Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


Chet til o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə7/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
umk

Chet til o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi. Ta’lim va tarbiya hamjihatligi qadim zam onlardan kishilarga m a’lum. Ta’lim o‘choqlari, so‘zsiz, tarbiyaga ham e’tiborni qaratadi, tarbiyalash yoki tarbiyalanish tushunchasini ta’limsiz tasaw ur etib bolmaydi. Inglizcha yagona education so‘zining m a’nosi ta’lim va tarbiyani o‘z ichiga olishi ramziy misoldir. 0 ‘quvchilarni tarbiyalash borasida maktab o ‘quv predmetlarining o ‘z o‘rinlari bor. Chet til o'qitishda to‘rt maqsaddan biri tarbiya be rishdir. Chet til muallimlari va metodist-olimlari bu masalaga hamisha birdek katta e’tibor be rib keladilar. „Иностранные языки в ш коле" („M aktabda chet tillar“) jurnalida chet tilning tarbiyaviy ahamiyatini yorituvchi materiallar ko‘plab chop etilgan. Metodika fanida chet til o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi qisqacha shunday ta’riflanadi: o‘quvchilarga g‘oyaviy-siyosiy tarbiya berish, ularda aqliy mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, o ‘quvchilarning bilish faolligini oshirish. Tarbiyaviy maqsad asosan ikki yo‘l bilan ro‘yobga chiqariladi. Birinchisi, o ‘quvchilaming bevosita chet til o‘rganish jarayonida tarbiyalanishi kuzatiladi. Mas. chet til mashg`ulotlari boshlangan sentabr oyining dastlabki kunlarida o‘quvchilarning aksariyati o‘rganilayotgan tilni tinglab tushunishadi va o ‘zlari gapirishga zo‘r ishtiyoq bilan kirishadilar. Ilk mashg`ulotlardayoq chet tilcha salomlashish, xayrlashish, tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar nomlarini bilish, she’r va ashula aytish, o‘yinlar bajarish, tili o‘rganilayotgan xalq va mamlakatga oid m a’lumotlami olish kabilarga juda qiziqishadi. Yangi o‘quv predmetini o ‘rganishga faol safarbarlik ko‘zga yaqqoltashlanib turadi. Shulaming o‘zi ham o ‘quvchilarning bilim marralarini egallashga qiziqishlari va aqliy mehnatga intilishlaridan dalolat beradi. Chet til o‘qitishda tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishning ikkinchi metodik usuli ushbu til materialida tarbiyaviy jihatlardan foydalanish hisoblanadi. Mas. o‘zaro chet tilda og‘zaki muloqot chog‘ida suhbatdoshiga hurmat bilan qarash, odob doirasiga kiradigan so‘z va iboralami qo‘llash (rahmat, marhamat qiling kabilar), birgalashib she’rlar, dialoglar aytish, o‘zi va sheriklari xatti-harakatini odob bilan chet tilda sharhlay olish singari yumushlar o‘quvchini madaniyat sari yetaklaydi. Chet til audiomatni va grafik matnidan olinadigan yangilik ma’lumotlar tarbiyalashning tengi yo‘q metodik vositalaridandir. Matnlar mazmuni dastur nutq mavzulariga mos kelishi hamda o‘quvchilar m a’naviy ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. Chet til o‘qitishning dastlabki yillarida mikromatnlar asosida yangi axborot yetkazilsa, yuqori bosqichda badiiy, siyosiy, madaniy-sport mavzulariga oid adabiyotlardan parchalar o‘qishga beriladi va ulardan olinadigan m a’lumotlar o‘quvchi tarbiyasiga bevosita daxldor va foydali bo‘ladi. G ‘oyaviy-siyosiy tarbiya beradigan mashg`ulotlik va o‘qish kitobidagi parchalar (matnlar) bir talay. Buyuk mutafakkirlar, madaniyat arboblari, olimlar, fazogirlar, mehnat qahramonlari haqidagi matnlar mazmuni o‘quvchilarni tarbiyalashda ijobiy natijalar bermoqda. Taqvimlarda ajratib ko‘rsatilgan sanalarga oid grafik va audiomatnlaming ham tarbiyaviy ta’siri kattadir.Ingliz, nemis va fransuz tilida chiqarilgan respublika metodistlarining kitobidan1 foydalanish ham tavsiya etiladi. Mashg`ulotdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garak ishlarida, chet til kabinetida uyushtiriladigan o‘quv tadbirlari jarayonida ham tarbiyaviy maqsad amalga oshirib boriladi.
Chet ellik m ehm onlar, mamlakatimiz o ‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan xorijiy talabalar, elchixona vakillari bilan o‘tkaziladigan do‘stona uchrashuvlar, internatsional (baynalmilal) do‘stlik klubi (ID K )da olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlaming ahamiyati cheksiz. Tarbiya turlariga oid xilma-xil ishlar o‘tkazilishi chet tilning bu jabhada muhim omil ekanligini ko'rsatadi. Mashg`ulotlik matnlari tarbiyada birlamchi vosita sanaladi. Mas. o£zbek maktablarining sakkizinchi sinfi uchun 1974 va keyingi yillarda nashr etilgan ingliz tili mashg`ulotligining oltinchi mashg`uloti (paragrafi)da mashhur amerika yozuvchisi O ’Henry (O.Henri) qalamiqa mansub The Last Leaf hikoya matni o‘qishga berilgan. RassomJikni havas qilgan yosh kambag‘al qiz xasta bo‘]ganida rahm-shafqat namunasini ko‘rsatgan qariya (Berman) qizning sog‘ayib ketishida o‘z hayotini qurbon qilishi sodda va ishonarli badiiy bo‘yoqlarda tasvir etilgan. Matnni o‘qigan o‘spirin yoki qiz insonparvarlikni tushunib yetadi. Ularning qizga rahmi keladi, qariya Berm an shaxsiga nisbatan hurm ati ortadi. Kishilik jamiyati uchun g‘oyat muhim va manfaatli rahmshafqatdek umuminsoniy qadriyatni jisman his etish o'quvchida insoniylikni tarbiyalashga yo‘l ochadi. Qisqasi, chet til o‘qitish jarayonida o‘quvchilar tarbiyasiga munosib e’tibor beriladi.

Yüklə 284,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə