Termiz davlat pedagogika instituti


Hozirgi kunda madaniyatga qanday tushuncha berilgan?



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə7/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Hozirgi kunda madaniyatga qanday tushuncha berilgan? Hozirgi davrdagi madaniyatning ilmiy tushunchasi insoniyat tomonidan yaratilgan va yaratilishi davom etayotgan ma`naviyat, ruhiyatning o`ziga xosligini anglashi natijasida vujudga keldi. Insoniyat «Tabiiy» turmush tarzi asosida yashagan davrda: ya`ni terib iste`mol qilish, ov qilish, baliq tutish, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug`ullangan vaqtlarida madaniyat to`g`risidagi fikrning tug`ilishi munozaralidir. Oddiy, bir maromda rivojlanuvchi jamiyatda inson o`z madaniyati bilan «qo`shilib» yashagan. Urf odatlar, e`tiqodlar, hayotning moddiy va ijtimoiy shakllari undan farq qilmagan. Madaniyatning avtonomiyasi namoyon bo`lishi uchun muayyan darajada texnikaning rivojlanishi va mehnatning ijtimoiylashuviga erishish talab etiladi. Shu asosda madaniyat asta-sekinlik bilan insoniyatdan tobora ko`proq mustaqil bo`lib boradi. Insonning esa madaniyatiga tobe`ligi ortadi. Hozirgi postindustrial jamiyatlardagi ekologik, ma`naviy va axloqiy sohalardagi mavjud muammolar fikrimizning dalilidir. Shuning uchun madaniyatni fenomen sifatida idrok etish, uning rivojlanish qonunlarini tushunish va shu tushunchalar asosida madaniyatni boshqarishga o`rganish zaruriyat bo`lib qoladi.
Insoniyat jamiyati doimiy rivojda bo`lib, u o`zgarib takomillashib boradi. Turli tarixiy davrlarda va xilma-xil madaniyatlarda odamlar dunyoni o`zgacha anglaydilar va qabul qiladilar, o`zlariga xos ravishda tasavvurlari va bilimlarini hosil qiladilar. Biz hozirgi davrdagi mavjud muammolarga o`xshash bo`lgan to`siqlarni o`tmishda odamlar qanday qilib yengib o`tganlarini o`rgana borib o`tmishga savollar bilan murojaat qilamiz, o`tmish bizga javob qaytaradi va shu bilan o`tmish, hozirgi zamon va kelajak o`rtasida doimiy muloqot bo`lib turadi.
Madaniyat – jamiyatning mahsuli, ijtimoiy hayotning eng muhim jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo`lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo`lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning o`ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o`ziga singdirib oladi, saqlaydi va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to`plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog`liq bo`lgan sohalarni ifodalaydi.
Ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida madaniyatni jamiyatda tutgan o`rni, jamiyatning mazmuniga va tahlil qilinayotgan ijtimoiy borliqning xususiyatlarga bog`liqdir. Ijtimoiy jarayon, kishilarning xatti-harakati, ya`ni sosial faoliyati madaniy ideallarni, qadriyatlarni, normalarni qaror toptirilishi yoki barham berilishida vosita vazifasini, shuningdek kishilarning ijtimoiy va shaxsiy munosabatlarining shaxslararo va guruhlararo aloqalari shakli vazifasini ham bajaradi.
Madaniyat ijtimoiy hayotning tarkibiy va funksional jabhalarida ifodalanadi. Shu jihatdan jamiyat madaniyatni vujudga keltiradi. Jamiyatda vujudga kelgan madaniyat qanchalik murakkablashib boyib borsa, uning insonga va jamiyatga ta`siri mukammallashib va nisbiy mustaqilligi kuchayib boradi. Masalan, Antik jamiyat allaqachon o`tmish, tarixga aylangan bo`lsa-da, uning madaniyati hozirgi kunda o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda yoki biz bu davr madaniyatini o`sha vaqtdagiga nisbatan ko`proq bilamiz. Shuning uchun madaniyatga jamiyatning mahsuli, faoliyat uslubi sifatida qaralsa-da, har bir jamiyatni u yoki bu konkret madaniyatning shakllanish manbai tarzida ham qarash mumkin.
Ijtimoiy taraqqiyot faoliyat bilan madaniyatning o`zaro munosabatlarida o`zgarishlarga olib keladi. An`anaviy va industrial jamiyatlarda informasion faoliyat mustaqil sohani tashkil etgan bo`lsa, «kompyuter inqilobi» sharoitida informasiyalar, bilimlar ishlab chiqarilishi, yangi texnologiyalar yaratish alohida turdagi faoliyat sifatida shakllandi, informasiya qimmatbaho tovarga aylandi. Informasion faoliyatdagi bilimlar sintezi tizimidagi murakkab o`zgarishlar muhim qaror topgan g`oyalar va qadriyatlarga ta`sir etmoqda. Ma`naviy madaniyat informaciyalari zahiralari to`planishi oqibatida sivilizasiya taraqqiyotida tashkilotchi va harakatga keltiruvchi faktorga aylandi. Buning oqibatida faoliyat va madaniyatning o`zaro munosabatlarida o`zgarishlar boshlandi. Agarda dastlab madaniyat faoliyatning mazmuniga to`liq bog`liq bo`lgan bo`lsa, sivilizasiya jarayonlari oqibatida faoliyat madaniyatni tobora ko`proq ishtirokida shakllanishi kuzatilmoqda.
Jamiyat taraqqiyotida tarixiy inersiyaning katta ta`sirini ham hisobga olish kerak. Inersiyaning ta`sirida insoniyat bajarilishi lozim bo`lgan vazifalardan tamoman boshqa narsalar bilan mashg`ul bo`ladi. Chunki jamoa tafakkuri qiyinchiliklar bilan qayta quriladi. Moddiy boyliklarni qisqa vaqt ichida yo`q qilish va yoki buzib tashlash mumkin, lekin ma`naviy qadriyatlardan tezda voz kechib uning yangisini qabul qilib bo`lmaydi. Rossiya va sovetlar imperiyalarining milliy ma`naviy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an`nalarimizni «zamonaviylashtirish» sohasida olib borgan siyosati oqibati nima bilan tugaganligi ko`pchilikka ma`lum.
Biz madaniyat va ijtimoiy faoliyat bir-biridan mustaqil mavjud bo`lmasligi, madaniyatning taraqqiyoti masalalarini qisqacha ko`rib chiqdik, endi madaniyatning shaxs faoliyatidagi o`rni va ahamiyati masalasiga to`xtasak.
Madaniyat va shaxs nafaqat mazmunan bir-biriga yaqin bo`lgan, balki ichki va tashqi tomonlari jihatidan o`zaro mos keluvchi tushunchalardir. Shaxs muayyan madaniy muhitda yashaydi va faoliyat ko`rsatadi. Qomusiy olim Abu Nasr Farobiy «Baxt saodatga erishuv haqida» risolasida inson kamolatida jamoaning roli katta ekanligini ta`kidlab shunday deydi: «Kamolatga bir kishining o`zi yolg`iz (birovning yoki ko`pchilikning yordamisiz) erishuvi mumkin emas. Har bir insonning tug`ma tabiatida va unga lozim bo`lgan har qanday ish va harakat jarayonida boshqa bir inson yoki ko`pchilik bilan munosabatda bo`lish, o`zaro aloqa qilish hissiyoti bor, odamzod jinsidan bo`lgan har qanday insonning ahvoli shu: u har qanday kamolatga erishuvida boshqalarning ko`maklashuvlariga va ular bilan birlashishga muhtoj yoki majburdir». Uning fikricha, inson o`z-o`zidan baxtli ham bo`lolmaydi, kamolatga ham erisholmaydi. «Bu narsa uning harakatlariga, mehnatiga, kasb-hunar egallashiga, bilimiga va fozil jamiyatda yashashga bog`liq», deydi. «Davlatning vazifasi insonlarning baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qo`lga kiritiladi». Farobiy davlatni etuk shaxs (monarxiya), etuk xislatlarga ega bo`lgan bir necha shaxslar (aristokratiya) va saylangan shaxslar (demokratiya) yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi. Farobiy jamiyat o`z rivojida etuklikka tomon intilishi, shuning uchun kurash olib borishi va nihoyat fozil jamiyat, fozil shahar darajasiga ko`tarilishi haqida fikr yuritadi. Individ ijtimoiy turmush va madaniyatga qay tarzda jalb qilinganligiga, uning tabiiy imkoniyatlari, harakati, hissiyoti, tafakkuri sosial-ahamiyatli mazmun bilan to`ldirilganligiga va madaniy shakl kasb etganligiga qarab shaxs sifatida qaror topadi. Madaniyat individual va ijtimoiy hayot bilan uzluksiz birlikni tashkil topgan vaqtgacha mavjud bo`ladi. Madaniyat kishilarga tana a`zolari, instinktlar yoki tug`ma iste`dod kabi tabiatdan berilmaydi, har bir individ o`zining shaxsiy tajribasi asosida, mustaqil ravishda bevosita tevarak atrofdagi kishilarning, jamiyatning va o`tgan avlodlarning to`plagan tajribalarini o`zlashtiradi.
Individium ijtimoiy amaliyot mahsuli bo`lgan madaniyatni o`zlashtirish bilan birga unga aks ta`sir etadi. Shaxsning shakllanishi jarayonida madaniyatning moddiy dunyosini ham boyitadi. Shuningdek inson madaniyat normalariga amal qilgan holda nafaqat tabiatni va jamiyatni, balki, shaxsiy «tabiati»ni ham o`zgartiradi.
Madaniyat shaxsning ichki dunyosi mazmuniga, «ikkinchi tabiati»ga aylanadi. Shaxsning madaniyat bilan o`zaro munosabati hech qachon to`liq va uyg`un bo`la olmaydi. Ijtimoiy va individual hayot, shuningdek madaniyat stixiyasi bir-biri bilan mos kelmasligi mumkin. Madaniyat doimo inson bilan chambarchas bog`liq bo`ladi va usiz yashay olmaydi. Lekin voqelikning murakkab, yaxlit birligi sifatida u o`z rivojlanishi qonunlarida va borliqqa nisbatan mustaqildir. U madaniy merosni o`zida mujassamlashtirgan konkret sodial guruhlarning ma`naviy hayotiga nisbatan boyroq va chuqurroqdir. Madaniyat doimo qadriyatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar hazinasi bo`lib qoladi. Insoniyat avlodlari undan foydalanadilar va unga o`z hissalarini qo`shadilar. Yuqorida aytib o`tganimizdek, individ bilan madaniyat o`rtasidagi munosabat murakkab jarayon hisoblanadi. Individni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga imkon beruvchi psixo-sosial va madaniy dunyoqarashi ijobiy va salbiy qarashlarning yig`indisidan tashkil topadi. Insonga ishchanlik, fidoiylik, matonat, o`tkir zehn bilan birga kaltafahmlik, yalqovlik, shafqatsizlik, o`z manfaatlarini to`g`ri tushuna olmaslik, haqiqiy qadriyatlarni sohtasidan ajrata bilmaslik illatlari ham xosdir. Shuning uchun madaniyatni nafaqat qadrlash va saqlash, balki tanqidiy o`rganish talab etiladi. Qayd etilgan sabablar ta`sirida muayyan ishlab chiqarish usuli hukmronligi sharoitidagi tarixan tarkib topgan ijtimoiy va madaniy muhitda jamiyat bilan individ o`rtasida nisbatan o`zgaruvchan muvozanat bo`ladi. Bu muvozanatni hosil bo`lishida madaniyatning ishtiroki salmoqlidir. Madaniyat shaxsga ta`sir etadi va uning psixologik holatini shakllantiradi, shaxsning xarakterida va dunyoni bilishida muqim o`rnashib qoladi.



Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə