Termiz Davlat Universiteti Iqtisod va Turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 1 – bosqich 322 – guruh talabasi Nuriddinova Nozimaning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 13,83 Kb.
səhifə1/5
tarix23.12.2023
ölçüsü13,83 Kb.
#155168
  1   2   3   4   5
Nuriddinova Nozima Iqtisodiyot Nazariyasi 5

Termiz Davlat Universiteti Iqtisod va Turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 1 – bosqich 322 – guruh talabasi Nuriddinova Nozimaning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: Rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat borasidagi tajribalar


1. Monopoliyaga qarshi qonunchilik
2. Antimonopoliya - davlatning «ko‘rinar qo‘li» haqida
3. Monopoliyaga qarshi kurash va islohotlar

1. Monopoliyaga qarshi qonunchilik

Monopoliyaga qarshi siyosat — davlatning monopoliyaga qarshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum cheklangan miqdoridan ortigʻiga ega boʻla olmasligi belgilab qoʻyiladi. Uchinchidan, narxlarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past turishini, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarta karshi qonunlar joriy qilinadi.

Davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati milliy iqtisodiyotida raqobat oddindan shakllanib boʻlgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirishga, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni shakllantirishga qaratilgan. Bozorda monopoliyani oʻrnatishga urinishlar va monopol mavqeni suiisteʼmol qilishni taqikdaydigan trestlarga qarshi birinchi qonun — Sherman qonuni AQShda 1890-yilda qabul qilingan.

Monopoliyaga qarshi qonunchilikq. va uni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan choratadbirlar har bir mamlakatda sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Rivojlangan barcha davlatlarda sogʻlom raqobat muhitini himoya qilish maqsadida turli koʻrinishdagi, monopolistik foaliyatlar ustidan davlat tomonidan tartibga solish amalga oshiriladi. Masalan, AQShda monopoliyaga qarshi davlat siyosati — Federal savdo komissiyasi va Adliya departamentining trestlarga qarshi boshqarmasi, Rossiyada — Monopoliyaga qarshi siyosat va tadbirkorlikni qoʻllabquvvatlash vazirligi, Yaponiya va Janubiy Koreyada — Halol raqobat boʻyicha komissiya, Yevropa Ittifoqida esa — Raqobat boʻyicha komissiya tomonidan amalga oshiriladi.


Yüklə 13,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə