Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni 
aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi 
darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib 
boradi. 
33
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014.page 
583 
34
Ўша ерда. page 584 
35
Ўша ерда. page 584 


42 
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. 
Monopsoniya mayda tovar 
ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx 
qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy 
bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik 
katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning 
kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi.
4. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari 
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. 
Oligopoliya sharoitida 
narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
qo‘llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. 
«Ergashish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan 
o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan 
ham ergashish, ya‘ni shunday o‘zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o‘z 
tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste‘molchilari soni hamda sotish hajmini 
oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar 
ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro‘y berib, 
bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya‘ni oligopolistning xatti-harakati samara 
bermaydi.
«Inkor etish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan 
o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan 
inkor etish, ya‘ni hech qanday javob o‘zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko‘pincha 
bunday holat oligopolist tomonidan o‘z tovariga narxni oshirgan chog‘ida ro‘y 
beradi, ya‘ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada 
narxni oshirgan oligopolist o‘z iste‘molchilarini yo‘qotib, bozordan siqib 
chiqariladi. YUqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist firmaning talab 
egri chizig‘i «siniq egri chiziq» ko‘rinishini oladi (9.6-chizma). Bunday holatni 
birinchi bo‘lib XX asrning 40-yillarida amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab 
bergan. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə