Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi. 
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy 
baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir. 
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq 
qilishi mumkin. 
Tushunarlilik. 
Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga tushunarli 
bo‘lishi kerak. 
Ahamiyatlilik. 
Moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida 
ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy va xo‘jalik faoliyatiga baho 
berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak. 
Jiddiylik.
Agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan 
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u 
jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati 
(jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. 
Haqqoniy va xolis taqdim.
Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablaglari harakati to‘grisida 
haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak. 
Tugallanganlik.
Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot 
etarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak. 
Izchillik.
Hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi, deb 
hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgartirish 
tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash 
imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. 
O‘z vaqtida taqdim etish. 
Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u 
o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun bitimning 
yoki boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi 
mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar 
ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta 
foyda keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Ahamiyatlilik 
bilan ishonchlilik o‘rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda 
foydalanuv-chilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish 
kerak.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə