Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli. 
Buxgalteriya hisobini memorial-order shaklida mavjud bo‘lgan kamchiliklar, hisob 
shaklini takomillashtirishni talab etardi. 1940 yillarda buxgalteriya hisobi shaklini talab drajasiga 
ko‘tarish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida takomillashgan jurnal-order shakli vujudga 
keldi. 1949 yilda esa, sobiq SSSR Moliya Vazirligi ilg‘or korxonalar buxgalteriya hisobida 
tajribadan o‘tgan buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining me’yoriy hisob registrlarini ishlab 
chiqdi. SHu hisob registrini jurnal-order deb atalishi, ular asosida yuritiladigan hisob shaklining 
ham jurnal-order shakli deb atalishiga asos bo‘ldi. 
1960 yil 1 yanvardan qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining yagona schetlar rejasiga 
muvofiq ravishda buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli namunali ravishda ishlab chiqildi. 
Buning natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobi prinsiplariga o‘zgarishlar 
kiritildi. Jurnal-order shakliga qadar buxgalteriya hisobining memorial-order shakli qo‘llanilib 
kelardi.
Buxgalteriya hisobining Jurnal – order shakli boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini 
guruhlab jamlash prinsipiga asoslangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma bo‘limlari 
bo‘yicha xo‘jalik mulklari va jarayonlarini sintetik va analitik hisobi ta’minlanadi. 
Hisobot oyidagi dastlabki xujjat ma’lumotlarini tizimlash va jamlash hisobga olinishi 
kerak bo‘lgan mablag‘ va xo‘jalik jarayonlarini ular foydalanishi bo‘yicha aks ettirish 
imkoniyatini beruvchi hisob registrlarida olib boriladi. Demak, memorial-orderlarni tuzish 
zaruriyati kolmaydi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida boshlang‘ich xo‘jalik 
ma’lumotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri jurnal-order va yordamchi qaydnomalarda aks ettirilib boriladi. 
Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib borishga 
mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ba’zilarida bir turdagi xo‘jalik jarayonlarining 
ko‘p sodir bo‘lishi yordamchi qaydnomalardan foydalanish zaruriyatini tug‘diradi. Oy 
davomidagi bir xil xo‘jalik jarayoni ko‘p sodir bo‘lganligi sababli yordamchi qaydnomada aks 
ettirilib boriladi, oy oxirida esa, jamlangan ma’lumotlar jurnal-order hisob registriga ko‘chiriladi. 
YOrdamchi qaydnomalar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birinchidan, jurnal-orderga 
ma’lumotlar aks ettrilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik hisob registr sifatida ham 
foydalaniladi. 
YOrdamchi qaydnomalar buxgalteriya hisob ob’ektlarini guruhlashda ham ahamiyatlidir. 
Masalan, muomala xarajatlarini (savdo korxonalarida), umum ishlab chiqarish xarajatlarini 
(ishlab chiqarish korxonalarida) guruhlash zaruriyatida ham yordamchi qaydnomalardan 
foydalaniladi, ularda tegishli ma’lumotlar jamlanadi va oy ohirida jurnal-orderda aks ettiriladi. 


Boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini jurnal-orderlarda to‘g‘ri guruhlashni ta’minlash maqsadida 
schetlar krediti bo‘yicha korrespondensiyalari jurnal-order hisob registrida to‘g‘ri yoritilishini 
ko‘zda to‘tilgan holda maxsus qator ajratish orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
Jurnal-order hisob registrlarida schetlar bo‘yicha oylik, choraklik va yillik hisobotlar 
uchun zarur ko‘rsatkichlar ro‘yxati uchun maxsus qatorlar ajratilgan. 
Buxgalteriya hisobini jurnal-order shakli qo‘yidagi asosiy prinsiplarga asoslangan: 
-
jurnal orderda xo‘jalik jarayonlari aks ettirilayotganda tegishli schet krediti bo‘yicha 
debetlanuvchi schetlar ko‘rsatilgan holda yoziladi; 
-
Iktisodiy va hisob yuritish jihatidan bir-biri bilan bog‘liq schetlar bo‘yicha jurnal-orderlar 
mujassamlashgan holda qo‘llaniladi; 
-
Sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi: 
-
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik jarayonlarini; 
-
Nazoratni olib borish va oylik, choraklik, yillik hisobotlarni tuzishda kerakli 
ko‘rsatkichlarga ajratib aks ettirish; 
-
Korresondensiyalanuvchi schetlar oldindan ko‘rsatilgan hisob registrlari (jurnal-order, 
yordamchi qaydnomalar)da aks ettiriladi. 
-
hisob registrlari bir oy uchun qo‘llaniladi. 
Jurnal-order shakl qo‘llanishi natijasida qo‘yidagi imkoniyatlarga aga bo‘linadi: 
-
hisob ishlari osonlashadi; 
-
xo‘jalik aylanishi tezlashadi; 
-
hisob ishlarini buxgalteriya xodimlari o‘rtasida taqsilanishi oqilona tashkil etiladi va 
oqibat natijasida hisob ishlari unumdorligi oshadi; 
-
hisob ishlari xarajatlari kamayadi; 
-
sintetik va analitik hisob yozuvlari birgalikda olib boriladi; 
-
hisobot tuzishga tayyorgarlik ishlari engillashadi. 
Buxgalteriya hisobining Jurnal-order shaklida sintetik va analitik hisob yozuvlari 
birgalikda olib boriladi deb ta’kidlandi. Ba’zi hisob ob’ektlari bo‘yicha analitik hisob uchun 
analitik kartochkalar yuritiladi. Analitik kartochkalar hisob ob’ektlari miqdori ko‘p bo‘lganda 
qo‘llaniladi. Masalan, Asosiy vositalar analitik hisobi uchun № OS – 6a «Asosiy vositalar inv. 
kartochlari « yuritiladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini aniqlash maqsadida xarajatlar 
hisobi uchun kartochkalar yoki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, guruhlovchi qaydnomalar ham 
yuritiladi. Ushbu analitik hisob kartochkalari yuritilganda, ular ma’lumotlari asosida aylanma 
qaydnomalar tuziladi. 
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida qo‘llaniladigan ikki x’isob registri (jurnal-order, 
yordamchi qaydnoma) dan tashqari zaruriyat bo‘lsa, yana yordamchi xujjat sifatida maxsus 
ishlab chiqilgan jadvallardan ham foydalaniladi. 
Sintetik hisob registri – Bosh kitob va boshqa registrlar asosida balans va hisobot boshqa 
shakllari tuziladi.
Bosh kitobda xar bir schet bo‘yicha varaq ajratilib, unda schetga taalluqli boshlang‘ich qoldiq, 
debet oborotlari xar bir mos ravishdagi kreditlanuvchi schetlar bilan birga, hamda kredit oborot 
umumiy summasi, oy ohiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi. 
Bosh kitobda aks ettiriladigan schetlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli 
jurnal-order, yordamchi qaydnomalardan olinadi. 
Demak, jurnal-order ma’lumotlari naqadar to‘g‘ri va aniqligi hisobot tuzish uchun asos 
hisoblanuvchi. Bosh kitob ma’lumotlarini ham to‘g‘riligini ta’minlaydi. 
Jurnal-orderlar xo‘jalik jarayonlarini sintetik hisobini yuritishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir 
schet kreditda va boshqa schetlar debetlanishi sifatida shaxmat yozuvidan foydalangan holda 
yuritiladi. Ba’zi schetlar, masalan, «Kassa», «hisoblashish» schetlarini kredit oborotlarini 
hisobini yuritishga mo‘ljallangan jurnal-orderlardan tashqari, shu schetlarning debet oborotlarini 
hisobga olib boruvchi yordamchi qaydnomalar ham yuritiladi. Savdo korxonalarida tovarlar 
hisobini yuritishga mo‘ljallangan «Tovarlar» scheti bo‘yicha ham xuddi shunday, kredit oboroti 
hisobi uchun jurnal-order, debet oboroti hisobi uchun yordamchi qaydnomalardan foydalaniladi. 


schetlar debet oboroti uchun mo‘ljallangan yordamchi qaydnomalardagi yozuvlar ham 
kreditlanuvchi schetlar bilan aks ettiriladi, ya’ni shaxmat yozuvi usulida yoziladi. 
SHaxmat yozuvi usulini xususiyati shundaki, yozuv bir marta aks ettiriladi. 
Ba’zi schetlar ular iqtisodiy mazmuni jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli, 
ular hisobi uchun bitta jurnal-order mo‘ljallangan. 
Masalan, «Asosiy vositalar», «Asosiy vositalar eskirishi», schetlari iqtisodiy mazmuni 
jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lganligi sababli 13-jurnal-orderdan foydalanilgan holda hisob 
yuritiladi. 
Bosh daftarga esa, xar bir schet bo‘yicha ajratilgan varaqlarga tegishli ma’lumotlar 
umumiy yuritilgan jurnal-orderdan olib yoziladi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida 
qo‘llaniladigan Bosh daftarning xususiyati shundaki, unda schet ma’lumotlarini bir oyligi emas, 
balki, bir yil davomida yozib boriladi. 
Bosh kitob jurnal-order ma’lumotlarini umumlashtirish, hisobot shakllarini tuzish uchun 
xar bir schetlar bo‘yicha yozuvlarni to‘g‘riligini tekshirish uchun mo‘ljallangan. 
Moddiy boyliklarni miqdor-qiymat hisob kitobi 
schet ____________________________________________ 
Mud
dat 
M/O 
№ 
Jaraen 
mazmuni 
Baxosi 
Debet 
Kredit 
Koldik 
miqdor summa 
miqdor 
summ

miqdor summ


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə