Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 1.
Ijtimoiy xo‘jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Natural va tovar
xo‘jaligining asosiy farqlari nimalardan iborat?
2.
Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart-
sharoitlarini tushuntiring.
3.
Pulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart-sharoitlarini
tushuntirib bering.
4.
Pul qanday vazifalarni bajaradi? Har bir vazifasining mazmunini
tushuntirib bering.
5.
Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
6.
Talab va taklif inflyatsiyalarining grafikdagi ko‘rinishlarini tasvirlang
va izohlang.
7.
Giperinflyatsiya qanday qilib turg‘unlikka olib kelishi mumkinligini
tushuntiring.
8.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
9.
Majburiy zahiralash normasi qaysi maqsadlarda qo‘llaniladi va uning
pasaytirilishi oqibatlari qanday?
119
10.
Pul-kredit siyosatining yetkazish mexanizmini tushuntirib bering.
11.
Yumshoq va qattiq pul-kredit siyosati tushunchalariga izoh bering.
14-MAVZU. JAMG‘ARMA,
ISTE‘MOL VA INVESTITSIYALAR Reja: 1. Iste‘mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro
bog‘liqligi.
2. Jamg‘arishning mohiyati, omillari va samaradorligi.
120
3. Investitsiyalarning mazmuni, manbalari va turlari
4. Investitsiyalar darajasini belgilovchi omillar
5. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi nisbatni ta‘minlash muammolari