Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


-MAVZU. MUKAMMAL BOZOR VA MONOPOLIYA



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

4-MAVZU. MUKAMMAL BOZOR VA MONOPOLIYA. 
MONOPOLISTIK RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA 
Reja: 
1. Monopoliyalarning vujudga kelishi, iqtisodiy asoslari va ularning turlari 
2. Sof monopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari 
3. Monopolistik raqobat va oligopoliya mohiyati, shakllari va usullari 
4. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
5.Monopoliyaning turli shakllarida narxning shakllanishi. 
 
1. Monopoliyalarning vujudga kelishi, iqtisodiy asoslari va ularning turlari 
 
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni, 
grekcha «monos» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning 
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. 
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning 
to‘planishi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishning to‘planishiishlab chiqarish 
vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik 
korxonalarda to‘planishini namoyon etadi. 
Ishlab chiqarish to‘planishining 
asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani 
muntazam ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha 
mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya‘ni unga qo‘shimcha ishlab 
chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba‘zi bir korxonalarning 
o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. SHu bilan 
birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, 
markazlashtirish tendentsiyasini keltirib chiqaradi. SHunday qilib, ishlab chiqarish 
to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi 
hisoblanadi. 
Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin. 
1.Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: 
sofmonopoliya, oligopoliya va 
monopsoniya. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə