56
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini
uyg‘unlashtirish. Hozirgi davrda O‘zbekistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun
ko‘proq uchinchi yo‘l xususiyatli hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A.Smit
tomonidan ko‘rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini
tadqiq qilish haqida» (1776) nomli asarida iqtisodiyotning bozor usullari orqali
o‘zini o‘zi tartibga solishining zarurligi ta‘kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha,
xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi
zarur. Ana shundagina iste‘molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni
tashkil qilish imkoni mavjud bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har
qanday chetdan aralashuvsiz, ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari
uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir- oqibatda
faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan
belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste‘molchilarga faqat zarar
keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to‘lovi milliy ishlab
chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan
raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir- oqibatda ishlab chiqarishning
ancha yuqori xarajatlari va past sifatining saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan
past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lgan milliy
iste‘molchilar zarar ko‘radilar.
A.Smitning «Tinch qo‘yish» nazariyasi 1929-1933 yillarda bozor
iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy
inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik
davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning «Ish bilan
bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli asarida o‘z aksini topdi.
Unda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan
foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan
bandligini ta‘minlashi zarurligini isbotlaydi. Amalda gap davlatning uzluksiz
ravishda inqirozga qarshi siyosat o‘tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy
oqibatlarini tugatish va sanoat tsiklining o‘zgarishini bartaraf etish haqida ketadi.
Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQSHda amalga oshirildi. Urushdan keyingi
davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti
amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. SHu bilan birga davlatni
iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‘proq oshib borishi ro‘y berdi. Hozirgi davrda
davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat tsiklga qarshi
tartibga solish va ish bilan bandlikni ta‘minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori
darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni
rag‘batlantirish tan olinadi.
Dostları ilə paylaş: