Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash. 
Barcha 
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlarda gi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul 
bilan baholanadi. 
Ishonchlilik.
Axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga foydalanuvchilar 
asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi. Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlangich hisob-
kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. 
Ehtiyotkorlik.
Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va 
daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga 
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir. 
Mazmunining shakldan ustunligi.
Agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda 
axborot operatsiyalar va voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot 
uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq holda 
hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur. 
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi.
Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, 
bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. 
Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan 
hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning 
natijalaridan xabardor bo‘lishlari lozim. 
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik.
Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli 
bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim. 
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi. 
Hisobot davrida bo‘lgan 
daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot 
davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan 
xarajatlarning o‘rtasida bevosita bogliqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash 
tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir necha yilga 
taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir. 



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə