Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki xujjatlarda



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar dastlabki xujjatlarda 
rasmiylashtiriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjat ham shaklan, ham mazmunan xar 
tomonlama tekshirilgandan so‘ng, qayta ishlanadi. Dastlabki xujjat ma’lumotlari asosida, 
buxgalteriya registrlari to‘ldiriladi. 
Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham rasmiylashtiriladi. 
Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab 
qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy 
kuchga ega bo‘lgan sud qarorlari, bank bilan xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomlar misol bo‘ladi. 
Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin qo‘yidagi 
talablarga rioya etish zarurdir: 

dastlabki hujjatlarni tegishli blankaga rasmiylashtirilganligi: 

dastlabki xujjat hamma rekvizitlari andozaga javob berishi: 

ko‘rsatkichlar arifmetik to‘g‘ri hisoblangani: 

dastlabki xujjatlarda rasmiylashtirilgan xo‘jalik jarayonlari iqtisodiy mazmunligi va 
qonuniyligi: 

tekshirib, qayta ishlangan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya registrlarini o‘z 
vaqidada va to‘g‘ri rasmiylashtirish: 

buxgalteriya registrlari ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotni tegishli 
ko‘rsatmalarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqidada tuzish: 



hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan 
muddatda tegishli joylarga topshirish. 
YUqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob ishlarini 
hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. 
Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya registrlari 
ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. o‘z navbatida buxgalteriya 
registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga 
xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, moliyaviy hisobot shakllari qo‘yidagilardan iborat: 
1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl 
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl 
3. Asosiy vositalar xarakati to‘g‘risida hisobot - 3 shakl 
4
Pul oqimi to‘g‘risida hisobot - 4 shakl 
5
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl 
YUqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham korxonalar 
faoliyatini xar tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda boshqarish uchun xizmat 
qiladi. 
Demak, korxona faoliyati hisobot to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy hisobot 
ma’lumotlari xaqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan. 
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirishini 
ahamiyati ham shundadir. 
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan talablarni 
sanab utdik. SHu talablarga javob berish uchun esa qo‘yidagi vazifalar bajarilmogi kerak. 
1. Dastlabki hujjatlarni xar tomonlama tekshirish. 
2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish. 
3.Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri aks ettirib 
chiqish. 
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida yozish. 
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks ettirilganda, 
oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu boshlang‘ich qoldiq 
summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq 
chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot 
summalari bilan boshlang‘ich qoldiq summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik. 
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki hujjatlarga 
qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. YOzuvlarni aks ettirish talablari shundaki, siyohli, 
ruchkalardan, kimeviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan foydalanish zarur. 
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni o‘zgartirish 
oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi. 
YOzuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, mashinada 
yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin. 
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash 
mashinalari 
yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi. 
Buxgalteriya registrlaridagi yozuvlar ulardan necha nusxadan rasmiylashtirilishi ko‘ra, 
bir va bir necha nusxali bo‘ladi. 
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni xar bir 
nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan (kopirovka) 
foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin. 
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, ularga 
dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schet-fakturalarni, nakladnoylarni, to‘lov 
talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni misol tariqasida keltirish mumkin. 
Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar 
kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya xodimlari mehnat 
unumdorligi oshishiga erishiladi. 



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə