Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
Hisob tarixi 
Hisobning paydo bo‘lishi bevosita kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan bog‘liq. 
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida hisobdan foydalanishgan. qabila 
boshlig‘i o‘z qabilasini saqlab qolish uchun qaysi fasl qachon keladi, qabilasida qancha odam 
bor, ular uchun qancha oziq-ovqat to‘plash kerak kabi hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Dastlab 
hisob qurollari sifatida qo‘l barmoqlaridan foydalanilgan (ba’zi hollarda bu odatdan hozir ham 
foydalanamiz). Hozirda ham jamiyatning bir bo‘lagi hisoblangan har bir oilaning o‘z hisob-
kitobi bor. Qaysi oilada hisob-kitob yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha oilaning turmush 
sharoiti yaxshi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hisob insonlarning hayotiy borlig‘i va hamkoridir. 
Xo‘jalik hisobi uch turining o‘zaro bog‘liqligi yagona dastlabki hujjatlashtirishdan 
foydalanish bilan ta’minlanadi. YAgona dastlabki hujjatlashtirish deganda hisobning barcha 
turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi 
hujjatlardan foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob ko‘rsatkichlaridagi qarama-
qarshiliklarni bar-taraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi. 
Xo‘jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib boradi. 
Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib bormoqda. 
SHuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va bozor iqtisodiyoti 
xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab chiqishda, olimlar va 
amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga 
ko‘r-ko‘rona yondoshayotganlari yo‘q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o‘rganish, 
ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish Uzbekiston Respublikasida xo‘jalik hisobini 
takomillashtirish imkoniyatini beradi.
 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə