchovi asosidagi ta`rif. Bunda madaniyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy qimmatlarning yig`indisidan ibort deb talqin etiladi. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Baholash qadriyat nuqtai nazaridan voqelikni tahlil qilish faoliyatining tabiiy va zarur bo`lgan shartidir. Madaniyat nimada namoyon bo`lishidan qat`i nazar muayyan qadriy o`lchovga ega bo`ladi.
Madaniyat tushunchasi taraqqiyot, tarix, inson insonparvarlik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda turadi. Insonning faoliyat natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bo`lgan voqelik predmetli aksiologik ta`rifning negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatni qamrab oladi. Bu ta`rif kamchiliklardan ham holi emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik hisobga olishga asoslangan. Bunday yondoshuv voqelikka sub`ektiv baho berishga imkoniyat yaratadi. Aksiologik yondoshuv doirasida madaniyat faoliyat natijasi-o`tmishga aylanib qolib, o`tmish va hozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin. Qadriy yondoshuvning zaif tomonlarini ko`rsatish boshqa davrga xos bo`lgan qimmatlar tizimidan voz kechishini anglatmaydi.
Madaniyatni «faoliyat» tushunchasi asosida ta`riflash. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli madaniyatni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni sifatida tushunish vujudga keldi. Faoliyat kategoriyasi o`rganish ob`ekti inson bo`lgan fanlar harakatini integrasiya qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Madaniyatni ijodiy faoliyat va inson faoliyatining o`ziga xos uslubi sifatida ta`riflash konsepsiyasi bir qator muhim masalalarda bir-birini to`ldiradi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, balki an`analarni, madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga ham muhtojdir. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma`naviy kabi har qanday faoliyati ijodiy soha bilan birga o`zida faoliyat ko`rsatish va madaniyatning o`zlashtirish aspektlarini mujassamlashtiradi. Ijodiyot faoliyat ko`lami qancha katta bo`lsa, madaniyatning ishlab turishi funksiyasi va kelgusi avlodlarga etkazib berish uchun zarur bo`lgan faoliyat ko`lami shuncha keng bo`ladi. Faoliyat maqsadli yo`naltirilgan aktivlikdir. Inson qanchalik faol harakat qilsa, shunchalik madaniyatning «chegaralari» yo`qolib boradi. Bu chegaralar vaqt, makon va qimmat o`lchovlariga ega. Faqatgina belgilangan vaqt intervalida inson faoliyati natijalarini to`g`ri tasavvur qilish va ularni rejalashtirish mumkin. Faoliyat natijasi, boshlanishidan qanchalik yiroq bo`lsa, shunchalik uni madaniyatga munosabati noaniqlashib boradi. Makonda va qiymat chegaralarida ham xuddi shunday xususiyatlar mavjud. Intensiv faoliyat chegaralarni kengaytiradi, lekin bunda vujudga keluvchi voqeliklar mavjud madaniyat uchun begona va xatarli bo`lishi ham mumkin. Shuningdek, ushbu yondoshuvga xos bo`lgan madaniyatning tirik asosidan falsafiy abstraksiyalar dunyosiga o`tishga intilishi, hozirgi davrga xos bo`lgan texnokratik tafakkur ta`sirini kuchayishiga olib keladi. Ushbu ta`rifning kuchli tomonlari mavjudligiga qaramasdan, amalda u tarixiy-madaniy izlanishlardan yiroq bo`lib qolmoqda.
Informasion ta`rif madaniyatni «barcha irsiy bo`lmagan informasiyalar yig`indisi», uni tashkil etish va saqlash uslublari sifatida ta`riflab, madaniyat informasiyalar ombori emas», u nihoyatda murakkab tashkil etilgan mexanizm bo`lib, u informasiyani doimiy ravishda eng foydali va qulay uslublarni ishlab chiqqan holda saqlaydi, yangi informasiyalarni qabul qiladi, ularni qayta ma`lumotlarga aylantiradi, ularni belgilarini bir tizimdan boshqasiga o`tkazadi, deb izohlaydi.
«Barcha irsiy bo`lmagan informasiyalar yig`indisi» deganda biz misol uchun xotirani tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik mazmunga ega emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi. Xotiraning eng muhim ma`naviy ahamiyati shundaki, u vaqt to`sig`ini engadi va o`limga qarshi turadi. Umumiy xususiyatlarga muvofiq biz madaniyatni xotira bilan qiyoslashimiz mumkin. Bunda biz alohida olingan shaxsning xotirasini emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz.
Yu.M. Lotmanning fikricha bir qator qoidalar, cheklashlar sifatida namoyon bo`luvchi tashkiliy vaziyat madaniyatni belgilovchi xususiyati hisoblanadi. K. Levi-Strosning fikriga ko`ra, «qaerda qoida bo`lsa, shu erda madaniyat boshlanadi. Inson tabiatidagi barcha umumiylik tabiatga tegishli bo`ladi va stixiyali avtomatizm bilan xarakterlanadi, majburlash normalari bilan belgilanuvchi sifatlar madaniyat sohasiga tegishli bo`lib o`zida nisbiylik va xususiylikni mujassamlashtiradi»6.
Yu.M. Lotman ta`kidlaydiki, «madaniyat entropiyasi» informasiyaga aylantirishning eng mukammal mexanizmidir. Bu mexanizm informasiyani saqlashi va uzatishi bilan birga uning ko`lamlarini kengaytiradi. O`z-o`zini doimiy ravishda mukammallashtirishi va rivojlantirib borishi uning qonunidir. Shuning uchun madaniyat bir vaqtda ham stabillik ham dinamizm xususiyatlarini namoyish qilishi kerak. Shu ma`noda madaniyat tirik organizm va san`at asarlariga xos bo`lgan xususiyatlariga ega. Madaniyatni insoniyat tomonidan yaratilgan yaxlit badiiy asar sifatida qabul qilishimiz lozim.


Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə