Termiz Davlat Universiteti Iqtisod va Turizm fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) yo’nalishi 1 – bosqich 322 – guruh talabasi Nuriddinova Nozimaning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 13,83 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü13,83 Kb.
#155168
1   2   3   4   5
Nuriddinova Nozima Iqtisodiyot Nazariyasi 5

Bu kabi islohot mamlakatda 2000 yilda ham amalga oshirilgan — Moliya vazirligi tarkibidan mustaqil «Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi» ajratilgan edi. Biroq hukumatning 2012 yildagi qarori bilan «Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi» va «Davlat mulk qo‘mitasi» yangi idoraga — «Davlat raqobat qo‘mitasi»ga aylantirildi.

Afsuski, bu yangi tashkil etilgan qo‘mita faoliyatida bevosita raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi yo‘nalish oz o‘rin olgan edi. Davlat raqobat qo‘mitasining 2012 yildan keyingi hisobotlari bunga dalolat bo‘la oladi. Ularda asosan davlat aktivlarini xususiylashtirish, sotish, boshqarish, nochor korxonalar bilan ishlash va hokazolar yoritilgan.

Ya'ni, aytish mumkinki, 2012 yilda Davlat mulk qo‘mitasi Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasini «yutib yubordi». Bu esa mamlakatdagi raqobatni himoya qilishga salbiy ta'sir ko‘rsatdi. Shu sababdan, mustaqil Antimonopoliya qo‘mitasi tashkil qilinishini bozor iqtisodiyotini qurishdagi to‘g‘ri qadam, deb hisoblayman.

Mazkur maqola doirasida biz davlatning aynan shunday — «ko‘rinar qo‘li» — monopopoliyaga qarshi kurashish faoliyatini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekistonda kechayotgan iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yo‘lida antimonopoliya idorasining roli qanday? Monopoliyaga qarshi kurash haqiqatan ham samarali bo‘lishi uchun qanday choralarni qo‘llash kerak? Ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz.

3. Monopoliyaga qarshi kurash va islohotlar

Keling, ayni vaqtda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning tom ma'nodagi atimonopol siyosat bilan aloqasini ko‘rib chiqamiz.

A) Proteksionizm

Mahalliy sanoatni rivojlantirish iqtisodiy rivojlanishning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy korxonalarni himoya qilish uchun davlat proteksionizm (import o‘rnini bosish) siyosatini qo‘llaydi. Proteksionizm tarafdorlari mahalliy korxonalarni xorijiy raqobatdan vaqtinchalik himoya qilish «ularning dunyo bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun zarur chora» ekanini ta'kidlashadi. Ularning nazarida bu chora «mahalliy sanoatni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash-ta'minlash hamda yangi texnologiyalarni o‘rganish imkonini beradi».


Yüklə 13,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə