Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
 
 
 
 
 
 
 
9-MAVZU. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH 
Reja: 
1.
Makroiqtisodiyot tushunchasi va uning shakllanish tarixi. 
2.
―Resurslar-tovarlar va xizmatlar‖ hamda ―daromadlar –xarajatlar‖ning 
doiraviy oqimi modeli. 
3.
O‗zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy 
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish. 
1. Makroiqtisodiyot tushunchasi va uning shakllanish tarixi. 
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina 
kiritilgan bo‗lsada makroiqtisodiy tahlil elementlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo‗ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida 
tadqiq qilish, unga turli elementlarining o‗zaro bog‗liqligi va o‗zaro ta‘siri xos 
bo‗lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya 
qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab 
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan ―Kene 
jadvali‖ ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elementlarini qo‗lladi. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, 
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo‗yilgan edi deb ta‘kidlash 
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o‗zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror 
ishlab chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o‗zining tarmoqlararo balansi bilan 
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo‗limi sifatida ajralib chiqishi
uchun mustahkam asos yaratishdi. 
Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo‗limi hisoblanib, unda 
milliy xo‗jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko‗rinishi o‗zaro farqlanadi: 
a) pozitiv makroiqtisodiyot; 


69 
b) normativ makroiqtisoiyot. 
Pozitiv 
makroiqtisodiyot 
real 
iqtisodiy 
hodisalarni 
va 
ularning 
aloqadorliklarini o‗rganadi. 
Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki 
nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo‗nalishlarini taklif etadi.
Uy xo‗jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə