Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


-chizma Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

2-chizma
Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i 
Taklif miqdori 
R
2
R

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Narx 
Chizmadan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko‘payib 
borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi 
aks ettirilgan. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2
) bozor narxining tovarlar 
ommaviy taklifiga bog‘liqligini ifodalaydi. 
Monopolistlar mahsulotlarning sun‘iy taqchilligini vujudga keltirish 
maqsadida o‘z tovarlarining sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda 
tovarlarning etishmasligi monopol yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab 
chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi. 
Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni 
yanada yuqori darajada belgilaydilar. SHu bilan bir vaqtda monopoliyalar 
mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan 
yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta‘minlashini nazorat 
qilib turadilar.









10 


45 
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. 
Monopsoniya mayda tovar 
ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx 
qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy 
bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik 
katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning 
kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog‘liqlik 3-chizmada yaqqolroq 
aks ettirilgan. CHizmadan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlarga talab 
hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx 
darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2

bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi. 
Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi 
xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini 
tayyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib 
olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday 
past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun‘iy ravishda sotilayotgan 
mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi 
pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga 
g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, 
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish 
mumkin. Afrikadan an‘anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, 
kofe, kakao va h.k.)ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘rnatib kelinadi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə