Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


Chet til o‘qitishning ruhshunoslik asoslari



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə4/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
umk

Chet til o‘qitishning ruhshunoslik asoslari. Chet til o‘qitish metodikasi psixologiya (ruhshunoslik) bilan ikki taraflama — nutq psixologiyasi va pedagogik psixologiya bilan aloqa bog‘laydi. Inson nutqi nutq fiziologiyasi (lingvofiziologiya)da va nutqning sodir bo‘lishi ham da uni idrok etish psixolingvistikada ilmiy tadqiq qilinadi. Barcha tillarda nutq til materiali va nutq mexanizmlari vositasida yuzaga keladi. N utq inson bosh miyasi faoliyati boshqaradigan murakkab ruhiy jarayondir. Miyaning analiz-sintez qila olishi zaminida birinchi va ikkinchi signal sistemalari faoliyat ko‘rsatadi. Birinchi signal sistemasi eshituv, ko‘ruv, hid va ta’m bilish va boshqa sezgilar yordamida tashqi dunyoni his etib, bilishga imkon beradi. Ikkinchi signal sistemasi esa til belgilari orqali voqelikni umumlashtirish asosida ish ko‘radi. Birinchi signal sistemasi hayvonot dunyosiga ham taalluqli. Ikkinchi signal sistemasi esa birinchi signalla^ signali b o ‘lib, so‘z bilan ifodalanadi.
1 Inson, hayvondan farqli o ‘laroq, nutqni idrok etganida, uning mazmuniga e’tibor beradi. Nutqning tovush va harfiy jihatlari uning tashqi (moddiy) tom oni deyiladi. Ichki tom oni esa nutqharakat, eshitish, ko‘ruv va qo‘lharakat timsollarida ifodalanadi. Har ikkalasi nutqiy dinamik stereotipni tashkil etadi. Stereotiplaming ishlashi til vositalari sifatida nutq mexanizmini hosil qiladi. Ona tilida belgilar stereotiplari va nutq mexanizmlari tafakkur va nutqning shakllanish chog‘ida beixtiyor hosil bo‘ladi va ong ishtirokisiz (aniqrog‘i, deyarli ong ishtirok etmagan holda) faoliyat ko‘rsatadi. Chet tilni egallashda oldin o‘rganilgan tillar asosida o‘xshash elementlar (tovush, so‘z, gap tuzilishi) mavjud nerv bog‘lanishlari, yot elementlar esa — yangi bog‘lanishlar paydo etilishi tufayli ikkilamchi belgilar sistemasi yordamida yaratiladi.
Chet til o‘qitishning dastlabki bosqichida awalambor tovush, so‘z va gaplarning eshitish va nutqharakat timsollarivujudga keltiriladi, soniyan ko‘ruv va qo‘lharakat timsollari hosil qilinadi. Bu asnoda til birliklarining og‘zaki va yozma shakllari salbiy ta’siming oldini olish uchun zamon va makonda ajratib o‘zlashtirish va keyinroq ulami biriktirishga erishiladi.
Sezgi va idrok obyektiv voqelikning in’ikosi shaklida analizatorlar orqali faoliyat ko‘rsatadi. (Analizatorlar va sezgilar mushtarak nomlar bilan ataladi.) Ko‘ruv analizatori grafik (ko‘riladigan, yozma) timsollar va m azm unan bog‘lanishlarni sintezlashtiradi, ya’ni o ‘qish uchun tegishli zaruriy psixik vositadir. Qo‘lharakat analizatori grafik (yozma) timsollar bilan mazmunan bog‘lashda ishtirok etadi. Qadimdan m a’lumki, odamlar gapirish xususiyati va o‘ng qo‘lining ko‘proq ishlashi bilan ajralib turadi. (Amerikalik olimlardan P. Penfild va L. Roberts m a’lumotiga ko‘ra, yer sharining 30 foiz aholisi chap qo‘l bilan yozadilar.)Eshitish analizatorini mashq qildirishning chet til o ‘rganishda ahamiyati katta, chunki u nutq oqimidagi fonemalar va ritm-melodiya hodisalarini farqlashda yetakchi rol o‘ynaydi. Eshitish analizatori nutqharakat analizatori bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Artikulatsiya bilan eshitish o‘zaro bog‘liq, ikkala analizator bir-birining ishini nazorat qilib turadi. Nutq faoliyati turlarini sodir etilishida analizatorlar o ‘zaro harakati quyidagi tartibda kuzatiladi: gapirishda yetakchi — nutqharakat, qo‘shimcha — eshitish, o‘qishda — ko‘ruv, qo‘shimcha — nutqharakat analizatori xizmat qiladi. Chet til o'rganishda psixik jarayonlar — diqqat, idrok, xotira, tafakkur kabilar hisobga olinadi. Ular haqidagi ma’lumotlar psixologiya kursida o ‘rganilgan. Chunonchi, diqqat — ongning muayyan obyektga yo‘naltirilganligini bildiradigan psixik faoliyat shakli. Uning ikki turi — ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqat mavjud. Ixtiyoriy diqqatning ixtiyorsizdan farqi shundaki, birinchisida ong ishtirok etadi. Narsa va hodisalar tashqi belgilarining inson ongida aks etish jarayoni idrok deyiladi. Shaxsning to‘plagan tajribasi bilan idrok bevosita bog‘liq bo'ladi, bu hodisa ruhshunoslar tilida appersepsiya deyiladi. Ushbu hodisa tufayli chet til o‘rganishda til tajribasiga alohida e’tibor beriladi. Inson hayotidayig‘ilgan tajribaning in’ikosi, o‘rin olishi va saqlanishi psixik jarayon sifatida xotira nomini olgan. Xotirada saqlashning aks hodisasi — esdan chiqarish yoki xotiradan ko‘tarilish deyiladi. Xotira qisqa muddatli (operativ) va uzoq muddatli (doimiy) bo‘ladi. U zoq muddatli xotirada nutqda qo‘llashga tayyor turadigan til materiali saqlanadi. Qisqa muddatli xotira esa nutqda materialni tez va to‘g‘ri qo‘llashga xizmat qiladi. Xotiraning ko ‘ruv, eshitish, harakat va verbal turlari mavjud. Verbal xotira so‘z bilan bogliq bo‘lib, boshqa turlari unga qo‘shilgandagina chet til o ‘rganishda samaradorlikka erishiladi.
Til vositalarini egallash mushohada va idrokdan boshlanib, tafakkur tomon, so‘ngra amaliyotga yo‘naltirilgan bilish jarayoni ekanligi ruhshunoslikda aniqlangan. Fikr yuritish chog‘ida taqqoslash, tillararo va til ichki munosabatlarini aniqlash, shuningdek, til hodisasining obyektiv borliqqa bog‘lanishini ocliish kabilar tafakkur zimmasida turadi. Tafakkurning mavjud ilk shakllaridan birlamchisi — amaliyot. Shunga ko‘ra tilga oid bilimlami o‘zlashtirish tilni o‘rganishga qo‘yiladigan dastlabki qadamdir, asosiy masala nutq amaliyotini egallashga borib taqaladi. Til materiali intuitiv tarzda, ong ishtirokisiz, avtomatlashgan darajada nutqda qo‘liana oladigan bo‘lgandagina, tilni his etishga erishiladi, ya’ni nutq malakalari hosil bo‘ladi. Tafakkur hodisasi tushunchalardan tarkib topadi, so ‘zlar esa tushunchaning moddiy shaklidir. Chet til o ‘rganishda leksika va grammatikada ifodalangan tillar (ona tili, ikkinchi til va chet til) tushunchalarining hajmi muvofiqlashtiriladi. Insonda biron narsani aytish yoki tushunishga ehtiyoj tug‘ilgandagina, u flkrlay boshlaydi. Shuning uchun ham o‘quvchilariji chet tilda gapirtirish mavzu yoki nutq vaziyatini taklifqilishdan boshlanadi. Chet tilni o‘rgatish ushbu tilda nutqning sodir bo‘lishi yoki idrok etilishi jarayonini tashkil qilishdir. Nutq terminining m a’nosi fikm ing shakllanish va ifodalanish usulini bildiradi. Til esa flkm i ifodalash va hosil qilish vositasidix. Fikmi ifodalash psixolingvistikada (re)produktiv nutq faoliyati deyiladi, bunga gapirish va yozuv kiradi. Ifodalangan fikmi (gapirish va yozuv mahsulini) idrok etish retseptiv nutq hisoblanadi. Fikr bayon etuvchi va idrok etuvchilar kommunikant nomi bilan yagona terminda umumlashtiriladi. Kommunikant, o‘z navbatida, (re)produtsent (gapiruvchi va yozuvchi — fikr bayon etuvchi) va retsipiyent (fikmi idrok etuvchi — tinglovchi va o‘quvchi)larga ajratiladi.
Psixolingvistika muammolarini hal qilishda professorlar — Lev Sem yonovich Vigotskiy, N ikolay Ivanovich Jinkin, Aleksey Alekseyevich Leontyev, Irina Alekseyevna Zimnyaya kabi atoqli ruhshunoslaming hissasi katta. Bir va undan ortiq tilni biluvchilar fanda alohida terminlar bilan nomlangan: monolingv (bir til egasi), bilingv (ikki til biluvchi), trilingv (uch tilda fikr almashuvchi) va poliglot (ko‘p tillami biladigan odam). 0 ‘zbek maktablarida o‘quvchilaming aksariyati bilingvlar bo‘lib, chet tilni uchinchi til sifatida o‘rgana boshlaydilar (trilingv bo‘lish imkoniga egadirlar).Chet tilni bilish turlari uchta — aktiv, passiv va aralash holda bo‘lishi mumkin. Aktiv bilish deganda, barcha nutq faoliyati turlarini ona tilidagidek mukammal egallash nazarda tutiladi. Passiv bilish — og‘zaki va yozma matnni tushuna olishdir. Aralash holda bilish til materialining bir qismini aktiv, boshqa qismini passiv tarzda nutqda egallash tushuniladi. Ruhshunoslikda chet tilni egallash ko‘nikma va malakalami shakllantirishdan iboratdir. Ko‘nikma terminiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: K o ‘nikma ongli holda bajariladigan faoliyatning avtomatlashgan tarkibiy qismidir. Ong ishtirokisiz avtomatlashgan faoliyat malaka deb ta’riflanadi. Bilim tushunchasi chet tildagi nutqda leksika, grammatika va talaffuzni o‘zlashtirish va ularga oid sodda qoidalami bilishni ifodalaydi. Til o‘rgatish ruhshunosligida nutqning leksik, grammatik va talaffuz ko‘nikmalari va gapirish, tinglab tushunish, o‘qish va yozuv malakalari to ‘g‘risida ilmiy fikr bayon etiladi. Shuningdek, til texnikasi (o‘qish, yozish, aytish, tanib olish) ko‘nikmalari haqida ham fikr yuritish mumkin. Ko‘nikma va malaka masalalarini chet til metodistlaridan prof. Sergey Filippovich Shatilov g‘oyat sinchkovlik bilan tadqiq etgan. Chet tillami o‘rganishda so‘zning ma’nosi, birika olishi, grammatik shakl kabilarga oid bilimlar ularni nutqda qo‘llanilishi paytida o ‘zlashtiriladi. Mavhum nazariy qoidalar bayon etish va yodlash tavsiya qilinmaydi. Bilim, shunday qilib, til texnikasi ham, ko‘nikma tarkibida ishtirok etadi. Ko‘nikmalaming ko‘chishi (o‘tishi) chet til o‘qitishda dolzarb muammo hisoblanadi. Ushbu ilmiy tushuncha ruhshunoslik va tilshunoslikda tadqiq etiladi. Ruhshunoslikda ko‘nikmaning ijobiy va salbiy ko‘chishi' haqida boy m a’lumot berilgan. Til tajribasi yangi o‘zlashtirilayotgan hodisaga to‘sqinlik qilishi yoki uni osonlashtirishga yo‘llashi mumkin. Salbiy ta’sir (interferensiya) o‘z manbayiga ko‘ra tillararo (ona tili, ikkinchi til, chet tilda) va ichki (chet tilning o‘zida) namoyon bo‘lishi mumkin. Interferensiya leksika, grammatika va talaffuzda uchraydi, nutq jarayonini tushunishga xalaqit beradi, hatto so‘zlovchilarni bir-birini tushuna olmaydigan holatga tushirib qo‘yadi. Interferensiya oqibatida qiyinchilik paydo bo‘lishi, xatolar kelib chiqishi tabiiydir (qiyinchiliklar haqida „Tilshunoslik asoslari“ mavzuyida batafsil to‘xtab o‘tiladi). Ruhshunoslik m a’lumotlaridan ko‘rinadiki, chet til o‘qitishda o‘quvchilar psixologik xususiyatlarining inobatga olinishi metodik talablar doirasiga kiradi.

Yüklə 284,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə