-
ehtiyotkorlik;
-
mazmunning shakldan ustunligi;
-
ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
-
moliyaviy hisobotning betarafligi;
-
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
-
hisobot davri daromadlari
va xarajatlarining mosligi;
-
tushunarlilik;
-
ahamiyatlilik;
-
muhimlilik;
-
haqqoniy xolis taqdim etish;
-
tugatilganlik;
-
izchillik;
-
o‘z vaqtidalik;
-
offseting (moddalarning o‘zaro qoplanishi);
-
xolislik.
Hisoblash.
Daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda
tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablaglarini olish yoki to‘lash asosida emas)
moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish.
Ikki
yoqlama yozuv usulida hisob-
kitobni yuritish deganda shu narsa tushuniladiki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
ikki yoqlama
yozuv tizimi asosida buxgalteriya operatsiyalarini qayd etishi kerak,
ikki yoqlama yozuv
shundan iboratki, bitta operatsiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita
hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan. ya’ni belgilangan kelajakda
ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat
ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Dostları ilə paylaş: