Termiz davlat pedagogika instituti


Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə17/41
tarix16.02.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#100909
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Madaniyatshunoslik fanidan ma\'ruza matni

Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — axloqiy ta’limotlari o`rganiladi.
Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o`rtasida Milet shaxrida yo`zaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo`lib, o`z davrining yetuk siyosiy arbobi, juKrofi, faylasufi bo`lgan. Fales ta’limotiga ko`ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo`lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o`zgarishda bo`ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI o`rtalarida yashab ijod etgan. U «Тabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yotib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni kuygan bo`lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o`tishini ta’minlaydi, deb xisoblagan. Uning ta’limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi 588-525 yillar) xavo —olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, xavoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo`lgan.
Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning Karbiy qirg`oqidagi Efes shaxrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Okar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg`unlik yo`q. Harakat butun tabiatga, barcha jism va hodisalarga xosdir. Abadiy harakat — abadiy o`zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo`ladi. «Ko`rash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degan ekan Geraklit. Bundan Geraklit kishilar o`rtasida urushlarni targ`ib qilgan ekan-da, deya xulosa chiqarish noto`g`ri. Geraklitning fikricha, doimiy o`zgarish, harakat va o`zaro qarama-qarshi tomonlarga o`tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog`liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo`lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. Geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko`rsatgan. 
Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o`tgan. u qadimgi Yunonistonda diniy-mafko`raviy falsafiy maktab, ya’ni pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o`zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko`chib ketgan, usha yerda o`z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, rakamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko`ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan rakamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu rakamlar maxsulidir. Pifagorchilar birinchi bo`lib Yunonistonda tabiatdagi narsa va hodisalarni izohlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo`lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib» to`g`risidagi ta’limotini yaratib, faqat aristokratlar o`rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muxim rol o`ynaydi, degan. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir. 
Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va faylasuf bo`lgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayoxat qilib, umrining so`ngi yillarini Eley shaxrida o`tkazgan. Тarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Тabiat haqida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, holos. u ko`pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni xayvonlarga, o`simlik dunyosiga daxldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan. uning falsafiy ta’limotiga ko`ra, tabiat - o`zgarmas va harakatsizdir, «Хamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yerdan tug`ilganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo`lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga to`rtki bo`ldi.
Ksenofant ilgari so`rgan G`oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko`zga ko`ringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tug`ilgan Parmenid tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va do`sti Zenon (490-430 yillar) o`z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o`rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to`g`risidagi fan) muammolari bilan shug`ullangan. Sofistlar yangi kasblarning moxir ustalari, ya’ni o`qituvchilar, diplomatlar, notiklar, sud maxkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo`lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o`rnatishga xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko`rsatgan. 
Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug`ullangan, xurfikrli inson, kambag`aldan chiqqan, tosh yunuvchining o`g`li, o`ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo`lgan. Uning hayoti fojiali tugagani to`g`risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O`z davrida Afinadagi xukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari so`rgani uchun ruxoniylar uni daxriylikda hamda yoshlarni axloqan bo`zishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb quyilgan. Garchand kutilish imkoni bo`lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nixoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir gadax zahar ichib o`lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo`lishidan qat’i nazar, so`zsiz itoat etishni targ`ib etganlari G`oyatda ibratlidir. Хolbuki, Suqrot va uning shogirdlari Afinada amal qilgan qonunlarni noto`g`ri va adolatsiz deb xisoblagan hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, shunday bo`lsa-da, ularga buysungan. Shu ma’noda, Suqrot o`zini aybdor deb topgan sud xukmiga itoat etgan va o`zini uning ixtiyoriga topshirgan. «Aflotun mening do`stim, ammo qonun do`stlikdan ustun turadi» degan xikmatli ibora usha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.
Suqrot o`z ta’limotini og`zaki ravishda kucha-kuyda, maydonlarda, xiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot haqida esdaliklar» asarida o`z ustozi haqida ilk so`zlar aytib, uni olijanob, axloq-odob borasida xaqqoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini bo`zgan deb unga siyosiy ayb qo`yish — tuxmat ekanini aloxida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur muloxazali, insonni ulug`lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o`z asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog`i lozim. Jamiyatning ravnaki, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning axvoliga bog`liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o`rin to`tganli bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benixoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasixatlariga amal qilgan.
Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo`lgan, o`z G`oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug`ilgan. O`zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u xaqdagi ma’lumotlarini birdan-bir to`g`ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do`sti va shogirdi bo`lgan. 
Aflotun «o’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, G`oya xaqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Хaqiqiy o`zgarish va taraqqiyot G`oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. o’oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nixoyatda kam uchraydi, ular o`lkan aql egasi bo`ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
Aflotunning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta’limoti uning dunyoqarashida markaziy o`rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo`lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo`lgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to`g`risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — G`oyalar nazariyasi bilan uzviy bog`liq holda ilgari so`rgan. Uning fikricha, davlatning to`rtta shakli mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to`g`risidagi orzulari negizida adolat G`oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga buysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.
Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384 — 322 yillar) (asli — Aristotel) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o`zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. Un yetti yoshida o`z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga ukishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning o`limiga qadar) shu yerda taxsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taqlifiga binoan, uning o`g`li Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik makomiga kotarilgan iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo`lgan. Filippning o`limidan keyin Aleksandr taxtga o`tirgach, Arastu Afinaga kaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo`lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan ko`rsatilgan ximmat va rag`batlar muxim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh kotarib, Arastuni daxriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga kuchib ketgan Arastu ko`p utmay usha yerda vafot etgan.
Arastu zabardast olim bo`lib, mantiq, psihologiya, falsafa, axloq, notiklik san’ati, tabiiy fanlar buyicha ulmas, bebaxo asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o`rganishga kartilgan. Mantiqka oid asarlarining barchasini «Organon» («Јurol») nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo`lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo`l-yurik ko`rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo`naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.
Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to`rtta sababga ega. Bo`lar — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulg`ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo`lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmokchi bo`lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o`zining abadiy sababi, ya’ni haraqatlantiruvchi kuchiga ega.
Arastuning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo`l-ko`lchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik ma’naviy boylik bilan uyg`un bo`lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, o`rtacha mulkka ega bo`lgan fukarolarning mehnati bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o`rta biznes soxasini rivojlantirish yo`lida olib borilayotgan isloxotlar mohiyatiga juda hamoxangdir.
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muxim o`rin tutadi. U xaqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo`shliqdan iborat deya ta’lim beradi. Atomlar va bo`shliq o`zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo`linmas va o`zgarmas, sifat jixatdan bir xil, uning miqdori shakli singari bexisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir narsa tasodifan paydo bo`lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiyqarashlarida axloqiy ta’limot muxim o`rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog`liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qurg`ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog`i lozim.
Me’yor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va qobiliyatga mos kelishadadir. Donolik uchta xosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so`zlash; yaxshi harakat qilish. Demokritning axloqiy qarashlari o`z davridagi amaliy ma’naviy munosabatlarning umumlashmasidir. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga da’vat etadi.
Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari so`rgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog`onaga kotargan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo`linmas, olam — jism va bo`shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga bo`lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bo`lsa, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari so`rgan atomchilik ta’limotiga o`lkan xissa qo`shgan. Epiko`rning falsafiy-axloqiy ta’limoti o`z zamonasida ilg`or ahamiyatga ega bo`lgan. Rohat-farog`at, xursandchilik deganda, kayf-safo, maishat, shoxona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda ruxiy tashvishlardan xalos bo`lishni, ozodlikni tushunamiz, deydi Epikur. uning fikricha, davlat kishilarning o`zaro kelishuvi asosida to`zilishi lozim. Epikur ilgari so`rgan ijtimoiy kelishuv G`oyasi keyinchalik XVIII asr franso`z ma’rifatparvarlari hamda ХХ asr faylasuflari tomonidan davom ettirilgan.
Epikur ta’limotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati to`g`risida» nomli asari bilan mashhur bo`lgan. Yashashdan maqsad, deb yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o`z qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy qarashlari o`z davri va o`rta asr falsafasiga o`z ta’sirini ko`rsatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib, shaklini o`zgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga bo`linadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta to`rini sanab o`tgan. Bo`lar — narsaning og`irlikka ega bo`lgani uchun to`g`ri chizikli harakati, narsaning o`zicha oKish harakati, narsaga to`rtki bo`lgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mohiyatan sodda bo`lsa-da, tabiatshunoslikka o`lkan ta’sir ko`rsatgan. 
Biz xorijiy Sharq va antik dunyo falsafasi haqida juda kiska ma’lumot berdik. Ularga mansub ayrim oqim va mashhur faylasuflar ta’limoti to`g`risida nixoyatda muxtasar fikr yuritdik. Aslida bu mavzular uta keng qamrovli bo`lib, ularning mohiyatiga yetib borish uchun ko`p va xub o`qib-o`rganishga to`g`ri keladi. Ishonchimiz komilki, siz, aziz talabalar ularni mustaqil o`qib-o`rganish jarayonida tulik o`zlashtirib olasiz.  Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, biz falsafa tarixini faqat mashhur nomlar va ular yaratgan ta’limotlarni bilib olish uchungina o`rganmaymiz, balki insoniyat tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk faylasuflarning ibratli hayoti, ulmas G`oyalari mohiyatini chuqur anglash, ularga tayanib, bugungi kun falsafiy muammolarining qulay yechimini topish, shu tariqa Vatanimiz va xalqimizga xalol xizmat qilish, qolaversa, buyuk ajdodlarimizga, elu yurtimizga munosib farzandlar bo`lish uchun ham puxta va chuqur o`rganamiz. 

 Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyatlari Yevropa sivilizatsiyasining poydevoriga asos soldi. Qadimgi Sharq madaniyati ta’sirida shakllangan bu an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va yakunlovchisi bo’ldi. Qadimgi Yunonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga ko’tarilgan bu madaniyat er. avv. III asrda Rim madaniyati vujudga kelishiga katta ta’sir ko’rsatdi va “Antik madaniyat” nomi bilan dunyo madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdi. Lotin tilida “antik” (antiguus) so’zining ma’nosi “qadimgi” demakdir. Lekin tarixiy davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak Antik davr Qadimgi dunyoning oxiri-qadimgi madaniyat va davlatchilikning eng taraqqiy etgan bosqichidir. Bu davr asosan Yunoniston va Rim uchun xarakterli bo’lib, Yunoniston mil.avv. XI-IX asrlarda antik (klassik) madaniyat takomili bilan to’la mohiyat-mazmunga ega bo’ldi. Milodiy V asrda varvarlar tomonidan Rim imperiyasining qulatilishi Antik madaniyatni inqirozga olib keldi. Shuningdek, Yunon-Rim jamiyati va madaniyatiga nisbatan qo’llanilib kelayotgan “antik” so’zi ko’proq Yevropaga tatbiqan anglamoq darkor, negaki Yevropa xalqlari o’zlarining madaniy taraqqiyotlari yo’lida yolg’iz Yunon-Rim madaniyati bilan aloqador bo’lganliklari sababli, shu xalqlar bunyod etgan ma’naviy boyliklarni eng qadimiy deb taniganlar. Yunonlarning tasavvuricha, olam avvalida Хaosdan iborat bo’lgan, Yer-Geya va yer osti olami Тartar ham bo’lgan. Geyadan o’g’li Uran-osmon xudosi kelib chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos to’g’ilgan va o’z otasi Uranni ag’darib tashlagan. Bular titanlar-katta xudolar ekan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demitra, Gera va Zeve kabi kichik xudolar kelib chiqqan . Zeve boshchiligida kichik xudolar. Тitanlarni ag’darib tashlab olamni idora qila boshlaganlar. Zeve bosh xudo, xudolar ajdodi, chaqmoqsochar hisoblangan. Uning xotini Gera-osmon ma’budasi va nikoh homiysi bo’lgan. Poseydon-dengiz xudosi, Demitra-hosildorlik ma’budasi, Gestiya-uy-ro’zg’or ma’budasi, Aid-yer osti olami hudosi hisoblangan.
Zevening boshidan donishmanlik va urush ma’budasi Afina paydo bo’lgan; Appolon-ro’shnolik va san’at xudosi, Artemidaoy va ov ma’budasi, Gefest-temirchilik xudosi, Afrodita go’zallik va sevgi ma’budasi, Dionis-uzum va musallas xudosi sifatida a’zozlangan. Zevsning ko’p farzandlari xudolar bo’lgan.
Yunonlar dinida totemizm qoldiqlari bo’lgan, ya’ni ma’budalarga biron hayvon yoki qush atalgan. Shuningdek, yunonlar ikkinchi darajali ma’budlarga - Nimfa va Kentavrlarga ham topinganlar. Guyoki chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echkioyoq satirlar yashagan; dengizda nayadalar va sirena-ayol boshli qushlar yashagan. Ma’budalarning oddiy ayollar bilan aloqasidan to’g’ilgan yarim xudo-qahramonlar ham e’zozlangan. Ayniqsa 12 marta jasorat ko’rsatgan Gerakl-yozuvlikni yenguvchi obraz bo’lgan.
Yunonistonda xudolar sharifiga o’tkazilgan maxsus bayramlar faqat dini y mazmunga ega bo’lmagan, chunki, jismoniy tarbiya musobaqalari hamda musiqa, qo’shiq kabilar mazkur bayramlarning eng muhim ishlari hisoblangan. Yunon shaharlari o’z bayramlari, sport musobaqalari , orakullari (kohinvaliylari) bilan yunon elini birlashtiruvchi markazlar bo’lgan. Argosda Gera, Afinada Afina sharafiga bayramlar o’tkazilgan. Olimpiada shahrida Zevs sharafiga Olimp musobaqalari bo’lgan.Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Yunonistonda madaniyat va fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar.Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyodagi Milet shahri ilm-fan markazi bo’lgan. Kichik Osiyo olimlari Misr va Mesopotamiya olimlarining ilmiy bilimlarini rivojlantirganlar. Ular tabiat va jamiyat hodisalarining sabablarini tushuntirishga harakat qilib, tabiat va hayotning ibtidosini suv, havo yoki olov deb faraz qilganlar. “Тarixning otasi” deb nom olgan yunonistonlik tarixchi Gerodot (mil.av. V-asr) Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qilib, o’zining “Тarix” kitobida turli xalqlar haqida ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Yunon olimlaridan biri Demokrit (ml.av.460-370 yillar) “”Hamma narsalar eng mayda zarracha, atomlardan tashkil topgan”, -degan fikrni ilgari surgan. U fanning ko’p sohalari bilan shug’ullangan. Kos orolida tug’ilgan yunon tabibi Gippokrat (mil.av.460-375 yil) tibbiyot bilimlarini otasi Geraklitdan o’rganadi. U mashhur tabib bo’lib, tibbiyotning barcha masalalari bilan shug’ullangan va ulug’ faylasuf ham bo’lgan. U shogirdlari bilan birga 72 kitobdan iborat “Gippokrat to’plami” nomli tibbiy asar yozib qoldirgan. Afinalik faylasuf Suqrot (mil.avv. 441-399y) birorta kitob yozmagan. U odam gavjum joylarda shogirdlarini haqiqatni bilishga undamb, -haqiqat bahs orqali bilinadi, -degan. Suqrot o’z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni o’limga hukm qilishgan.Makedoniya saroy tabibining o’g’li Arastuni (mil.avv.384-322 y) Sharqda “Birinchi muallim” deb ataganlar. U juda ko’p asarlar yozib, ilmiy bilimlarini alohida sohalarga bo’lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. Arastu Yer koninotning markazi deb hisoblagan. Uning mashhur asari “Siyosat”dir.
Yunoniston afsona va rivoyatlar yurti bo’lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. “Prometey”, “Greakl”, “Didal va Ikar”, “ Argonavtlar”, “Odessiya” va “Iliada” kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. “Iliada” va “Odessiya” dostonlarini mil.avv. VIII asrda yashagan ko’p baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Тroya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadim gi Тroya madaniyatini topganlar.Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan . Qadimgi Yunon teatri mil.avv. VII asrlarda qishloq ho’jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga o’tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo’shiqlar va o’yinlar asosida vujudga kelgan. Тeatr yunoncha “tomoshalar joyi” degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 17-25 min tomoshabin joylashgan. Тeatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg’un bo’lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Тragediya yunonchada “echkilar qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi. Mil. av. VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko’rishgan. Esxilni “tragediya otasi” deb ataganlar. Uning “Zanjirband Prometey”, “Forslar” tragediyalari, Sofokolning “Shoh Edip”, “Antigona” tragediyalari mashhur bo’lgan. Sofokol 120 dan ko’pro q tragediya yozgan.Qadimgi yunonlarda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik Krit-Minen davrlarida vujudga kelib, keyingi davrlarda rivojlanadi va mil.avv. V asrda yuqori pog’onaga ko’tariladi.Qadimgi yunonlar ma’morchilikda ustunli binolar qurishlikni misrliklardan o’rgangan bo’lsada, bu usulni qayta ishlab uchta uslub yaratganlar: doriy, ioniy, korinf uslubidagi binolar. Ular ibodatxona, teatr, saroy va majlis binolariga alohida e’tibor berganlar. Dastlab bunda y binolar doriy uslubida-ustunlar tagkursiga emas, yerga o’rnatilgan. Keyinchalik marmar toshlardan kuchli erkak kishining gavdasiga o’xshash ustundan, ba’zi ustunlar nozik, yuqori qismi gajakqayrilma, naqshli uslubdagi binolar qurilib, ayol gavdasiga qiyoslangan. Ibodatxonalarning baland poydevorlari bo’lib, ichki va tashqarisi haykallar bilan bezatilgan.Mil.avv. IV asrda rasm bo’lgan korinfcha uslubdagi ustunlar uzunroq, tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo’lib, akanf o’simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Afina markazida Lisikrat yodgorlik haykali shu uslubda qurilgan.Yunon rassomchilik san’ati namunalari kam saqlanib qolgan bo’lsa-da, asosan ko’za, vaza va sopol idishlar sirtiga rassomlar yunonlar hayotidan olingan ayrim manzaralarni ishlaganlar. Mazkur rasmlar jozibasi bilan diqqatni tortadi.Iskandariyadagi va Sharqiy O’rta dengiz bo’yidagi boshqa shahar kutubxonalarida Yunoniston va Sharq mamlakatlaridan olib kelingan ilmiy asarlar to’plangan. Iskandariyada teart, saroy, gimnaziyalar va mashhur Muzey bo’lgan. Muzeyda rasadxona va ulkan kutubxonada 700 mingga yaqin qo’l yozma saqlangan. Shahar oldidagi orolga 140 metr balandlikdagi mayoq qurilgan. Bu mayoq kemalarning gavanga kirish yo’lini ko’rsatib turardi. Ellinizm davrida fanlar tizimiga asos solindi. Straton xizmati bilan fizika fani paydo bo’ldi. Yevklid va Arxemed matematikani rivojlantirdi. Aristrax astronomiya sohasiga ulkan hissa qo’shdi. Sharq mamlakatlarida yunon me’morlari, haykaltaroshlar, rassomlar nodir asarlar yaratganlar. Biroq, mil.avv. III-II asrlarda yunon san’atining xususiyatlari o’zgargan. Hukmdorlar saroylari korinfcha uslubdagi ustunlar bilan qo’rilgan. Тasviriy san’atda odamlarning tashqi qiyofasini va ichki kechinmalarini ko’rsatishga intilishi yangilik edi.

Antika iborasi lotincha «antigus» so`zidan olingan bo`lib, u qadimgi degan ma`noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya ( "Italiyada uyg'onish adabiyoti" haqida referat ) gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo`lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san`atini ta`riflash uchun qo`llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo`lishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishini ta`riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o`chog`i, deb qabul qilinishida ramziy ma`no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo`lib, ularning har biri qaysidir ma`noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo`shgan.Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda shakllangan davlatlar ham o`z navbatida jahon tsivilizatsiya tarixida katta o`ringa ega. Sharq tsivilizatsiyasini, shahar madaniyatini Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Farg`ona moddiy madaniyatisiz tasavvur etib bo`lmaydi.Markaziy Osiyoning dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va iqtisodiy bosqichi mil.av. VI-IV asrlardagi ahmoniylar siyosati bilan bog`liqdir. Miloddan avvalgi 330 yilda Makedoniyalik Iskandar Eron podshosi Doro III qo`shinlarini tor-mor qiladi. Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Parfiya va Marg`iyona, Xorazm, Farg`ona va Sirdaryoning shimoliy rayonlari mustaqil bo`lib qoladi. Makedoniyalik Iskandar Salavka davlatini, Markaziy Osiyo tarixida qadimgi dunyo-antik davrni vujudga keltiradi. Mil.av. III asrning o`rtalarida Baqtriya va Parfiya Selavka davlatidan ajralib chiqadi. Baqtriya erlarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi.Markaziy Osiyo hududlarining Ahmoniylar imperiyasiga qo`shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq ( "Qadimgi Sharq" haqida referat ) dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta`sir etgan bo`lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o`zgarishlarga olib kelmadi.
Ammo, miloddan avvalgi 330-327 yillarda Iskandarning O`rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari, oqibatida Parfiya, Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona xalqlari madaniy hayotida iz qoldi.Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarining kirib kelishi jadallashdi. Bu jarayon ayniqsa moddiy madaniyatda, uning me`moriy qurilish jabhalarida yaqqol ko`zga tashlanadi. O`rta Osiyoning janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o`lka viloyatlarining qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo aloqalarda bo`lishi o`z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari –So`g`d, Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg`onani ham chetlab o`tmadi. O`sha davr madaniy hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepada, Eski Termiz, Jondavlattepa: So`g`dda Afrosiyob, Erqo`rg`on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal`a, Ayozqal`a, Tuproqqal`a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg`onada Asxikent, Koson, Marhamat kaba yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko`zga tashlanadi.


Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə