Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

MUSTAQIL YECHISH UCHUN MASALALAR
 
2

Agar ish bilan band bo‘lganlar soni 90 mln. bo‘lib, ishsizlar soni 10 mln. bo‘lsa, 
u holda ishsizlik darajasi qanday bo‘ladi? 
Javob: 
10 %. 
3. 
Agar 90 mln. ish bilan band bo‘lganlardan 0,5 mln. kishi ishdan
 
bo‘shatilgan, ishsizlar ro‘yxatidagi 10 mln. kishi ish qidirishdan voz
 
kechgan bo‘lsa, u holda a) ish bilan band bo‘lganlar soni qancha? b)
 
ishsizlar soni qancha? v) ishsizlik darajasi qanday? 
Javob: 
a) 89,5 mln.; b) 9,5 mln.; v) 9,6 %. 
4. 
Agar tabiiy ishsizlik haqiqiy ishsizlikka nisbatan 2% ga oshgan
 
bo‘lsa, u holda 
YaIM 
uzilishi qanday bo‘ladi? 
Javob: 
5 %. 
5. 
Quyidagi ma’lumotlar asosida ishsizlik darajasini hisoblang: 
1) Aholi soni – 500 mln. kishi; 
2) 16 yoshga to‘lmaganlar va maxsus muassasadagilar – 20 mln. kishi; 
3) Ishchi kuchi tarkibidan chiqqanlar – 150 mln. kishi; 
4) ishsizlar – 33 mln. kishi. 
Javob: 
12,5 %.
 
6.
Iqtisodiyot quyidagi ma‘lumotlar bilan ifodalangan: aholining umumiy soni 650 
kishi, mehnatga layoqatli bo‗lmagan yoshdagi aholi soni 140, ishsizlar soni 19, 
ishchi bilan band aholi soni 380 bo‗lsa ishsizlik darajasini toping. 
7.
Aholi soni 200 mln kishi. Ish bilan bandlar soni 112 mln. kishi, mehnatga 
layoqatli yoshdagi aholi soni 160 mln. kishi, friksion ishsizlar 6 mln. kishi,
tarkibiy ishsizlar 2 mln. kishi, davriy ishsizlar esa 5 mln. kishini tashkil etgan.
Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 4 %ga yuqori. Potensial 
YaIM 2500 shartli birlikka teng. YaIMning siklik ishsizlik dinamikasiga 
ta‘sirchanlik koeffitsenti 2,5. 
Topilsin: 


233 
A) ishsizlikning haqiqiy darajasi; 
B) haqiqiy YaIM hajmi. 
8.
Ishsizlikning tabiiy darajasi 6 %, ishsizlikning haqiqiy darajasi 7,33 %, potensial 
YaIM yiliga 3 %ga o‗sadi, YaIMning davriy ishsizlik dinamikasiga ta‘sirchanligi 
koeffitsenti 3 ga teng. Keyingi yilda tabbiy ishsizlik darajasida resurslarning to‗liq 
bandliligi ta‘minlanishi uchun ishlab chiqarishning haqiqiy darajasi qanday 
sur‘atda o‗sishi lozim? 
9.
Ishsizlikning tabiiy darajasi 5 %, potensial YaIM 40 mlrd. so‗m, ishsizlar soni 1 
mln. kishi, ish bilan bandlar 14 mln. kishi. Topilsin: 
a) ishsizlikning haqiqiy darajasi; 
b) YaIMning nisbiy va mutlaq uzilishi; 
v) Haqiqiy YaIM hajmi. 
10.
Ishsizlik darajasi 8 %, ishchi kuchi soni 10 mln. kishi, aholi soni 19 mln.kishi, 
ishsizlikning tabiiy darajasi 5 %. 
Topilsin: 
a) ishsizlar soni; 
b) YaIMning nisbiy va mutlaq uzilishi.
11.
Aholi soni 27 mln. kishi, 14 mln. kishi-16 yoshgacha bo‗lgan bolalar va 
maxsus davlat muassasalarida bo‗lgan shaxslar; 1 mln. kishi-ishchi kuchi 
tarkibidan chiqib ketdi. 2 mln. 400 ming kishi ishsizlar; 0.1 mln. kishi to‗liqsiz ish 
kuni bandlar va ish qidirayotgan. Ushbu ma‘lumotlar asosida ishchi kuchi 
sonini va ishsizlik darajasini aniqlang. 
12.
Agar ishsizlik darajasi joriy yilda 7,6 %, ishsizlikning tabiiy darajasi 6 % 
bo‗lsa, real YaIM ni potentsial YaIM dan farqini hisoblang. Ouken koeffitsentini 3 
ga teng deb oling. 
13.
Mamlakatdagi 16 va undan katta yoshdagi aholi soni 25 mln. kishini 
tashkil etsa va shu aholining 20 foizi ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketgan, biroq 
ulardan 10 foizi ishlayotgan shaxslar bo‗lsa, ishchi kuchi va iqtisodiy faol aholi 
sonini hamda bandlik darajasini aniqlang. 
14.
Mamlakatdagi katta yoshdagi aholi soni 150 mln. kishiga teng. Ish bilan 
band bo‗lganlar soni 90 mln. kishini, ishsizlik darajasi 25 foizni tashkil etadi. 
Ishchi kuchi va ishsizlar sonini aniqlang. 
15.
Agar real YaIM ushbu yil 1186 ga, potentsial YaIM 1155 ni tashkil etsa, 
ishsizlikning tabiiy darajasi 5 foizga teng bo‗lib, YaIMning tsiklik ishsizlik 
darajasiga ta‘sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‗lsa, ushbu yil uchun ishsizlikning 
haqiqiy darajasini hisoblang. 
16.
Joriy yilda ishsizlik darajasi 5,5 foizni tashkil etdi, ishsizlikning tabiiy 
darajasi 5 foizga teng. YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta‘sirchanlik 
koeffitsiyenti 3 bo‗lsa, potentsial YaIM 60 trln.so‗m bo‗lganda real YaIMni 
hisoblang. 
17.
Iqtisodiyot quyidagi ma‘lumotlar bilan ifodalangan: aholining umumiy 
soni 750kishi, mehnatga layoqatli bo‘lmagan yoshdagi aholi soni 140, ishsizlar 
soni 20, ish bilan band aholi soni 380 bo‘lsa ishsizlar sonini toping. 


234 
18.
Aholi soni 300 mln kishi. Ish bilan bandlar soni 122 mln. kishi, mehnatga 
layoqatli yoshdagi aholi soni 170 mln. kishi, friktsion ishsizlar 6 mln. kishi, 
tarkibiy 
ishsizlar 2 mln. kishi, davriy ishsizlar esa 5 mln. kishini tashkil etgan. 
Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 4 %ga yuqori. Potentsial 
YaIM 2500 shartli birlikka teng. YaIMning tsiklik ishsizlik dinamikasiga 
ta‘sirchanlik koeffitsenti 2,4. 
Topilsin: 
A) ishsizlikning haqiqiy darajasi; 
B) haqiqiy YaIM hajmi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə