2. ―Resurslar-tovarlar va xizmatlar‖ hamda ―daromadlar –xarajatlar‖ning doiraviy oqimi modeli. Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning
doiraviy oqimi modeli ko‗rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya‘ni
davlat ishtiroki mavjud bo‗lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
firmalar va uy xo‗jaliklari o‗rtasida amalga oshiriladi.
Uy xo‗jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan barcha iqtisodiy
resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib
olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so‗ngra esa ularni tayyor
mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda ―resurslar -
tovarlar va xizmatlar‖ oqimiga qarama qarshi yo‗nalishda ―daromadlar -
xarajatlar‖ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya‘ni, uy xo‗jaliklari o‗zlari
etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va
xizmatlar iste‘mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar
uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad
oladilar.
9.2.1-rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoitida ―resurslar-mahsulotlar‖ va ―daromadlar–xarajatlar‖ning doiraviy aylanishi modeli. 43
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va
xarajatlar oqimi jami talabni ko‗rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‗lmagan yopiq
43
Djumaev Z.A. ―Makroiqtisodiyot‖ fanidan O‗quv-uslubiy majmua.-T.: TDIU.-2014 y.
72
iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‗zaro teng bo‗lishi firmalarning yalpi
sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‗jaliklarining yalpi daromadlari,
yoki yalpi daromadlariga teng bo‗lishi shaklida namoyon bo‗ladi.
Bu ko‗rsatkichlar o‗rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning
pasayishi, inflatsiya va ishsizlik darajalarining ko‗tarilib ketishiga sabab bo‗ladi.
Davlat aralauvi mavjud bo‗lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‗rinish
oladi.
Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar-
xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat
aralashuvi bilan ta‘minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va
iste‘molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar
bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar
yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo‗jaliklarini soliqqa tortish bilan birga
korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to‗lash orqali ularning ishlab
chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta‘sir etadi. Ayni paytda davlat
resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida
ishtirok etadi. Davlat o‗z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va
uy xo‗jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to‗g‗risidagi
qarorlari o‗zaro mos kelmagan hollarda ro‗y beradigan iqtisodiy tebranishlarni
tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada
murakkablashadi. Endi unda to‗rtinchi makroiqtisodiy sub‘ekt- tashqi dunyo ham
paydo bo‗ladi.
Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va
import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg‗armalarning
investitsiyalarga oqib o‗tishi va moliyaviy mablag‗larning qayta taqsimlanishini
e‘tiborga olsak ko‗rib o‗tilgan model mukammal emasligiga iqror bo‗lamiz. Ammo
shu ko‗rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur
qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki,
davlat, firmalar, uy xo‗jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab
chiqarish hajmiga teng bo‗lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya‘ni real
oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya‘ni pul oqimlari) o‗zaro teng
bo‗lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish
hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o‗sishiga olib keladi . Bu esa o‗z
navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo‗ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi
daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat
bog‗lanishlari o‗rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish
ko‗rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar
to‗xtovsiz o‗sib borishi shart. Bu vazifa budjet-soliq siyosati vositalari bo‗lgan
73
soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o‗zgartirish hamda pul-kredit siyosati
vositalari yordamida mul massasini o‗zgartirish orqali bajariladi.