Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


Maktabgacha ta'limning chet til o‘qitish maqsadlari



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə6/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
umk

Maktabgacha ta'limning chet til o‘qitish maqsadlari

Har qanday maqsad ehtiyoj tufayli paydo bo‘ladi. Maqsad lushunchasi rejalashtirilgan natija, tasawurdagi oqibat m a’nosini anglatadi. Chet til maktabda nima uchun o‘qitiladi, degan savolga chet tilni amaliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarda o‘rganadilar, deb javob qaytarish mumkin. Ta’lim maqsadlari ijtimoiy buyurtma — topshiriq bo‘lib, har lomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish va tarbiyalashga qaratiladi. Chet til ta’limi maqsadlari metodik adabiyotlarda keng muhokama qilinib keladi. 0 ‘tgan asr oltmishinchi yillarining ikkinchi yarmiga kelib, amaliy, ta’limiy va tarbiyaviy maqsad terminlari davr talabiga muvofiq sharhlab berildi. Saksoninchiyillarda uchala nomga qo‘shimcha rivojlantiruvchi maqsad termini paydo boTdi. Ushbu tushuncha-term inning chuqur tahlili sermahsul metodistlardan prof. Galina Vladimirovna Rogova tomonidan amalga oshirilgan. Shunday qilib, chet til to‘rt maqsadda o‘qitiladi.
Birinchisi —amaliy maqsad — ustuvor. Chet til o‘qitishning amaliy maqsadi. ,,Amaliy“ atalmish metodika termini hozirgacha muallimlar orasida birdan ortiq assotsiatsiya (flkran bog‘lanish)ga sabab bo‘lib, turli hajmdagi va shakldagi tushunchalar uyg‘otmoqda. Amaliyotni ,,og‘zaki nutq“ yoki ,,gapirish“ deb yuritish kabi xato fikrlar ham mavjud. Chet tilni amaliy egallash, o‘zgalar nutqini tushunish va o‘z fikrini bayon etish degan to‘g‘ri umumiy ta’rif ham uchraydi. o‘rta ta’lim kursida chet til amaliy tarzda o‘rganilishining yakuniy maqsadi o‘qib ma’lumot olish demakdir. Maktab, litsey va kollejni tugatuvchilar yakuniy maqsadga ko‘ra o ‘qishdek nutq faoliyati turini chet tilda egallashadi. Oraliq maqsad esa turlicha bo‘ladi. Ta’lim bosqichi yoki alohida sinflarda nutq faoliyati turlaridan gapirish oraliq maqsadda o‘rganishi mumkin. Mas. boshlang‘ich davrda og‘zaki nutqni maqsad maqomida o'rganadilar. Shu bilan birga, o ‘qish va yozuv ham o‘rganiladi, biroq ularga vosita deb qaraladi. Endi terminlar ziddiyati — ,,maqsad“ va ,,vosita“ni ta’riflash ehtiyoji tug‘iladi. Nutq aloqa vositasi ekan, u (nutq —nutq faoliyati turlari majmuyi)ni o ‘rganish ta’limning um umiy amaliy maqsadiga kiradi. Biror nutq faoliyati turi yakuniyyoki oraliq maqsad darajasida xususiy amaliy maqsadni ifoda laydi. Mas. gapirish chet til o‘qitishning birinchi davrida xususiy oraliq, yetakchi amaliy maqsadda o‘rganiladi, yuqori sinflarda uning o ‘mini o‘qish egallqydi. Hamma sinflarda tinglabtushunish yordamchi xususiy amaliy maqsadda o‘rganiladi.
Ta’lim maqsadini tushunib yetish — o‘qitishning umumiy yo‘nalishi (strategiyasi)ni bilib olishga yordam beradi. Maqsad mashg`ulot va mustaqil ishlar bajarish chog‘ida ko‘plab aniq vazifalami o‘tash yo‘li bilan ro‘yobga chiqadi. Vazifalami hal etish —ta’lim taktikasini tashkil etadi. Ta’limiy vazifalar o ‘quvchilar bajaradigan amaliy ishlardan iborat (tushunish, fikr bayon etish, til birligini o‘rganib olish va h.k.).
Chet tilni egallash (amaliy maqsadga erishish) ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlami hal etish bobida asos va sharoit vazifasini o‘taydi. Qisqasi, chet tilni amaliy maqsadda o ‘rganish ushbu til yordamida kerakli axborot olish va boshqalarga yetkazish m a’nosini anglatadi. Olingan axborot (informatsiya) o ‘quvchilar bilim saviyasini oshirish (ta’limiy maqsad) va ulami tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. Chet til o‘qitishning umumta’limiy maqsadi. 0 ‘quvchilarga chet til uchinchi til sifatida o ‘rgatiladi. M ajburiy o ‘quv predm etlaridan bo‘lmish chet til, boshqa fanlar qatorida umumiy ta’lim berishda o ‘z ulushini qo‘shadi. Chet til o‘rganish natijasi ham, jarayoni ham um um ta’limiy ahamiyatga molikdir.
Chunki chet til vositasida olinadigan axborotdan tashqari, uni o‘rganish jarayonida qo'llanadigan til birliklari tafakkumi rivojlantiradi, nutqning ifoda planidagi yangi hodisalar o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lib, ulaming til tajribasini boyitadi. Til materialida o ‘quvchilar ona tiliga mos kelmaydigan hodisalarga duch kelishadi. Mas. grammatikada fe’l zamonining murakkab shakli, leksikada polisemiya (ko‘p m a’nolilik)ning ushbu tilga xos ko‘rinishlari, talaffuzda ona tili yoki ikkinchi tilda uchramaydigan fonetik birliklar shular jumlasidandir.
Juda ko‘p lisoniy hodisalar turli tillarda o‘xshash bo‘ladi. Tillardagi mushtaraklik va tafovutlami bilib olish o‘quvchi bilim saviyasining oshishiga yordam beradi. 0 ‘quvchilar tili o‘rganilayotgan mamlakat(lar) madaniyati, san’ati, tarixi, adabiyoti, urf-odatlari, an’analaridan voqif bo‘lishadi. Xalq madaniyati xazinasi sifatida tilning kumulativ vazifasidan bahramand bo‘lishadi. o‘rganilayotgan chet tilning kom m unikativ vazifasini egallashda o‘quvchilar mazkur til ko‘zgusida o‘z ona tili (va ikkinchi til)ni ,,tomosha“ qilish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Til o ‘rganishning ilk bosqichida leksik, grammatik va talaffuz birliklarini og‘zaki nutq jarayonida o ‘zlashtirishga ko‘proq e’tibor beriladi. Yuqori bosqichda chet tildagi grafik va audiomatndan axborot yig‘ish o ‘quvchilarda hayotiy yangiliklarni bilish ishtiyoqini kuchaytiradi.
Xullas, maktab o‘quvchisi chet tilni umumta’limiy maqsadda o‘rganar ekan, u ikki xil mazmundagi ta’limiy ma’lumot olishga erishadi. Birinchi turdagi axborot o‘rganilayotgan chet til (leksik, grammatik va talaffuz) materialini izohlab beruvchi qoidalar, tushunchalar va tilning o ‘ziga xos hodisalari to‘g‘risidagi m a’lumotlardan tashkil topadi. Til haqida ‘zlashtiriladigan oddiy bilim chuqur nazariy sistem adanbutunlay farq qiladi. Chet til o ‘qitishni nazariylashtirishga yo‘lq o ‘yilmasligi kerak. Sodda nazariya nutq ko‘nikm alarini shakllaritirish uchungina yetarli bo‘lishi metodik qonuniyat hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda e’tirof etilgan va muallimlar tan olgan „chet tilda nutqni o‘rgatamiz“ (chet til haqidagi bilim lar yig‘indisini emas), degan m etodik shiorni esdan chiqarmaslik kerak.Chet tildan ko‘ra ona tili va ikkinchi til o‘qitilishida ularga oid um um ta’limiy axborotlar kengroq hajmda o‘zlashtiriladi.

Yüklə 284,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə