Termiz davlat pedagogika instituti


Axborotlarni o`zlashtirish va yig`ish funksiyasi



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə12/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Axborotlarni o`zlashtirish va yig`ish funksiyasi xabarlarni yig`ish va saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo`lyozmalar, kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohonrabo yoki raqamli yozuvlar) bo`lishi mumkin. Har qanday holatda axborotlarni tashkil qilish, uning qadri va mazmuni bo`yicha tartibga solishning ma`lum usuli va belgilar tizimi zarur. hozirgi davrda til belgilar tizimining keng qo`llami va o`ta ahamiyatlisi bo`lib qolmoqda.
Kommunikativ funksiya (aloqa almashuv)- mohiyatni aniqlashda bilimlar, fikrlar, ma`naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy hayot doimiy ravishda energiya, axborot, o`zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi, negaki, faqat turli tiplprning munosabati (an`anaviy, funksional-ahamiyatli, shaxslararo, ishlab chiqaruvchi, ma`rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning keyingi taraqqiyotini ta`minlashga qodir.
Normativiylik funksiya (mezon-me`yoriy)- kishilar hulqini tartibga solish, ularning kuchini bir me`yorda va jamiyatni bir butunlikda saqlash maqsadida muvofiqlashtirish. Me`yor-qoida qandaydir harakat yoki qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish sohasida aniq ko`rsatmadir. Ongli ravishda o`rnatilgan yoki ko`p asrlik an`analarga tayanuvchi majburiy, taqiqlovchi me`yorlar mavjud (huquqiy, axloqiy me`yorlar), biroq ularning mazmuni bor jamiyatni barbod qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniq chegaralar bilan belgilash.
Ruhiy yoki «loyihaviy» mo``tadillik- bayramlar, diniy marosimlar, o`yin, tomosha jarayonlarida ruhiy zo`riqishlarni bartaraf qilish. Qoniqarsiz istaklar, ro`yobga chiqmaydigan niyatlar, amalda taqiqlanuvchi janjallar mavjudligi ruhiy zo`riqishlar paydo bo`lishiga olib kelib, nafaqat ma`lum bir shaxs salomatligiga zarar etkazadi, balki, ommaviylik kasb etib, jamiyat harakatini izdan chiqarishi mumkin. Shuning uchun madaniyatda keraksiz xissiyotdan xalos bo`lish mexanizmi ishlab chiqilgan. Xullas, kishilar yaratgan moddiy va ma`naviy qadriyatlar, boyliklar ularning qobiliyatlari, munosabatlari va mohiyatli kuchlari namoyon bo`lishidan iborat. Inson madaniyat sohasida bu ma`naviy qadriyatlarga o`z munosabatini bildirar ekan, ayni vaqtda, o`zi rivojlanadigan, o`zi o`zgarib turadigan mohiyat sifatida ham namoyon bo`ladi. Demak, madaniyat narsalar shaklida, inson faoliyatining tayyor mahsulotlari shaklida va insonning jonli qobiliyatlari, bilimlari shaklida yashab turadi. Kishilar ijtimoiy tajriba jarayonida zaruriy moddiy shart-sharoit va hayot vositalarini yaratish bilangina kifoyalanmay, ayni chog`da o`z ongini ham takomillashtiradi. Ijtimoiy ong shakllarini (dunyoqarash, axloq, huquq, estetik ong) vujudga keltiradilar yoki ma`naviy ishlab chiqarish faoliyatni amalga oshiradilar. Bularning majmui ma`naviy madaniyat sohasini tashkil etadi. Ma`naviy madaniyat kishilar ma`naviy ijodkorligi faoliyatlari natijalari- tasavvurlar, g`oyalar, ilmiy bilimlar, diniy qarashlar, san`at sohalari, axloqiy va huquqiy me`yorlarni ishlab chiqarishdan hosil bo`ladi. Bunday ma`naviy qadriyatlar o`zicha paydo bo`lmaydi, balki muayyan taraqqiyot bosqichida o`zaro munosabatga kiradigan kishilar tomonidan yaratiladi. Ma`naviy madaniyat – ma`naviy ijodning shunchaki mahsuloti bo`lmay, balki ijodiy faoliyatni amalga oshiradigan kishilar o`rtasidagi munosabatni ham bildiradi. Shuningdek, ma`naviy madaniyat ta`lim va fan sohasi bilan bog`langan ilmiy faoliyat va bilim olish jarayoni bilan uzviy bo`lgan bilish madaniyatini, axloqiy va estetik madaniyatni o`z ichiga oladi. Natijada, ma`naviy madaniyat o`zaro uzviy bog`liqda inson ma`naviy fazilati va faoliyatining narsalarda moddiylashgan shaklida, inson tomonidan yaratilgan ma`naviy qadriyatlar shaklida (ilm, san`at, huquq, axloq qoidalarida) mavjud bo`ladi.
Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, Madaniyatshunoslik kursi gumanitar fanlar qatorida oliy o`quv yurtlarida o`rganilishi hozirgi davr talabiga mos keladi. Jamiyat hayotidagi mavjud muammolarni faqat iqtisodiy, siyosiy tadbirlar va huquq-tartibotni mustahkamlash bilangina to`la hal qilib bo`lmaydi. Buning uchun jamiyatning ma`naviy hayotini ham qayta qurish talab etiladi. «Ma`naviyat yo`q joyda- degan edi Prezident I.A. Karimov- xech qachon baxt-saodat bo`lmaydi». Madaniyatshunoslik talabalarga jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi bo`lgan O`zbekiston madaniyatini rivojlanish tarixi, xususiyatlari, o`zaro aloqadorligi muammolari va istiqbollari to`g`risida bilim, ko`nikma va malakalarni berish bilan ayni paytda, milliy madaniyatga va o`zga millatlar madaniyatlariga, qadriyatlariga ularni hurmat ruhida tarbiyalashda, madaniyat yodgorliklariga ijodiy munosabatda bo`lishlarida, ma`naviy jihatdan rivojlanishlarida ko`maklashadi.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə