Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsienti)



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsienti)
ko‘rsatkichi 
qo‘llaniladi. Jini koeffitsienti chizmadagi Lorents egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik 
chizig‘i o‘rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. 
Bu ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya‘ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik 
shuncha kuchli bo‘ladi. Jamiyat a‘zolari daromadlari tenglashib borganda bu 
ko‘rsatkich 0 (nolь)ga intiladi
42
. Masalan, keyingi yarim asr davomida Jini indeksi 
Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar 
pasaygan. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi 
umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 
-
kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; 
-
ta‘lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
-
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
-
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi 
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. 
 3. Davlatning ijtimoiy siyosati.
Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan muayyan 
markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o‘rtasida 
byudjet orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda 
ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish (masalan, fermerlarga 
narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan 
foydalanadi. 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy 
faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi 
jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish 
hisoblanadi. 
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko‘rsatishi sababli 
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə