Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar


Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi



Yüklə 284,38 Kb.
səhifə8/39
tarix05.10.2023
ölçüsü284,38 Kb.
#125393
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
umk

Chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, rivojlantiruvchi maqsad chet til o‘qitish metodikasida yangi qabul qilingan ilmiy kategoriyadir, Binobarin, ushbu maqsad haqida yetarli metodik m a’lumotlarni topish m ushkul. M etodik qo 'llan m alar orasida G .V .Rogova va I. N. Vereshchagina hammualliflikda yozgan kitobda rivojlantiruvchi maqsadga oid qisqacha ma’lumot keltirilgan. T a’lim ning to ‘rtinchi maqsadi sifatida paydo b o ‘lgan ,,rivojlantiruvchi“ metodik termini davrga hamnafasdir. Mazkur maqsadning nomi ta’limshunoslikda mashhur bo‘lgan „rivojlantiruvchi m etod“ tushunchasi zaminida taqlid yo‘li bilan vujudga keldi. Til o ‘qitishda bunday nom bilan ataladigan metod yo‘q, biroq chet til o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi nomi bilan bu termin ilmiy-metodik muomalaga kiritildi. „Rivojlantiruvchi maqsad“ tushunchasi o‘quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion (ictiki turtki) tarafmi rivojlantirishni ifodalay boshladi. Demak, chet til o ‘qitishda o ‘quvchilarning aqliy saviyasini quyidan yuqoriga ko‘tarish, aqliy jihatdan ravnaq toptirish, mazmunan yuksaltirish, ijobiy m a’noda aqlan yanada ulg‘ayishini ta’minlash ushbu maqsadning ro‘yobga chiqishida ko‘zlanadigan birinchi vazifadir. Ikkinchidan, chet til o‘rganishda rivojlantiruvchi maqsad o‘quvchilarning his-tuyg‘ularini kamol toptirish, tashqi ta’simi sezgilar va analizatorlar yordam ida idrok etib tushunishni ravnaq toptirishni nazarda tutadi. Uchinchidan, rivojlantiruvchi maqsadning o‘quvchilar oldiga qo‘yadigan vazifalari qatoriga yana faoliyat ko‘rsatish yoMida ichki turtki (ruhshunoslik termini bilan aytganda, motivatsiya)ni avj oldirish, faol ishga tushirish kabilar ham kiradi. Xullas, rivojlantirish aql, hissiyot, motivatsiyani yuqori pog‘onalarga ko‘tarish ma’nosida qabul qilindi. Chet tilni amaliy egallashda ta’lim berish, tarbiyalash va, oqibat natijada, shaxsning atroflicha kamolotga erishishiga ko‘maklashishdek muqaddas va murakkab pedagogik choratadbirlar amalga oshiriladi. Ruhshunoslar va ta’limshunoslar e’tirof etishlaricha, o‘quvchilarga ta ’lim jarayonida yetarli miqdorda qiyinchiliklarni yengib borish o ‘rgatilsagina, ularning tafakkurini tezkorlik bilan rivojlantira olish mumkin. Shaxsning kamoloti faqat tafakkur rivoji bilan emas, balki uning his-tuyg‘ulari ravnaqi bilan ham bog‘liqdir. Chet til metodikasi ilmida o‘quvchining ichki kechinmalari (emotsiyasi) va ichki turtkisi (motivatsiyasi)ni ro‘yobga chiqarish muhim ekanligi nazariy asoslab berilgan. Oqibatda chet til o‘rganish motivatsiyasi oshadi, o‘quv jarayoni tolaqonli mazmun kasb etadi. Shularning barchasi chet til dasturida rivojlantiruvchi maqsadning o ‘rin egallashiga sabab bo‘ldi. 480 ‘quv dasturining uqtirish xatida, chet til o ‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlari tilni amaliy egallash chog‘ida uyg‘unlashgan holda yuzaga chiqadi, deb bejiz (a’kidlanmagan. o‘quvchilaming o ‘quv faoliyatida ko'nikma va malakalarning hosil bo‘lish darajasiga ko‘ra shaxsning ijtimoiy faolligi aniqlanadi.
Chet til o ‘rgatishning amaliy, ta ’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari uzviy bog‘langan tizim hosil qiladi. 500‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan chet til o‘qitish maqsadlari ni chizma tarzida quyidagicha tasawur etish mumkin.

Yüklə 284,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə