Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

2. Hisobot turlari va shakllari. 
Iktisodiy mazmuni va hisobot kursatkichlarini olish manbaiga kura hisobotni quyidagi 
ikki turi mavjud: 

Buxgalteriya hisoboti; 

statistika hisobot. 
Buxgalteriya va statistik hisobot avvalgi xujalik yuritish tizimida bitta davlat hisoboti deb 
karalar edi. Ular asosan yukori tashkilotlarga moliya organiga, bank muassasiga, statistik 
organiga topshirilar edi. Bunday sharoitda buxgalteriya hisoboti statistik hisoboti urtasidagi fark 
sezilmas edi. 
Ammo ular urtasidlagi eng muxim fark kursatkichlar mazmunida vap tegishli hisobot 
shakllarini tuzish usulidadir. Statistik hisoboti, operativ-texnik, statistik va buxgalteriya 
xisobining ma’lumotlari asosida tuzilsa, buxgalteriya hisoboti esa asosan xujaliklar bilan 
tasdiklanadigan buxgalteriya xisobi ezuvlari asosida tuziladi. 
Buxgalteriya hisobotida asosan umumiy kursatkichlar. Masalan, korxona mablaglari, 
balans foydasi va x.k. Statistika hisoboti bulsa, absolyut mikdorlar bilan birga nisbiy va urta 
mikdorlar xakida ma’lumot beradi. Masalan, foizlarning usish daraajasi, urtacha daraja u eki bu 
kursatkichlarning usish yoki pasayish dinamikasi va boshkalar. 
Buxgalteriya hisoboti xujalik faoliyati xakidagi asosiy ta’minot manbaidir. U birinchidan, 
korxonaning uziga kerakdir. Ikinchidan – korxonada ishlamaydigan shaxslarga (aksiyadorlik 
ja’miyatlarida) ya’ni o‘z mablagini ulush sifatida kuygan aksiyadorlar va boshka kreditorlarga 
kerak. Uchinchidan hisobot davlatning solik va boshka organlariga kerak. 
Buxgalteriya hisoboti turli moliya va tijorat tuzilmalari uchun kerak. Ular kimmatli 
kogozlarni oldi-sotdisini olib boradilar, ya’ni birjalar, banklar. 
Buxgalteriya hisoboti avvalom bor korxona mulki tarkibini xamda korxona moliya 
natijalarini xarakterlaydi. Undan tashkari bu hisobotda boshka korxonalar bilan buladigan xisob-
kitobldar, moliya organlari va bank muassasalari bilan buladigan xisob-kitoblar aks ettiriladi. 
Hisobot ma’lumotlarini mana shunday tulik berilishi shu bilan xarakterlanadiki korxona mustakil 
iktisodiy ob’ekt deb karaladi. 
Statistika hisoboti o‘z oldiga xarajatlar jaraeni ustidan umumiy nazoartni amalga 
oshirishni muljallaydi. Statistika ayrim olingan korxonaga mustakil ob’ekt emas, balki butun 
xalk xujaligining bir kismi deb karaydi. Statistika hisoboti xudud, tarmok bulsa, ma’lum bir 
kursatkichlarni bajarilishini nazorat kilib, ular tugrisida ma’lumot beradi. SHunga karab, 
statistika hisoboti shakllanib boradi. 
Hisobot xalk xujaligidagi axamiyatiga karab quyidagi ikki turga bo‘linadi: 

umumdavlat hisoboti 

korxona ichidagi hisobot. 
Umumdavlat hisoboti Moliya vazirligi va Davlat Statistika kumitasi tomonidan 
belgilangan shakl va tartibda tuziladi va tegishli organlarga o‘z vaktida topshirilishi lozim buladi.
Korxona ichidagi hisobot esa kiska bulib, shu korxona ichida foydalaniladi. Masalan, 
kassir hisoboti, modiy javobgar shaxs hisoboti va na ma’lum bir tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni 
amalga oshirish rejalarining bajarilishi xakidagi hisobot. Bu hisobotlar korxona raxbari, bosh 


buxgalter belgilagan muddatda tegishli bulimlarga ya’ni boshkaruv bulimiga asosan buxgalteriya 
bulimiga topshirilishi lozim. 
Hisobotda bir korxona kursatkich ma’lumotlari yoki bir necha korxona kursatkich 
ma’lumotlari kursatilgan bulishi mumkin. Demak, shu xususiyatiga kura hisobotni quyidagi ikki 
turga ajratish mumkin: 

dastlabki hisobot; 

yigma hisobot. 
Yigma 
hisobot 
birlashmalar, 
assotsiatsiyalar, 
aksiyadorlik 
jamiyatlari, 
bosh 
boshkarmalar, vazirliklar tarmokning boshka yukori tashkiloti tomonidan tuziladi. 
Hisobotni tuzish va topshirish muddatiga kura esa, quyidagi turlarga ajratish mumkin: 

yil ichidagi (davomidagi) hisobot; 

yillik hisobot
Yil ichidagi hisobot esa, oylik, choraklik va yarim yillik buladi.
Yillik hisobot shakllari kuyidagilardan iborat: 
1.Korxona balansi № 1. 
2.Moliyaviy natijalar xakida hisobot № 2. 
3.Asosiy vositalar xarakati xakida hisobot № 3. 
4.Pul mablaglari xakida hisobot № 4. 
5.Korxona mulkining xolati xakida hisobot № 5. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə