65
12) inson erkinligi.
Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba‘zi
bir axborotga oid
ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM,
aholi jon boshiga to‘g‘ri
keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri
keluvchi iste‘mol hajmi va boshqalar.
2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha
daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. SHu
bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining
turli qatlam va guruhlari
o‘rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo‘ladi. Mamlakatning iqtisodiy
rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi.
Dostları ilə paylaş: