Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

2. Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlar.
Korxona faoliyatini amalga oshirish davomida turli jarayonlar ro‘y berib, bu jarayonlar 
natijasida shu korxonasiga tegishli bo‘lgan xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish 
manbalari tarkibiy va miqdoriy jixatdan o‘zgaradi. Balansga ta’rif berilganida uning ikki qismi - 
aktiv va passiv tomonlari mos ravishda xo‘jalik mablag‘lari va xo‘jalik mablag‘larini tashkil 
topish manbalarini aks ettiradi deyildi. Demak, tabiiyki, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil 
topish manbalarining xo‘jalik jarayoni natijasida o‘zgarishi balansda o‘zgarish ro‘y berishiga 
olib keladi. Sababi o‘zgarish natijasida xo‘jalik mablag‘ining o‘zaro ikki turi yoki, mablag‘ 
manbalari turlarining ikki yoki undan ortigi o‘zgarishi yoki ham mablag‘ va ham ular tashkil 
topish manbalari birdaniga o‘zgarishi mumkin.
Xo‘jalik jarayonlarining balansdagi o‘zgarishlarga ta’sirini 4 turga ajratish mumkin. 
Quyida ushbu o‘zgarishlarga misol keltiramiz. 
1. 
 
Jarayon
. Kassadan safar xarajatlari uchun hisobdor shaxsga 500000 so‘m berildi. Bu 
jarayon natijasida balansdagi aylanma mablag‘lar bo‘limining pul mablag‘lari moddasida 
kamayish ro‘y berdi. SHu bo‘limning debitorlar moddasida esa, korxona uchun debitor bo‘lgan 
hisobdor shaxsning hisobdorlik summasi ko‘paydi. Ko‘rinib turibdiki, bu jarayon natijasida 
balansning aktiv qismidagi moddalarning birida kupayish, yana birida esa kamayish ro‘y beradi. 
Balans jami o‘zgarmaydi. Balansdagi bu o‘zgarish bir xildagi o‘zgarish bo‘lib, uni shartli 
ravishda qo‘yidagicha belgilaymiz: 
A + A - 
2. 
 
Jarayon

Xodimlarga hisoblangan ish haqidan daromad soligi ushlab kolindai 
2000000 sum. Bu jarayonning ma’nosi suki, xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashish 
summasi kamaydi. Ushlab qolingan daromad soligi byudjetga o‘tkazilishi lozimligi sasabli, 
byudjet bilan hisoblashish- summasi ko‘paydi. 
Demak balans passivi bir moddasida kupayish, ikkinchi moddasida esa kamayish sodir 
etildi. Balansning jami o‘zgarmaydi. SHartli ravishda esa, bu o‘zgarish qo‘yidagicha aks 
ettiriladi:
P+ P- 
3. Jarayon
.Bankdan qisqa muddatli kredit olindi. 700000000 sum. Korxonaning pul 
mablag‘i ham ko‘paydi, bank oldidagi kredit yuzasidan majburiyati ham ko‘paydi. Demak, 
balans aktivi moddasida ham shu bilan birga passivining moddasida ham ko‘rsatkichlar miqdori 
oshdi, ya’ni
A+P + 
Bunda balansning jami ham ko‘payadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə