Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

iste‘mol 
tovarlari 
narxlarining 
o‘sishini 
hisobga 
olish 
va 
daromadlarni 
indeksatsiyalash
, ya‘ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda 
oshirib borish hisoblanadi. 
42
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17
th
edition. America, New York: McGraw-Hill, 
2008. page 617 


67 
SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi 
aholi kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash
hisoblanadi. 
Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida 
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. 
Ijtimoiy 
minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yori bilan birga 
ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik 
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamga 
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga 
daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar 
kiritiladi. 
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni 
bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. 
YAlpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish
– ijtimoiy 
siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat 
jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. 
Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani 
tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta‘minlashda bu siyosatning roli qanday? 
2. 
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi 
omillarni sanab ko‘rsating. 
3. 
Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini 
qanday ko‘rsatkichlar tavsiflab beradi? 
4. 
Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating va 
tushuntirib bering. 
5. 
Lorents egri chizig‘i nimani anglatadi? Uning mazmunini misollar 
yordamida bayon qiling. 
6. 
Jini koeffitsienti qanday aniqlanadi? Rivojlangan mamlakatlarda mazkur 
koeffitsient qiymatining o‘zgarish tendentsiyalari nima bilan izohlanadi? 
7. 
O‘zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi 
davrdagi asosiy yo‘nalishlarini izohlang. 
8. 
Mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida qanday 
ishlar amalga oshirildi? 
9. 
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirish borasida 
qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda? 
10. Mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o‘zgarishida qanday 
tendentsiyalar kuzatilmoqda?


68 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə