Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari


57 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning 
jamiyat a‘zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan 
iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta‘minlovchi, umumiy 
iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi 
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va 
xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish 
hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy vazifalaridan
quyidagi ikki turini ajratib ko‘rsatish 
mumkin:
1)
bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos 
va ijtimoiy muhitni ta‘minlash; 
2)
raqobatni himoya qilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy 
tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu erda 
davlatning uchta vazifasi
alohida 
ahamiyatga ega:
1)
daromad va boylikni qayta taqsimlash;
2)
resurslarni qayta taqsimlash; 
3)
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiy tebranishlar vujudga 
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantirish. 
 3. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari 
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. 
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
-
bevosita ta‘sir qilish usullari; 
-
bilvosita ta‘sir qilish usullari;
-
tashqi iqtisodiy usullar. 
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning 
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun bo‘lsa, 
bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan 
bog‘langan. SHu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning 
davlat sektori
mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u 
asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi: 
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan 
tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish; 
2) davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba‘zi hollarda yaxlit 
tarmoqlarni barpo etish; 
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va 
aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. 


58 
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga 
ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə