makroiqtisodiyot
sub‘ektlari
hisoblanadilar.
Bu sub‘ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda.
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o‗sishini
ta‘minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur
deb hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday
aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko‗pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi
roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy
rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda
iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‗lamiz. Davlat
makroiqtisodiyotning boshqa sub‘ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni
hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash maqsadida, o‗z
tasarrufida mavjud bo‗lgan vositalar orqali ularni yo‗naltirib turadi. Bu vositalar
esa fiskal (budjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir.
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‗ziga xos
usullardan
foydalanishni
talab
etadi.
Son-sanoqsiz
faktlarni,
minglab
ko‗rsatkichlarni alohida-alohida o‗rganib chiqish va ular borasida ilmiy
asoslangan xulosalar chiqarish o‗ta qiyin vazifadir.
Agregatlash,
ya‘ni bir qancha
iqtisodiy ko‗rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko‗rsatkich yoki
kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy
jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi. Agregat ko‗rsatkichlar
yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko‗rib
chiqish mumkin bo‗ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va
xizmatlarning bahosi, ularga bo‗lgan talab va ularni taklif etish hajmlari
ko‗rsatkichlari emas, balki agregat ko‗rsatkichlar hisoblangan baholarning
o‗rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi.
Davlat obligatsiyalari bo‗ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi,
tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun
to‗lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o‗rtacha miqdori bozor foiz stavkasi
deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‗rsatkichdan
foydalaniladi.
70
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni
agregat
ko‗rsatkichlardan
foydalangan
holda
iqtisodiy
matematik
modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‗rsatkichlar va jarayonlar o‗rtasidagi
miqdoriy, sabab-oqibat bog‗lanishlarini matematik formula, grafik va rasmlar
ko‗rinishida ifodalaydi.
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri
chizig‗ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‗sishning Domar, Xarrod va Solou
modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‗zida ham grafik
ko‗rinishda, ham algebraik formula ko‗rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik
formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko‗p
o‗zgaruvchili bo‗lishi mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy
darajasi dinamikasi ta‘sirida o‗zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish
mexanizmi o‗rganilsa, Fillips egri chizig‗i yordamida ishsizlik va inflatsiya
ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi bog‗liqlik tadqiq qilinadi.
Yuqorida sanab o‗tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil
qilishda qo‗llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli
iqtisodiy ko‗rsatkichlarning o‗zaro bog‗liqligi xususiyati bir mamlakatda
ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u
qanchalik sodda yoki murakkab bo‗lmasin, ma‘lum darajada mavhumlikka yo‗l
qo‗yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba‘zan
yopiq iqtisodiy tizim, ya‘ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo‗lmagan ―yopiq
iqtisodiyot‖ deb qaraladi. Amalda esa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan
iqtisodiy aloqalarga ega, ya‘ni ―ochiq iqtisodiyot‖ga ega. Hech bir model iqtisodiy
hodisa va jarayonlar o‗rtasidagi bog‗liqliklarni to‗la-to‗kis qamrab olmaydi.
Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy
qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi
mumkin bo‗lgan ko‗p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy
siyosatning turli yo‗nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya‘ni modelda tayyor
kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o‗zgaruvchilar hamda modelni yechish
natijasida topiladigan ichki-endogen o‗zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda
ekzogen hisoblangan o‗zgaruvchi (ko‗rsatkich) ikkinchi model uchun endogen
hisoblanishi mumkin.
|