Termiz davlat pedagogika instituti


Madaniyatshunoslik kursi madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilishda bilishning uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə9/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Madaniyatshunoslik kursi madaniy tarixiy davrlarni tahlil qilishda bilishning uch bosqichini tabiiy birlikda olib qarashga harakat qiladi.

A) Konkret davrning yaxlit qiyofasini, ya`ni uning badiiy obrazini yaratishga intiladi;


B) Insoniyat borlig`ining umumiy dinamikasida davrning ma`naviy o`rnini aniqlaydi (ijtimoiy ong tarixida, fanda, san`at va falsafada o`rganiluvchi davrga berilgan bahoning evolyuciyasini ham o`z ichiga oladi).
V) Konkret davrning «mazmuni»ni tahlil qiladi, ya`ni uning hozirgi davr tafakkurida qanday o`ringa ega ekanligini, uning muammolarini bizga qanday ta`sir etishini, bizga qaysi tomonlari bilan yaqinligini, hozirgi vaziyatning qaysi sosial va individual kamchiliklari unda aktuallashganligini ko`rsatadi.
Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o`zgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o`zgarishlari yuz beradi. Konkret tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to`g`risidagi tasavvurlari, bilimi, ma`naviy qadriyatlari to`g`risida atroflicha ma`lumotga ega bo`lishimiz uchun biz shu davrning madaniyatiga murojaat qilishimiz lozim. Shuning uchun madaniyatshunoslik fani turli xalqlarning madaniy rivojlanish tarixini jahon madaniy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida o`rganish bilan birga konkret tarixiy davrning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan ma`naviy rivojlanishi bosqichlari, umumiy qonuniyatlari, o`ziga xos xususiyatlarini ham o`rganadi.
Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar madaniyatlari va sosial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to`g`risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko`plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon civilizaciyasining birligi va xilma-xilligini ko`rsatadi. Kishilarning fuqarolik va ma`naviy etuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini ko`ra bilishda fan taraqqiyotini to`g`ri baholash qobiliyatini hosil qilishda muhimdir. «Inson eng oliy darajadagi tarixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam» (N. Berdyaev). Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan o`lchanadi.
Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham bajaradi. Insonda ziyolilik hissini tarbiyalash kursning diqqat markazida turadi. Kishi qanchalik ziyoli bo`lsa- degan edi D.S. Lixachev- u shuncha ko`p tushunadi va o`zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo`lsa, u hamma yangiliklarga va «juda eski»likka nisbatan shunchalik befarq bo`ladi. o`zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo`lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O`tmishning madaniy qadriyatlarini va o`zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko`paytirish, estetik qimmatlarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalardan biri bo`lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyati rivojlanishi tarixi bu nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o`zga madaniyatlarni bilish, ma`lum ma`noda gumanizm tarixi bilan qo`shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to`g`ri ma`nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir5. Ziyolilik tushunchasi ilmiy va oddiy ong darajasida ta`riflanishi jihatidan farq qiladi. Oddiy ong darajasida intelegentlilik deganda oliy ma`lumotga ega bo`lgan, asosan, aqliy mehnat bilan shug`ullanuvchi, bilimli kishilar tushuniladi.

 Ziyoli shaxs deganda nimani tushunasiz? Ilmiy tushunishda ziyolilik bu ma`lumot darajasiga, bilimga, erudisiyaga bog`liq emas deb talqin qilinadi. Inson xotirasidan mahrum bo`lsa, ma`lumoti bo`lmasa ham agar u o`zga madaniyat kishilarini, san`at asarlarining keng va xilma-xil sohalarini va o`zgalar g`oyalarini tushunish layoqatini saqlab qolsa, intelektual hayotga moslashib ketsa-bu intelegentlilik hisoblanadi. Demak, ziyolilik bu ruhiy holat bo`lib, ayrim kishilarga tabiatdan berilsa-da, lekin inson unga tinimsiz mehnat va izlanishlar orqali erishadi.
Madaniyatshunoslik fanining yana muhim vazifalaridan biri bu kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyat faqatgina moddiy va ma`naviy qimmatlar yig`indisidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. Madaniyatshunoslik yangi ma`lumotlar berish bilan birga yoshlarda madaniyat voqeliklari bilan munosabatda bo`lish malakasini hosil qiladi. Xilma-xil ma`lumotlar berish bilan birga tinglovchilarda ilmiy tafakkur qilish uslublari uzliksizligi, mantiqiylikni shakllantiradi.
Kursning tarbiyaviy funkciyasini tadbiq etilishi, uni bilish funksiyasi bilan qo`shib o`rganilishini talab etadi. Tarixiy davrlar madaniyatini o`rganish madaniyatlarni qarama-qarshi qo`yish, ularga baho berish, farq qilish maqsadlariga emas, balki yangilikni o`rganish, boshqa madaniyatlar qimmatlaridan baxramand bo`lishiga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bajarishda madaniyatshunoslik kursi tarixiy antropologiya-madaniyatga yaxlit fenomen, dunyo va hayotni idrok etish usuli sifatida munosabatda bo`ladi.
Tarixiy antropologiyaning eng muhim tushunchalaridan biri bu mentalitetdir. «Mentalitet» - bu madaniyatga taalluqli bo`lgan kishilarda u yoki boshqa muhitning muayyan «aqliy vositalar yig`indisi», «psixologik moslama»larning mavjudligini bildiradi. Ular insonga o`zgarishning tabiiy va social borlig`ini mustaqil qabul qilishi va idrok etishiga shart-sharoitlar yaratadi. Betartib uzuq-yuluq tushunchalar va ta`sirlar tafakkur orqali qayta ishlanadi, nisbatan tartibli dunyo manzarasiga aylanadi. Bu manzara inson xatti-harakatida o`chmas iz qoldiradi. Bir sosial va madaniy umumiylikning tegishli bo`lgan, tarixiy jarayonining sub`ektiv tomoni hisoblanuvchi idrok va his qilish uslublari tarixning ob`ektiv jarayoniga qo`shiladi.


Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə